113
9- MAVZU: IDROK
REJA:
9.1.Idrok haqida tushuncha.
9.2.Idrokning nerv fiziologik asosi
9.3.Idrokning o’ziga xos xususiyatlari. Appersepsiya
9.4.Idrokning tasnifi
Tayanch tushunchalar
Agroziya - idrokning buzilishi. Agrafiya miyaning ma'lum bir jarohatlanishida natijasida sodir
bo’ladi
Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va
tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi.
Attraksiya (fr. attraktion - qiziqib intilmoq, talpinmoq) - bir kishini boshqa kishi ko’rib
qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi.
Audivizual idrok (ing. audio - eshitmoq vision - ko’rmoq) - bir vaqtning o’zida ham eshitib,
ham ko’rib idrok qilish.
Gallyusinasiya (lot. - cinatio - alahlash) - real voqelikdagi narsa va hodisalarning
analizatorlarga bevosita ta'sirisiz ongimizda turli obrazlarning hayoliy ravishda paydo bo’lishidan
iborat psixopatologik hodisa.
Idrok - sezgi a'zolariga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni bevosita yaxlitligicha aks ettirish
jarayoni.
Idrokning konstantligi - (lot. constantis - o’zgarmas, doimiy) - idrok sharoiti o’zgarsada, idrok
qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning (ularning shakli, rangi, hajmi) nisbatan o’zgarmasligi,
turg’unlik holati.
Idrokning predmetliligi - jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni - axborotlarni ichki olam
ob'ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi - idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib
turgan ob'ektlarni, ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat.
Illyuziya - (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi.
Ko’zatuvchanlik - shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonnda narsalarni
kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo’ladi.
Perseptiv harakatlar (lot. regsertio - idrok etmoq) - idrok jarayonining asosiy tuzilishi birligi,
bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.
Perseptiv tizim - idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi analizatorlar yig’indisi.
Predmetlilik (idrokda) - ob'ektivlashtirish holati, unda tashqi olamdan olinadigan ma'lumotlar
qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning haqiqiy buyum va narsalarni qabul
qilishini ta'minlaydi.
Tanlovchanlik - idrokning xususiyati, buni shaxsning yo’nalishi yoki uning tajribasini belgilab
beradi.
Tuyush - idrok turlaridan biri, bu taktil va muskul - harakat sezgilaridan iborat.
Fazoni idrok qilish - voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda tutgan o’rnini, shaklini,
miqdorini uch o’lchov asosida (balandlik, kenglik, o’zunlikda) bevosita aks ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: