Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet504/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
 
 
MULOQOT TRENINGI 
Ushbu  trening  o’quvchi–talabalarda  dars  jarayonida  mustaqil  fikrlashga,  o’zfikrini  erkin  holda 
bayon  eta  olishga  hamda  ularda  bahslashish  madaniyatini  tarbiyalashga  qaratilgan  bo’lib,  odatda 
bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo’lgan holda o’tkaziladi. 
Muloqot trengini o’tkazish bosqichlari 
O’qituvchi  mashg’ulotni  boshlashdan  avval  tinglovchilarni  muloqot,  baxs-munozarani 
o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi 
1-bosqich: 
-o’qituvchi  ishni  o’tkaziladigan  muloqotning  mavzusini  aniqlashdan  boshlaydi,  masalan,  «Siz 
qaysi  madaniyat  tarafdorisiz:  «Sharq  yoki  Yevropa?».  Shu  mavzuni  o’rtaga  tashlab  tinglovchilardan 
Sharq  madaniyati  va  Yevropa  madaniyati  tarafdorlarini  aniqlab  oladi.Ularni  shu  tartibda  guruhlarga 
bo’ladi. 
2-bosqich: 
-har  bir  guruhdagi  tinglovchilar  o’z  mavzulari  bo’yicha  kerakli  materiallar,  dalillar,  misollar, 
aniq  fikrlar,  o’z  fikrini  tasdiqlovchi  ko’rgazmali  materiallar,  imkoni  bo’lsa  videofilm,  maqolalar, 
mutafakkir va olimlarning so’zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun 
tanlaydilar, qolganlar esa o’z fikrlarini qo’shimcha qilishlari mumkin. O’qituvchi guruh talabalarining 
tayyorgarlik ko’rish imkoniyatlarini hisobga olgan holda vaqt beradi. 
3-bosqich: 
-guruhlar  himoyaga  tayyor  bo’lgach  o’qituvchi  guruhlarning  biriga  himoya  uchun  so’z  beradi 
(himoyaga  chiqish  ixtiyoriy  ravishda  bo’lishi  mumkin).  Guruh  vakili  guruh  nomidan  so’zga  chiqib, 
ularga 
berilgan 
mavzuni 
tayyorlangan 
materiallar, 
dalillar 
asosida 
himoya 
qilishga 
kirishadi.Guruhvakili  so’zini  tugatgach,  guruhning  qolgan  a’zolari  qo’shimcha  fikrlar  bildirishlari 
mumkin. 
4-bosqich: 
-mashg’ulotning  3-bosqichidagi  kabi  bu  bosqichda  ham  o’qituvchi  navbatdagi  guruh  vakiliga 
himoya  uchun  so’z  beradi.  Ikkinchi  guruh  ham  birinchi  guruh  kabi  o’z  mavzusi  bo’yicha  himoya 
qiladi.Himoya  tugagach,  o’qituvchi  mashg’ulotning  keyingi  bosqichiga  o’tadi.  Har  ikkala  himoya 
vaqtida  o’qituvchi  iloji  boricha  o’z  fikr  va  mulohazasini  bildirmaslikka,  savol  bermaslikka  harakat 
qiladi, hech qaysi guruhga  yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruh himoyasi vaqtida tartib 
saqlanishiga  va  muloqotni  o’tkazishga  qo’yilgan  talab,  qoidalarning  to’liq  bajarilishiga  erishishga 
harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko’rsatishlari kerak bo’ladi. 
5-bosqich: 


338 
 
-guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular 
himoyasi vaqtida aytilgan dalillar,misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida,shuningdek, o’z 
guruhlarining  fikrlarini  yanada  ta’kidlab,  isbotlab,  qolganlarni  ham  shu  fikrga  qo’shilishlariga  da’vat 
qilish  uchun  berilishi  mumkin.  Tinglovchilar  erkin  holda  o’zlarining  chiqishlari  bilan  barchaga  ta’sir 
ko’rsatishga,  o’z  fikrlarini  ma’qullashga  harakat  qiladilar.  O’qituvchi  bunday  holatga  sharoit, 
imkoniyat yaratadi, ya’ni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi. 
6-bosqich: 
-o’qituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, ma’qullaydigan so’zlari 
tugagach,  har  ikki  guruh  tomonidan  aytilgan  fikrlarni  umumlashtiradi  va  o’zinining  bu  masala 
haqidagi  fikr  va  mulohazasini  bayon  etadi  va  guruh  tinglovchilari  tomonidan  tushgan  savollarga 
kerakli javoblarni berishga harakat qiladi. 
Mashg’ulot oxirida o’qituvchi har ikkala guruhning mashg’ulot jarayonidagi faoliyatlarini taxlil 
etib,  ularga  minnatdorchilik  bildiradi  va  mashg’ulotni  yakunlaydi.  Ushbu  treningning  davomiyligi 
sharoitga qarab belgilanadi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish