Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 


87 
 
4-jadval. 
Tijorat banklarinngqo‘shilishsabablari va mezonlari 
Strategik  rejaning  namunaviy 
tuzilishi 
Qo‘shilish va yutilish masalasi 
Missiya  (tashkilot  faoliyatining 
asosiy maqsadi) 
Taklif  etilayotgan  qo‘shilish  yoki 
yutilish  qanchalik  tashkilot  missiyasiga 
javob beradi? 
Maqsadlar 
(moliyaviy, 
biznesning  ko‘lami,  operatsiyalar 
samaradorligi,  taqdim  etilayotgan 
xizmatlar  sifati) 
Taklif  etilayotgan  qo‘shilish  yoki 
yutilish 
qanday 
qilib 
tashkilot 
maqsadlarini 
amalga 
oshirishga 
imkoniyat yaratadi? 
Makroiqtisodiy  tendensiyalar  va 
bozor rivojlanishi yo‘nalishlari 
Makroiqtisodiy  tendensiyalar  (shu 
jumladan,  davlat  tomonidan  tartibga 
solish) va bozor imkoniyatlari qo‘shilish 
yoki  yutilishni  amalga  oshirish  uchun 
qanchalik adekvat bo‘ladi? 
Tashkilotning 
raqobatbardoshligini baholash 
Qo‘shilish 
yoki 
yutilish 
tashkilotning 
raqobatbardoshligini 
qanchalik oshiradi? Muammoli jihatlarni 
xal etish imkoni bo‘ladimi? 
Rivojlanish 
imkoniyatlarini 
baholash 
Qanday qilib qo‘shilish yoki yutilish 
rivojlanish  imkoniyatlaridan  optimal 
foydalanish  imkonini  beradi?  Xavf 
darajasini 
pasaytirish 
mumkin 
bo‘ladimi? 
Bozorning  asosiy  bo‘g‘inlari 
bo‘yicha strategiya 
Qo‘shilish  yoki  yutilish  bozorning 
barcha 
bo‘g‘inlaridagi 
bankning 
pozitsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
Faoliyatning 
asosiy 
turlari 
bo‘yicha strategik vazifalar 
Faoliyatning  asosiy  turlari  bo‘yicha 
zaruriy natijalarga erishiladimi? 
Asosiy 
strategik 
vazifalarni 
amalga  oshirish  bo‘yicha  chora-
tadbirlar rejasi 
Qo‘shilish  yoki  yutilish  chora-
tadbirlar  rejasini  amalga  oshirish  uchun 
qanday imkoniyatlar beradi? 
Kutilayotgan moliyaviy natijalar 
Qo‘shilish  yoki  yutilish  o‘rnatilgan 
ko‘rsatkichlarga  erishishda  qanchalik 
samara beradi? 
Qo‘shilish va  yutilish  jarayoni  olti bosqichdan iborat bo‘ladi.  Birinchi  uchta bosqich 
qo‘shilish  va  yutilishni  rejalashtirish  jarayonini,  qo‘shilish  va  yutilishning  potensial 
ob’ekti bo‘yicha tahliliy ishlarni olib  borish, qo‘shilish va yutilish to‘g‘risida muzokaralar 
olib  borish  va  zaruriy  bitimni  tayyorlash  va  imzolash  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oladi. 
Ikkinchi  uchta  bosqich  bu  loyihani  amaliy  jihatdan  amalga  oshirishdir.  Qo‘shilish  yoki 
yutilish kelishuvining asosiy bosqichlari quyidagilar: 
- Qo‘shilish va yutilish strategiyasini ishlab chiqish; 


88 
 
- Qo‘shilish yoki yutilish potensial ob’ektini tahlil qilish; 
- Muzokaralar jarayoni va bitim imzolash; 
- Vaziyatni baholash va barqarorlashtirish; 
- Integratsiya; 
- Keyingi integratsiya. 
Qo‘shilish  yoki  yutilish  strategiyasini  ishlab  chiqish  bankning  umumiy  strategiyasini 
aks  ettiradi,  bu  esa  bankning  bozordagi  mavqeini  baholash,  kuchli  va  zaif  tomonlarini 
tahlil  qilish,  biznesni  rivojlantirish  imkoniyatlarini  va  xavflarini  ko‘rib  chiqish, 
raqobatchilarni tahlil qilish zaruriyatini bildiradi. Raqobatchilarni tahlil qilishning standart 
shartlariga  strategiya,  mahsulotlar  qatori,  mijozlar  bazasi,  bank  mahsulotlarini  etkazib 
berish texnologiyalarini baholashni o‘z ichiga oladi. Umumbank stratgeyasini shakllanishi 
natijalariga  ko‘ra,  qo‘shilish  yoki  yutilish  maqsadlari  shakllanadi:  ustuvor  vazifalarni 
amalga  oshirish  uchun  kim  kerak.  Agar  yangi  bozorlarga  chiqish  ko‘zda  tutilgan  bo‘lsa, 
quyidagilar inobatga olinishi zarur: 
- Risk va daromadlilik nisbati; 
- Biznesni  rivojlantirish  maqsadlari,  biznes  olib  boriladigan  asosiy  sohalar, 
tashkilotning ixtisoslashuvi va imidji; 
- O‘z  kapitali  miqdori  va  kapitalning  etarliligi  ko‘rsatkichlariga  bo‘lgan  talablar 
(xalqaro bozorlarga chiqishda davlatlarning tartibga soluvchi organlarining talablarini ham 
hisobga olish zarur); 
- Qonuniy va normativ baza; 
- Milliy va xalqaro bozorlardagi raqobat; 
- Makroiqtisodiy parametrlar va sharoitlar; 
- Biznes uchun muhim bo‘lgan mijozlar guruhini marketing tadqiqoti. 
Qo‘shilish  va  yutilish  jarayoni  strategik,  taktik  va  operatsion  darajalarni  o‘z  ichiga 
oladi: 
Strategik daraja – ob’ektni tanlash: 
- O‘sish strategiyasi 
- Qo‘shilish yoki yutilish ob’ektini izlash va baholash 
- Kelishuv tarkibini aniqlash; 
Taktik  daraja  –  yutilish  va  stabillashish  –  integratsiya  taktikasi,  joriy  holatni  tahlil 
qilish: 
- Konseptual reja 
- Qismlarga ajratilgan reja 
- Kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; 
Operatsion daraja -  biznes turlari integratsiyasi: 
- Koordinatsiyalashgan tadbiq etish 
- Loyihani amalga oshirilishini oraliq baholash 
- O‘zgartirishlar kiritish 
- Natijalarni baholash. 
Strategik  darajada  qo‘shilish  yoki  yutilish  ob’ektini  tanlash  ko‘zda  tutiladi,  uning 
ketidan  rivojlanish  strategiyasini  amalga  oshirish  yo‘llari  izchil  tahlil  qilinadi.  Sotib 
oluvchi  bank  tomonidan  shaxsiy  strategik  maqsadlar  baholanadi  va  qo‘shilayotgan 


89 
 
bankning  biznesi  bilan  optimal  aloqa  aniqlanadi,  undan  so‘ng  qo‘shilish  strategiyasi 
tanlanadi. 
Banklarni  qo‘shilish  yoki  yutilish  ko‘rinishida  qayta  tashkil  etish  uchun  bir  qator 
omillar  sabab  bo‘ladi.  Qo‘shilish  va  yutilish  sabablarini  aniqlash  juda  muhim,  chunki 
aynan shu sabablar ikki yoki undan ortiq bankning birlashishi natijasida uning qimmatroq 
bo‘lishi sabablarini aks ettiradi. SHuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik qo‘shilish va yutilish 
holatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu birlashgan banklarning kapitallashgan bahosini 
oshirish hisoblanadi.  
YUtilish  holatida  yutayotgan  bank  moddiy  va  nomoddiy  aktivlarga  ega  bo‘ladi, 
shuningdek  bankning  tashkiliy  strukturasini  ham  egallab  oladi.  Moliya  nazariyasi  nuqtai 
nazaridan qaraganda qo‘shilish va yutilish holatlari bu oddiy investitsion qaror hisoblanadi 
va  unda  biror  bir  bank  boshqa  bankning  jami  aktivlariga  ega  bo‘lish  evaziga  ma’lum  bir 
summani to‘laydi (yoki bankrot bankni olayotgan holatda uning zarari va majburiyatlarini 
o‘z bo‘yniga oladi). Demak, qo‘shilish ham boshqa investitsion qarorlar kabi bankning sof 
joriy qiymatini oshirishga qaratilgan holatdagina amalga oshirilishi zarur.  
Endi  banklarni  tugatish  tartibini  o‘rganib  chiqamiz.  Bank  ixtiyoriy  yoki  majburiy 
ravishda  tugatilishi  mumkin.  Bunda  Markaziy  bank  tomonidan  bank  operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olinadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish