59
masalalarni materialga mos tanlash; 7) o’kuvchilarni masala sharti bilan tanishtirish; 8)
tanlangan masala kanday yechilishini bayon kilishi lozim.
Asosiy
dars tiplari kuyidagilar xisoblanadi:
1. Yangi materialni bayon kilish darsi
2. O’rganilganlarni mustaxkamlash darsi.
3. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.
4. O’rganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi
Darsning tuzilishi kuyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktual-lashtirish)
2. Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish.
3. Ko’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Darsning asosiy boskichlari:
1. O’kuvchilar oldiga dars maksadini ko’yish.
2. Yangi material bilan tanishtirish.
3. Yangi materialni mustaxkamlash.
4. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish.
5. Bilimlarni sistemalashtirish, o’rganilganlarni umumlashtirish.
Talablar – tarbiya maksadlarini o’rnatish uchun maksadga yo’nal-tirilgan ishni amalga
oshirish, o’kuvchilar bilish faoliyatlarini faollashtiradi. Umumiy maksad sari yo’l ochiladi.
3. Matematika darsini
taxlil kilish nazorat va ta’lim berish vositasi sifatida xizmat kiladi va
bunda kuyidagi maksadlarni tekshirish asosiy vazifa kilib olinishi mumkin:
1. Dars maksadlarining amalga oshirilishi;
2. Darsning matematik mazmuni va ilmiy saviyasi;
3. Darsda ko’llanilgan o’kitish usullari samaradorligi;
4. Darsda o’kituvchi va o’kuvchining faoliyati sifati;
5. O’kuvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning xar bir bandi uchun dars taxlil kilinadi va tegishli xulosalar, yutuk va kamchiliklar
ko’rsatiladi, taklif va muloxazalar bildiriladi. Darsning to’la tuzilishi o’kituvchining dars berish
xususiyat va boskichlarini xisobga olgan xolda tuzib chikilishi mumkin.
4. Matematika bo’yicha
o’kuvchilar bilimini baxolash va tekshirishning asosiy
maksadlari kuyidagilar: o’kuvchilar tomonidan o’kuv materialini o’zlashtirish sifatini xamda
predmet bo’yicha dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash saviyasini
tekshirishdan iborat.
Bu uch xil tekshirishni o’z ichiga oladi:
joriy (uy vazifasini tekshirish, ogzaki so’rash,
kundalik baxo ko’yish va x.k.),
oralik nazorat yoki
davriy nazoratlar ( nazorat ishlari, mavzu
yoki bob bo’yicha nazorat ishlari va x.k.),
yakuniy nazorat chorak uchun yoki yarim yillik va
yillik nazoratlarini o’z ichiga oladi.
Oralik nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan xolda ish olib borish
ko’zda tutiladi. Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun ogzaki so’rash,
bitirish imtixonlar (testlarni) o’z ichiga oladi.
Maksimal ball matematika bo’yicha 500 ball xisoblanadi. O’kuv fani maksimal balli JN, ON
va YaN ballarini jamlash orkali aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: