O`quv materiallari


INVESTITSION FAOLIYAT BOʻYICHA



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

INVESTITSION FAOLIYAT BOʻYICHA 

Yaxlit korxona boʻyicha: 

-

  uzoq  muddatli  investitsiyalar 



portfelini 

shakllantirish 

kalendari (byudjeti); 

-

  real  investitsiya  dasturlarini 



amalga 

oshirish 

kalendari 

(byudjeti) 

 

Alohida javobgarlik 

markazlari boʻyicha: 

-

 alohida investitsion loyi-



halarni amalga oshirish ka-

lendari (byudjeti) 




102 

 

   Yuqoridagi  rasm  ma’lumotlaridan  koʻrinib  turibdiki,  pul  oqimlarini 



boshqarish  boʻyicha  tuziladigan  va  foydalaniladigan  har  bir  toʻlov  kalendari  oʻz 

maqsad  va  vazifasiga  hamda  alohida  xususiyatlariga  ega.  Umuman  korxonaning 

faoliyat  koʻlamidan  kelib  chiqqan  holda  keltirib  oʻtilgan  toʻlov  kalendarlaridan 

foydalanish qoʻyilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  amaliyotida  har  qanday 

operatsiya  yoki  boshqaruv  qarori  pul  mablagʻlari  harakatiga  sabab  boʻladi.  Pul 

mablagʻlari  harakatining  uzluksiz,  toʻgʻri  va  samarali  tashkil  etilishi  koʻp  jihatdan 

tadbirkorlik  faoliyati  va  uning  iqtisodiy  natijalari  barqarorligini  oldindan  belgilab 

beradi.  

Boshqaruvchilar,  kreditorlar,  investorlar,  tahlilchilar  va  boshqa  korxona 

faoliyatidan  manfaatdor  shaxslar  uchun  haqiqatdagi  pul  oqimlari  harakati  korxona 

faoliyatini,  uning  bozor  qiymatini  baholashda,  shuningdek  kelgusidagi  rivojlanish 

istiqbollarini prognoslashda asos boʻlib xizmat qiladi.  

Har  qanday  kompaniya  joriy  toʻlovlarni  amalga  oshirish,  xom  ashyo  va 

materiallarni xarid qilish, ish haqlarini toʻlash, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, 

majburiyatlarni  oʻz  vaqtida  qoplash  uchun  yetarli  miqdordagi  pul  mablagʻlariga  ega 

boʻlishi lozim. Pul mablagʻlarining yetishmovchiligi avtomatik tarzda likvidlilikning 

yoʻqotilishiga, bu esa oʻz navbatida tez moslashuvchan mustaqil qarorlar qabul qilish 

imkoniyatining  boy  berilishiga,  faoliyatning  esa  tashqi  sub’ektlar,  masalan 

kreditorlarga bogʻliq boʻlib qolishiga sabab boʻladi.  

Pul oqimlari tushunchasi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoki sub’ektning alohida 

operatsiyalari  natijasida  yuzaga  keladigan  vaqt  boʻyicha  taqsimlangan  pul 

mablagʻlari harakatini anglatadi.  

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishning asosi hisoblangan asosiy 

gʻoyalar  oʻtgan  davr  uchun  daromadlarni  aniqlash  va  daromadlarni  olish  uchun 

sarflangan xarajatlarni solishtirish hisoblanadi. Bu jarayonda daromadlar olingan vaqt 

sifatida  iste’molchidan  pul  mablagʻlarining  real  kelib  tushish  vaqtidan  qat’iy  nazar 

mahsulotlarni  sotish  vaqti  tan  olinadi.  Masalan,  toʻlovni  kechiktirish  sharti  bilan 

tovarlarni sotish jarayonida yuklab joʻnatilgan vaqt daromad olingan vaqt sifatida tan 

olinadi. Vaholanki yuklab joʻnatilgan tovar boʻyicha pul mablagʻlari keyingi hisobot 

davrida kelib tushadi.  

Pul  oqimi  miqdoridan  foyda  miqdori  farq  qilishining  yana  bir  muhim  sababi 

asosiy  vositalar  boʻyicha  amortizatsiya  hisoblashning  buxgalteriya  mexanizmi 

hisoblanadi.  

Moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro  standartlariga  muvofiq  pul  oqimlari 

toʻgʻrisidagi  hisobot  koʻrib  chiqilayotgan  davr  boʻyicha  pul  mablagʻlari  harakatini 

aks  ettiruvchi  moddalardagi  oʻzgarishlar  sabablarini  izohlab  berishi  va  operatsion, 

investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlar  kesimida  korxona  pul  oqimlari  toʻgʻrisidagi 

axborotlardan tarkib topishi lozim.  

Moliyaviy  menejmentning  barcha  funksional  tizimlari  kabi  pul  oqimlarini 

boshqarish  ham  korxona  bozor  qiymatini  oshirish  orqali  mulkdorlar  moddiy 

farovonligini  oshirishga  qaratilgan  bosh  maqsadga  bevosita  boʻysunadi.  Moliyaviy 

menejmentning  bu  umumiy  maqsadi  pul  oqimlarini  boshqarishning  alohida  bosh 



103 

 

maqsadi  –  korxonadagi  doimiy  moliyaviy  muvozanatni  ta’minlashni  qoʻllab-



quvvatlaydi. 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish