aloqani uzgani yo‘q. Keyingi 8— 10-yilda ham adibning qator sermaz-
mun kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. Hozirda adibning
«Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari,
«Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»
nomli romanlari, «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki
karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» nomli
qissalari respublikamiz va xorijda sevib o‘qilmoqda. «Qatag‘on», «Inson
sadoqati», «To‘ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sah-
nalashtirilgan. Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyasida
ko‘rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuv-
chimiz asarlari asosida yaratilgandir. Bugun xalqimiz 0 ‘tkir Hoshi-
movni ulkan adib, o‘tkir nafasli jumalist, faol siyosatdon arbob sifatida
taniydi, hurmat qiladi. Bu hurmatning boisi uning biz yuqorida tilga
olgan asarlari, jo‘shqin ijtimoiy faoliyatidir.
Bolalar, bugun Siz bilan yozuvchining «Dunyoning ishlari» qissasi
haqida gaplashamiz va Sizga bu asarni to‘liq o‘qib chiqishni maslahat
beramiz. Chunki mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida,
eng e’zozli zot — ona to‘g‘risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson
ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi,
tarbiyalaydi. Ona uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi.
Ona o‘z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga
ham tayyor. Shuning uchun bo Isa kerak, ona haqida behisob she’rlar
to‘qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan
tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi. 0 ‘tkir
Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil sujetli hikoyalardan
tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush»,
«Alla», «Oltin baldoq», «0‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar
kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga,
jon fido qilishga tayyor, shaiqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam
etgan Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tofayli
yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan
xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi. Bu qissa,
oqsoqol adibimiz, 0 ‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,
«...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz...»
Do'stlaringiz bilan baham: