6- BO`LIM. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI.
Kurs ishini to`g`ri rasmiylashtirish uning asosiy talablaridan biri
hisoblanadi. Kurs ishi kompg’yuter va printer yordamida 80g/m
²
qalinlikdagi
A4
(210x297 mm) formatli standart oq qog`ozning bir tomonida chop etiladi.
Ishning ilova qismidagi jadvallar, illyustratsiyalar A3 (297x420 mm)
formatli qog`ozda bo`lishi mumkin.
Kurs ishida qoida tarikasida, standart varakda 1,5 kator oralig`ida yozilishi
lozim, xar bir bet xoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o`ngdan 2 sm, chapdan 3 sm
bo`lishi lozim.
Kurs ishi matnini kompg’yuter vositasida bosib chiqarishda «Times New
Roman» 14 o`lchamli shriftida yoki shunga o`xshash shriftni ko`llagan xolda
Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga xavolalar keltirish xar
bir saxifaning oxirida ko`rsatilishi tavsiya etiladi. Matnda keltirilgan ba’zi bir
fikr yoki ma’lumotlarni kompg’yuter imkoniyatlaridan foydalangan xolda
ajratib kursatish mumkin (kursiv, qoraytirish yoki tagiga chizish).
Betlarni sahifalash arab sonlari bilan amalga oshiriladi. Kurs ishining
barcha betlari muqovadan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Kurs
ishining birinchi beti titul varoq hisoblanib unga sahifa raqami qo`yilmaydi
lekin kurs ishining umumiy xajmiga kiritiladi. Shuningdek, kurs ishi topshirig`i
20
hamda mundarija saxifalanmaydi. Tartib raqami betning yuqori o`ng tomoniga
qo`yiladi.
Xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bulishi lozim (15-17 mm).
Oxirgi qatorni xat boshidan boshlashga yo`l qo`yilmaydi. Ishdagi tarkibiy
qismining oxirgi beti 10 qatordan kam bo`lmasligi kerak.
Kurs ishi pereplyot qilingan yoki maxsus papkaga solingan bo`lishi kerak.
Kurs ishi kompg’yuter yordamida rasmiylashtiriladi, kafedra bilan kelishilgan
holatda muallif tomonidan qo`lyozma shaklida yozilishi mumkin.
Kurs ishi matnini terishda yo`l qo`yilgan xatolar oq rangli bo`yoq bilan
bilan bo`yash va shu yerning o`zida xato to`g`rilanishi mumkin.
Kurs ishining matni ilmiy-publitsistik uslubda yoziladi. Birinchi shaxs
tomonidan kurs ishi matnini yozish mumkin emas. Masalan: “...men tahlil
qildim...”
Ishning matnida quyidagilarga yo`l qo`yilmaydi:
so`zlashuv tiliga xos bo`lgan gaplarni qo`llash;
qisqartmalarni qo`llash, umumtartibda qabul qilingan qisqartirish
qoidalaridan tashqari.
Kurs ishini bajarishda oldindan tasdiqlangan kurs ishi topshirg`i va kurs
ishini bajarish grafigi bo`lishi kerak ( 2 - ilova).
Ilovalar kurs ishi xajmi 1/3 dan oshib ketmasligi kerak. kurs ishining asosiy
qismi xajmi 35 betdan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |