Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

qolishni boshqarishga ham shunday o’rganmoq kerak". 
  Kishi irodaviy zo’r berish yo’li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo’qotib yubormaydi, balki 
shu  faollik  ko’rinishlarini  faqat  o’zgartiradi,  yoki  bosib  qo’yadi.  Ixtiyorsiz  faollik  ko’rinishlarini 
bosilishi vazminlik deb ataladi.  
  Iroda-avvalo kishining o’zini qo’lga ola bilishi, o’z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa 
bilishi  demakdir.  Iroda  kishining  o’z-  o’zini  idora  qila  olishi,  o’z  xulqi  va  faoliyatini  anglab,  bilib 
tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir.  
  Kishining ichki to’siqlarni yenga olish, o’zini boshqarish va o’z ustidan hukmronlik qila olish 
qobiliyati  odatda  ichki  iroda  deb  yuritiladi.  Kishi  irodaviy  zo’r  berish  yo’li  bilan  tevarak-atrofdagi 
voqelikda  uchraydigan  tashqi  to’siqlarni  yengishi  zarur  bo’ladi.  Kishi  o’z  oldiga  qo’yilgan  maqsadni 
amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to’sqinliklarni yengib o’tadi, voqelikni o’z maqsadiga muvofiq  
ravishda  o’zgartiradi  va  uni  o’z  ehtiyojlariga  moslashtiradi.  Insonning  to’siqlarni,  tashqi 
qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi.  
  Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo’lish mumkin. Inson irodasi 
bitta,  lekin  u  tashqi  olamdagi  o’zgartirish  va  boshqarishga  qaratilishi  bilan  birga  shaxsiy,  sub'ektiv 
holatlarni  va  jarayonlarni  boshqarishga  qaratilishi  ham  mumkin.  Modomiki,  shunday  ekan,  tashqi 
to’sqinliklarni yengish ichki to’sqinliklarni yengish bilan chambarchas bog’liqdir.  
  Inson tashqi olamga ta'sir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish bilan bir vaqtda o’zini, 
o’z  organizmini,  qo’l-oyoq  muskullarini  ham  boshqaradi,  ularning  tarangligini  kuchaytiradi  yoki 
susaytiradi, ularning harakatlarini uyg’unlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga 
keltiradi  va  zarur  paytda  bu  vaziyatni  o’zgartiradi  va  hokazo.  Shu  bilan  birga  ixtiyoriy  harakatlar, 


202 
 
asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko’rinishlarini to’xtatib va bosib turishga to’g’ri 
keladi.  Shuning  uchun  odamning  irodaviy  zo’r  berishi  va  ixtiyoriy  harakatlari  tashqi  to’sqinliklarni 
yengishga  qaratilishi  bilan  bir  vaqtda  organizmning  ichki  ahvolini  ham  o’zgartiradi.  Inson  tevarak-
atrofdagi voqelikni o’zgartirar ekan, o’zini-o’z vujudini ham o’zgartiradi.  
  Irodaviy  harakatlar  bajarilgandan  keyin  ularga  baho  beriladi.  Qaror  ijro  etilgandan  keyin, 
ba'zan  esa  qarorni  bajarish  jarayonida  ham  ko’pincha  harakatlarga  baho  berish,  qarorni  qanday  ijro 
etilganligiga  baho  berish  kerak  bo’ladi.  Qarorni  ijro  etish  yuzasidan  qilingan  baho  berish  qabul 
qilingan qarorni hamda qilinadigan ishni ma'qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho 
qabul  qilingan  qaror  yoki  bajarilgan  harakatlardan  mamnun  bo’lish  yoki  mamnun  bo’lmaslik  tufayli 
kelib  chiqqan  maxsus  hissiy  kechinmalarda  ifodalanadi.  Salbiy  baho  ko’pincha  qilingan  ishlarga 
pushaymon bo’lish, achinish, uyalish va afsuslanish kabi hislar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Qilinayotgan 
yoki  qilinadigan  ishlarga  beriladigan  baho  qabul  qilingan  qarorni  yoki  bajarilgan  harakatlarni 
ma'qullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda ifodalanadi. 
  Qilinayotgan  yoki  qilinadigan  ishlarga  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy,  estetik  va  boshqa  nuqtai 
nazardan  baho  beriladi.  Mana  shunday  baho  berishdan  kelib  chiqadigan  his  va  hukmlarda  kishining 
dunyoqarashi,  axloqiy  sifatlari  va  tamoyillari,  shu  bilan  birga  xarakteri  va  qiziqish  -  havaslari  ham 
yaqqol namoyon bo’ladi.  
  Qarorni  bajarish  yuzasidan  qilingan  ishlarda  kishining  o’zi  baho  beribgina  qolmaydi,  balki 
kishi qaysi jamiyatda yashasa va ishlasa o’sha jamiyat ham baho beradi.  
  Odam qilgan yoki qilayotgan ish harakatlariga tevarak-atrofdagi kishilar ijobiy baho bergandan 
keyin ichki ma'naviy qanoat his qiladi xursand bo’ladi va kuchiga kuch qo’shilgandek bo’ladi. Ayrim 
ish-harakatlariga  salbiy  baho  berilganda  esa  kishi  o’ziga  xos  uyalish  hissini  ko’nglidan  kechiradi  va 
vijdon azobiga uchraydi.  
  Qilingan ish-harakatga berilgan baho kishining faoliyatida katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu 
baho  kishining  keyingi  faoliyati  uchun  rag’bat  va  motiv  bo’lib  qoladi.  Salbiy  baho  odatda  ayni 
faoliyatni  to’xtatish  yoki  o’zgartirishga  motiv  bo’ladi.  Ijobiy  baho  faoliyatni  davom  ettirish, 
kuchaytirish va yanada yaxshilashga, jumladan mehnat unumdorligini oshirishga rag’batlantiradi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish