9
kiritishning, amaliy wrganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va ywllarini
aniqlaydi va amaliёtga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir.
2.3. Manbalarni turkumlash
Sharq ёzma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi h’ozirgacha
ishlab chiqilmagan. Mavjud qwlёzma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nwqtai
nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida
saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari yirik sharqshunos Charlz Riё tomonidan ularning
qaysi tilda ёzilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qwlёzmalarni aloh’ida,
aloh’ida tavsifga olib fih’rist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy
kutubxonadagi saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari h’aqida Edgar Bloshe h’am shu
tartibda katalog tuzgan.
Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
xazinasidagi qwёzmalar birinchi bor saqlanaёtgan tashkilot “Wzbekiston Fanlar
Akademiyasi Sharq qwlёzmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli
mavzudagi asarlar
tavsifga olinib, ularning wn bir jildda nashr etilgan. Hozir
qwlёzmalarni qaysi fan soh’asiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan
mana shunday kataloglar chop etilmoqda.
Bazi manbashunoslar qwlёzmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala
baёn etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i
asarning kelib chiqishiga, yani qaerda va qachon ёzilganligiga
qarab turkumlashni
maqul kwradilar.
Yana bir guruh’ olimlar esa ularni rasmiy h’ujjatlar, tarixiy, geo-
kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bwlib wrganishni tavsiya qiladilar.
Manbalarni avtograf – yani muallifning wz qwli bilan ekanligiga qarab ёki
kwchirilgan nusxa ekanligigi qarab turkumlash h’ollari h’am uchraydi.
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat
bittasiga, yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb
h’isoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot ywllari ёzma manbani chuqur va atroflicha
wrganish h’amda tah’lil qilish vazifalariga twla javob bera olmaydi.
Birinchidan,
tarixiy
manbalar
ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy,
siёsiy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli ywq ёki juda
kam.
Til bwyicha manbalarni wrganish ёmon emas, lekin biror mavzuga oid
manbalarni wrganganda, faqat bir ёki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan
chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi.
Mana
shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr
voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi
paytlarda talaygina markaziy oliy wquv yurtlarida wqitilgan “CCJM tarixi
manbashunosligi” va “Wrta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu
qoidaga asoslangan.
B. A. Ah’medov “Wzbekiston tarixi (wrta asrlar) manbalari”ni (ёzma manbalarni)
quyidagi uch turga bwlib wrganishni tavsiya qilgan: 1) Ashёviy manbalar, yani
arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashёlar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy,
geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan
10
arxeologik ёki ashёviy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz
turmush tarzi va
ijtimoiy faoliyatini wrganish uchun asosiy manba bwlib xizmat qiluvchi manbalar
asosan arxeologiya fani tomonidan wrganiladi va biz uchun qwshimcha ёki
ёrdamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, Wzbekiston tarixi ёzma manbalarini asasan ikki turga
bwlib wrganish maqul kwrinadi.
1) rasmiy h’ujjatlar – ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar,
h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy ёzishmalar, maktublar va boshqalar.
Umuman, tarixiy h’ujjatlarning wttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siёsiy
h’aёtni
bevosita qayd etishlari, yani feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat
tuzilishi va shunga wxshash masalalar bwyicha daliliy malumotga boyligi bilan
tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular asosan h’ujjatshunoslar
tomonidan maxsus wrganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy
qiymati juda katta.
2) tarixiy,
geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar.
Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy
h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va twla ёritiladi. Shuning
bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi kwzga tashlanadi.
Ёzma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bwlmaydi. Xususan,
badiiy adabiёtlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar twg’risidagi malumotlar baёni
mavjud bwlib, faqat ularning wziga xos baёn uslubi, badiyatini nazardan
qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni ёzishi kerak bwlsa, shoir ёki
ijodkor badiiy twqima, bwrttirish, mubolag’aga ywl qwyish,
yani wz istagiga
muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir
davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan,
uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida İzzat Sulton
“Navoiyning qalb daftari” nomli kitob ёzib, unda Alisher Navoiy biografisini
tiklashga h’arakat qilgan.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy
malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi twg’risida juda
qimmatli malumot mavjud.
Ёzma manbalardagi wziga xoslikning biri shuki, ularda baёn etilgan voqea,
h’odisalarga subektiv ёndoshuv, ayrimlarini xaspwshlash ёki buzib talqin
h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot
olib borilganda ularga
tanqidiy ёndoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab
va printsiplaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: