15-MAVZU: IRODA PSIXOLOGIYASI.
REJA:
15.1.Iroda haqida tushuncha
15.2.Irodaning nerv-fiziologik asoslari
15.3.Irodaviy akt va uning tuzilishi
15.4.Shaxsning irodaviy sifatlari
Tayanch iboralar
Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham
ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik.
Iroda erkinligi - falsafiy - ahloqiy kategoriyani ifoda etuvchi tushuncha. U o’z - o’zini aniqlash
jarayonida kishi irodasining moslashishiga bog’liq.
Lokus nazorat (lot. lokus joy) - odamning o’z faoliyati natijalariga javobgarligini tashqi
kuchlardan ko’rish (eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki o’zining qobiliyatlarini intilishlardan ko’rish
xislati (internal, ichki lokus nazorati).
Do'stlaringiz bilan baham: |