11.2.2. “Shayboniynoma”
“Shayboniynoma” fors tilida bitilgan sheriy doston bwlib, uning muallifi
atoqli shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453-1512 yy.). Uning asli
ismi Ali ibn Muh’ammad al-Haraviy. Kwproq Kamoliddin Binoiy nomi bilan
mashh’ur. Hirotda kwzga kwringan memor ustod Muh’ammadxon Sabz oilasida
dunёga kelgan. Ёshlik paytlari og’ir sharoitda, Shoh’ruh’ Mirzo vafotidan keyin
mamlakatda kuchayib ketgan toju taxt uchun kurash va wzaro urushlar sharoitida
kechdi.
Malumki, 1458 yili Qora qwyunlular sulolasidan
38
bwlgan Jah’onshoh’
(1438-1467 yy.) Xurosonga bostirib kirdi va Hirotni egalladi. Lekin oradan kwp
38
Қора қўюнлу – 1380-1468 йиллари Ироқи Ажам ва Озарбайжонни идора қилган сулола, асосчиси Қора
Муҳаммад Турмуш (1380-1389 йй.).
120
vaqt wtmay, 1459 yili Temuriyzoda Sulton Abu Said Mirzo qwshinlarining tazyiqi
ostida poytaxt shah’ar va mamlakatni bwshatib chiqishga majbur bwldi. Ushanda
Jah’onshoh’ yuz nafar h’unarmand oilani wzi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi.
Bular orasida memor Muh’ammad Sabz va uning oilasi qariyb uch yil Sherozda
istiqomat qilib, 1461 yili yana Hirotga qaytib keldi.
Manbalarning guvoh’lik berishiga qaraganda, Kamoluddin Binoiy keng
malumotli kishi bwlib, sheriyat, insho, iloh’iёt, musiqa va tarix ilmlarini chuqur
bilgan. Bundan tashqari u memorchilik sanatida h’am wz zamonasining
peshqadamlaridan h’isoblangan. Muh’ammad Sabz va uning wg’li ishtirokida
qurilgan binolar Hirotda va mamlakatning boshqa shah’arlarida juda kwp bwlgan.
Masalan, 1481 yili h’ozirgi Afg’onistonning Mozori sharif shah’rida, eski nomi
Xoja h’ayron, Ali ibn Abu Tolib (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan
muh’tasham maqbara va boshqa binolar shular jumlasidandir. Shoir va olimning
“Binoiy” deb taxallus tanlashi h’am mana shundandir.
Binoiy oradan kwp vaqt wtmay Tabrizga kelib qoldi va 1492 yilga qadar
Sulton Yaqub Oq Qwyunlu (1478-1490 yy.) saroyida xizmat qildi. 1492 yili u yana
Hirotga qaytdi. 1495 yili ayrim sabablarga kwra, wzining swzlariga qaraganda,
bazi h’asadgwylarning ig’vosi tufayli, Samarqandga ketib qoldi.
Binoiy dastlab xoja Ubaydulla Ah’rorning twng’ich wg’li va sulukda vorisi
xoja Qutbuddin Yaxё, swng Zah’iriddin Bobur, undan keyin 1501 yili to umrining
oxirigacha, Shayboniyxon h’uzurida uning saroy shoiri va tarixchisi bwlib xizmat
qildi.
1507 yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Hirotga keldi va1510 yilgacha
ona shah’rida istiqomat qildi. 1511 yili shah’arga İsmoil Safaviy qwshinlari
yaqinlashishi bilan, u yana Movarounnah’rga ketib qoldi va Qarshi shah’rida kun
kechirdi. Kamoluddin Binoiy 1512 yili Qarshi mudofaachilari safida turib
shah’arni Safaviylardan h’imoya qildi va wsha jangda h’alok bwldi.
Kamoliddin Binoiy istedodli shoir va ulkan tarixshunos olim sifatida tarixda
qoldi. U Markaziy Osiё, Wzbekiston va Qozog’istonning XV asrning swnggi
choragi va XV asrning boshlaridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda aloh’ida
qiymatga ega bwlgan “Shayboniynoma” nomli tarixiy dostonini ёzdi.
Binoiyning“Shayboniynoma” asari h’am“Tavorixi guzida, nusratnoma” va
Mulla Shodiyning “Fatxnoma” asarlari bilan bir rejada ёzilgan bwlib,
Shayboniyxon tavalludidan to Dashti qipchoq wzbeklari tomonidan
Movarounnah’r va Xorazmni 1505 yili bwysundirilishiga qadar zu h’ududda
bwlib wtgan tarixiy voqealar h’aqida h’ikoya qilinadi. Asar 1505-15-7 yillari
orasida ёzilgan.
“Shayboniynoma”da 1450-1505yillar orasida yuz bergan ijtimoiy-siёsiy
voqealar qisqa, lekin aniq baёn etilgan. U muh’im geografik, masalan, Sirdarёning
wrta oqimida joylashgan Sabron, Sig’noq, Arquq, Wtror, Yassi, Wzgand,
Oqqwrg’on va Xorazmga tobe shah’arlardan Urganch, Vazir, Buldumsoz, Adoq va
boshqa joylar h’aqida h’amda etnografik, masalan Dashti qipchoqlik wzbek
qabilalari va ularning ijtimoiy-siёsiy h’aёtdagi mavqei h’aqidagi dalillarga boy
asardir. Bundan tashqari, asarda Shayboniy amirlar va askarlarining faoliyati
h’aqida muh’im malumotlarni uchratish mumkin.
121
“Shayboniynoma” asari matni chop etilmagan. Lekin uning qwlёzma
nusxalari kwp tarqalgan. Faqat WzR FA Sharqshunoslik instituti qwlёzmalari
xazinasida etti mwtabar nusxa mavjud. Bulardan biri, inv.№ 844, eng qadimgi
bwlib, Shayboniyxon h’aёt chog’ida uning shaxsiy kotibi Muh’ammad Mwmin
tarafidan kwchirmlgan, ayrim satrlari esa Shayboniyxonning wz qwli bilan
kwchirilgan. Yana bir etiborli qwlёzma raqami № 3422 bwlib, ushbu asarning
xorazmlik mashh’ur tarixchi va tarjimon Muh’ammad Yusuf Baёniy (1858-1923
yy.) tomonidan qilingan wzbekcha tarjimasidir. Kitobdan ayrim parchalar rus
tilidagi majmualarda elon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |