85
Bu uch xil tekshirishni o’z ichiga oladi:
joriy (uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rash,
kundalik baho qo’yish va h.k.),
oraliq nazorat yoki
davriy nazoratlar ( nazorat ishlari, mavzu
yoki bob bo’yicha nazorat ishlari va h.k.),
yakuniy nazorat chorak uchun yoki yarim yillik va
yillik nazoratlarini o’z ichiga oladi.
Oraliq nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan holda ish olib borish
ko’zda tutiladi. Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun og’zaki so’rash,
bitirish imtihonlar (testlarni) o’z ichiga oladi.
Maksimal ball matematika bo’yicha 500 ball hisoblanadi. O’quv fani maksimal balli JN, ON
va YaN ballarini jamlash orqali aniqlanadi.
Bilimlarni baholash tartibi quyidagi darajalarga bo’linadi:
1-daraja-
matematikadan
davlat ta’lim
standartida
belgilab
berilgan
bilimlarni
o’zlashtirishning minimal darajasini bajarganlar “past” daraja hisoblanadi.
2 –daraja – reproduktiv darajada bo’lib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning
minimal darajasidan yuqori bo’lganlari “o’rta” baholanadi.
3-daraja – rekonstruktiv darajada qo’llaniladigan DTS dagi bilimlarning imkoniyat darajasi
talablariga javob beradiganlari “yuqori” baholanadi.
4- daraja – DTSda belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyat darajasiga
muvofiq keladigan va uni ijodiy qo’llay oladiganlar “o’ta yuqori” baholanadi.
Reytingi 100-96% bo’lganlar - o’ta yuqori, 86-95% bo’lganlar – yuqori,
81-71% bo’lganlar-o’rta, 70-56% bo’lganlar – past baho bilan baholanadi, --0-55% bo’lganlar
esa attestasiya qilinmaydi.
O’quv fani bo’lim va mavzularni maksimal ballarga taqsimlashda quyidagicha yo’l tutiladi:
masalan, 6-sinfda haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat o’qitiladi, o’quvchi to’playdigan maksimal
ball-500.
1-mavzu “O’nli kasrlar ustida dastlabki tushuncha, qo’shish va ayirish” mavzusiga 22 soat
vaqt ajratilgan, shuning uchun 22 soatga to’g’ri kelgan ball R = (500:170) 22 = 64,7 = 65 ga
teng.
2-mavzu “O’nli kasrlarni ko’paytirish va bo’lish” mavzusiga 40 soat ajratilgan, shuning
uchun R = (500:170) 40 = 117,6 = 118 ball va h.k.
.
Mustaqil o’rganish uchun savollar:
1. Matematika darsi va unga qo’yiladigan talablar.
2. Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi.
3. Matematika darsi tahlili, kuzatish va dars konspektlari.
4. Kalendar ish reja qanday tuziladi?
5.O’quvchilar bilimini baholash va reyting tizimi qanday xususiyatlarga ega?
Agarda hisob san’ati yo’qotilganda hamma san’atlardan bittasi ham qolmasligi, bularning
barchasi butunlay yo’qolib ketishi mumkin edi.
Platon
Sanoq va hisoblashlar – boshdagi tartibning asosidir.
I.Pestalossi
Do'stlaringiz bilan baham: