muallif yangi termin kiritsa, ilk ko`llanishdayok u bo`yicha tushuntirish berishi
15
mavzuni tanlash;
adabiyotlarni to`plash va o`rganish;
ishni rejasini tuzish;
statistik ma’lumotlarni yig`ish va tahlili qilish;
kurs ishini yozish;
kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishining mavzusini talaba kafedra tomonidan tavsiya etilayotgan
mavzulardan mustaqil ravishda tanlashi mumkin (11 - bo`lim). Ayrim holarda
talaba kafedra ro`yxatiga kiritilmagan mavzuni taklif etish xuquqiga xam ega
bo`lishi mumkin.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o`z oldiga
qo`yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o`rganishi,
o`zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega
bo`lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o`z mutaxassisiligi
yo`nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy
baholanishida alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so`ng, mavzuga tegishli bo`lgan
adabiyotlar ro`yxatini tuzib chiqishi, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni
qidirib topib o`rganishlari kerak.
Kurs ishini bajarishda mazkur qo`llanmada ko`rsatilgan adabiyotlar bilan
cheklanmasdan (12-bo`lim), ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini
beradigan qo`shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq
bo`ladi. Talaba kurs ishi uchun qo`shimcha adabiyotlarni institutimiz axborot
resurs markazidan va boshqa axborot resurs markazlaridan olishi mumkin.
Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo`lgan rus tili va boshqa
xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng
foydalanishlari lozim.
16
To`plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi
mavzusini to`liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va
shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur.
Kurs ishi rejasini o`qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq.
Reja – kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib
beruvchi 2-3 ta savollardan va xulosa qismidan iborat bo`ladi. Kurs ishi rejasi
tuzilgandan so`ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik ma’lumotlarning
yangiligi e’tiborga olinishi zarur.
Ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
uchragan hamma ma’lumotlar va raqamlarni ko`chirib olmasdan,
ko`rib chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim
ma’lumot va raqamlardan foydalanish;
O`zbekiston o`z mustaqilligiga ega bo`lgan davridan boshlab qanday
yutuqlarga erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko`rsatish;
ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diogrammalar
hamda nazariy jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda
naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: