Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
5.2."Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha 
  Hozirgi  kunda  asosiy  muammolardan  biri  bir  shaxsning  boshqa  odamlardan  ajratib  turadigan 
individual  tuzilishga  ega  ekanligidir.  Ushbu  psixologik  muammoni  hal  qilish  shaxsning  mazkur 
tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. 
  Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy 
qismlarga  ajratishni  taqozo  etadi  binobarin,  ushbu  bo’laqlarning  yig’indisi  yaxlit  inson  shaxsini 
vujudga  keltiradi.  Jahon  psixologiya  fanida  psixologlar  shaxsning  psixologik  tuzilishining  tarkibiy 
qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. 
  Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri 
ostida  shakllangan  inson  shaxsida  ikkita  muhim  qism  bo’lganligini  tasdiqlovchi  nazariya  yuksak 
mavqeni  egallab  turibdi.  Mazkur  nazariyaga  binoan  "ichki  psixik"  ("endopsixik"  -  yunoncha  endo 
ichki  degan  ma'noni  bildiradi)  degan  g’oyani  ilgari  surdilar.  Uning  talqiniga  ko’ra,  "endopsixika" 
shaxsning  psixik  tuzilishining  ichki  qismlari  sifatida  psixik  elementlar  va  funksiyalarning  o’zaro 
bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan 
bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. 
Psixik  tuzilishning  "endopsixik"  qismi  bo’lsa,  shaxsning  tashqi  muhitga  nisbatan  munosabatini, 
shaxsga  qarama-qarshibo’lgan  barcha  jihatlarni,  shaxslararo  va  ob'ektiv  munosabatini  belgilaydi. 
"Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining 
xususiyatlarini  irodaviy  zo’r  berish  xislatlarini  ixtiyorsiz  harakatlarni  va  shu  kabi  fazilatlarni  aks 
ettiradi.  "Ekzopsixika"  esa  o’z  tarkibida  shaxs  munosabatlarining  tizimini  va  uning  qiziqishlari, 
mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni 
hamrab  oladi.  Tabiiy  asosga  ega  bo’lgan  "endopsixika"  biologik  shart-sharoitlarga  bog’liq  bo’lsa, 
"ekzopsixika"  aksincha  ijtimoiy  voqeliklar  ta'sir  ostida  yuzaga  keladi,  tarkib  topadi  va  takomillashib 
boradi. 
  Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. 
qo’sh  omillik  nazariyasi  tadqiqotchilari  tajribalarida  80-130  sm  balandlikdagi  odamning  shaxs 
xususiyatlarini  tarkib  toptirish  uchun  o’rganilgan.  Buning  natijasida  ular  shaxsi  tuzilishida  ko’p 
xislatlari  o’xshashligi  topilgan.  Bunday  odamlarning  past  (pakana)  bo’lishlaridan  tashqari,  ularning 
tuzilishida  hech  qanday  nuqson  va  kamchilik  yo’q  ekanligi  aniqlangan.  Bunday  toifaga  kiruvchi 
bolalarga  xos  kulguni  hech  bir  tanqidsiz,  o’ta  soddalikni,  muayyan  darajada  emosional  (hissiy) 
zo’riqishni  namoyon  qiladigan  vaziyatga  nisbatan  chidamlilikni,  uyat  hissining  kamroq  ekanligini 
uchratish  mumkin.  Shaxsning  xislatlariga  na  "endopsixika",  na  "ekzopsixika"  qismlarini  kiritish 
mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z 
tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, 
tarkib  topishining  takomillashishi  tabiiydir.  Shuni  alohida  ta'kidlab  o’tish  joizki,  mitti  odamlarga 
bo’ydor  kishilarga  qaraganda  boshqacha  munosabat  -  ularni  pisand  qilmaslik,  kamsitilish,  ular  ham 
barcha  kabi  narsalarni  his  qilishi,  orzu  qilishi,  ajablanishi,  jayron  qolishi  sababli  ularda  shaxsning 
o’ziga  xos  tuzilishi  vujudga  keladi.  Bunday  yaqqol  voqelik  ularning  ruhiy  ezilishini,  ba'zan 
boshqalarga,  hattoo’zlariga  nisbatan  tajovo’zkorona  yo’l  tutish-larini  niqoblaydi,  holos.  Mabodo  biz 
mitti  o’zlari  bilan  bap-baravar  bo’yli  kishilar  muhitida  yashaydi  deb  tasavvur  qilsak,  u  holda  ularda 
ham  tevarak-atrofdagi  boshqa  odamlardagi  kabi  mutlaqo  boshqacha  shaxsiy  fazilatlar,  xususiyatlar, 
xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bular edi. 
5.3. Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari 


70 
 
Psixologiya bilan tanishuv 
Psixologik yondashuv va qarashlar 
Psixologiya  aqlning  hulqini  o’rganadi.  Hulq-atvor  ko’pligi  sababli  psixologiyaga  bir  necha 
ta’riflar mavjud. Odatda kishi hulqiga 5 ta yondashuv bor: kognitiv, rivojlanish, biologik, ijtimoiy va 
individual xar xillik yondashuvi. 
Kognitiv  yondashuv aqliy  jarayonni o’rganadi, qaysiki hulqdan keyin, oldin va davomida sodir 
bo’ladi. Bu qabul qilish, xotira, o’ylash, sabab bo’lish, muammoni hal qilish va til bilan qiziqadi. Bu 
yondashuv  Loftus  va  Palmer  (1974)  izlanishlariga  asoslanadi  qaysiki  avto  halokatning  xato 
xotiralariga asoslangan. 
Rivojlanish  yondashuvi  insonning  hayoti  davomidagi  o’zgarishlarni  o’rganadi.  Bu  o’zgarishlar 
kognitiv,  tabiiy  va  ijtimoiy  bo’lishi  mumkin.  Odatda  bu  ko’proq  bolalarga  e’tibor  beradi.  Bu 
yondashuvga asoslangan izlanish Banduraning bolalarda o’tkazgan tajribasida nomoyon bo’ladi. 
Biologik yondashuv bizning psixologiyamizda namoyon bo’luvchi xulq-atvorni ko’rsatib beradi. 
Biologik psixologik e’tiborini ko’proq miya va nerv tizimi tuzilishiga qaratadi. Odamning quloq miya 
funksiyasini o’rgangan Sperri izlanishi bunga misol bo’ladi. 
Ijtimoiy  yondashuv  kishi  va  kichik  guruh,  guruhlar  o’rtasidagi  aloqani  o’rganadi.  Ijtimoiy 
psixologlar  hukm,  ayirmachilik,  qabul  qilish,  quloq  solish,  mahrum  qilish  bilan  qiziqadi.  Bunga 
Milgram  izlanishi  misol  bo’ladi.  Bu  kishining  biror  kimni  elektrda  qatl  qilishidagi  bo’yso’nishiga 
asoslangan. 
Individual yondashuvda kishi xulqi qat’iy emas va muntazam o’zgarib turadi deyiladi. Bu yosh, 
jins, aqllilik, irq va madaniy kelib chiqishdagi farqlarni o’rganadi. Normallik va g’ayrioddiylik shuni 
anglatadi. Baron-Koxenning izlanishlari shuni ko’rsatadiki, faollik kishilarning his-hayajonlarini suniy 
bo’lishidagi qiyinchiliklariga sabab ular aql nazariyasidan yetarli bilimga ega emas. 
Yana psixologiyada 2 ta perspektiva bor ular: hulq-atvor perspektivasi va psixodinamik P. Hulq-
atvor  perspektivasiga  ko’ra  shart-  sharoit  vs  o’rganish  hosilasida  hulq-atvor  shakllanadi.  Hech  qaysi 
hulq-atvor psixologiyadan meros bo’lib o’tmaydi. Bu nuqtai nazarga ko’ra hulq-atvor stimul, jazolash, 
taqdirlash  natijasida  o’zgarib  boradi.  Skinnerning  izlanishiga  ko’ra  irim-sirimchi  kabutarlar  va 
ularning sharoitga bo’lgan munosabati bunga misol bo’ladi. 
    Psixodinamik  nuqtai  nazarga  ko’ra  hulq-atvor  uyqudagi  ong  va  unda  konfliktlur  natijasidir. 
Ongning  3  qismi  bor  bular:  shaxs  (xoxish),  Ego  (reallik)  va  Superego  (etika).  Agarda  shu  3  qismda 
muvozanat buzilsa, kishi aqliy kasallikda aziyat chekadi. Bu qarash birinchi navbatda aqliy sog’lomlik 
va kishilarning inqiroz bilan hisoblashishiga e’tibor beradi. Kichik Hansda o’tkazilgan Frend tajribasi 
bunga misoldir
8
.  
  Jahon  psixologiya  fanida  shaxsning  kamoloti  uning  rivojlanishi  to’g’risida  xilma-xil 
nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va 
muammo  mohiyatini  yoritishda  o’ziga  xos  yondashuvga  egadirlar.  Mazkur  nazariyalar  qatoriga 
biogenetik,  sosiogenetik,  psixogenetik,  kognitiv,  psixoanalitik,  bixevioristik  kabilarni  kiritish 
mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
8
 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish