297
NPV
?
?
?
PI
?
?
?
DPP
?
?
?
8-variant
1. Dastlabki summa 9800 ming so’m, oshgan summa 14300 ming so’m, yillik
murakkab foiz 13 %. Investitsion davrni aniqlang. (ushbu masalani yillik 13%
murakkab xisob stavka asosida ham ishlab ikkala holatni solishtirib xulosa yozing.)
2. Investitsion davr 5 yil. Har yillik inflyatsiya darajasi 12 %. Dastlabki R
summani yilik 8 foiz real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda
joylashtirishimiz lozim (murakkab foizda).
3. Bank tomonidan korxonaga 28 mln.so’mlik kredit yillik 16 foiz xisob stavka
asosida ajratildi. Korxona 26,5 mln so’m mablag’ oldi. Kredit shartnomasi muddatini
aniqlang.
9-variant
1. Korxonaning 200 000 ming so’mlik nominal qiymatga ega vekseli 10 iyun
kuni to’lab berilishi, yana bir 500 000 ming so’mlik nominal qiymatga ega vekseli
esa 14 avgust kuni to’lab berilshi lozim. Uchinchi 350 000 ming so’mlik veksel esa
21 sentyabr kuni to’lab berilishi kerak. Korxona tomonidan uchta veksel
majburiyatlari umumlashtirilgan holda 14 noyabr kuni yillik 9 foiz xisob stavkada
to’lab berishga kelishib olindi. Yangi shartnomaning sumasini aniqlang.
2. Investitsion davr 4 yil. Har yillik inflyatsiya darajasi 7 %. Dastlabki R
summani yilik 9 foiz real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda
joylashtirishimiz lozim (murakkab foizda).
3. Mijoz tomonidan tijorat bankka 12 mln so’mlik mablag’ 4 yilga 11 foizga
joylashtirildi. Oshgan summani oddiy va murakkab foizda hisoblang hamda ushbu
bank operatsiyasini har yillik, har olti oylik, har kvartallik foizlar hisoblansa qanday
farq kelib chiqishini xulosa shaklida yozing.
10-variant
1. 29 mln.so’mlik veksel joriy yilning 27 noyabrida to’lab berish sharti bilan 11
mart kuni bank tomonidan hisobga olindi, yillik 13 foiz oddiy xisob stavka asosida.
Bank tomonidan dastlabki to’lab berilgan summani aniqlang.
2. Korxonaning quyidagi to’rtta shartnoma bo’yicha majburiyati mavjud.
Birinchi shartnoma summasi 467 mln.so’m to’lash muddati esa 19 mart, ikkinchi
shartnoma summasi 125 mln.so’m to’lash muddati 2 may, uchinchi shartnoma
summasi 249 mln.so’m to’lash muddati 18 avgust, to’rtinchi shartnoma summasi 324
mln.so’m to’lash muddati esa 17 noyabr. To’rtta shartnoma birlashtirilib 10 oktyabr
kuni yillik 12 foiz oddiy foiz stavka asosida to’lab berishgan kelishib olindi. Yangi
shartnomaning summasini aniqlang (ushbu masala yillik 12 foiz xisob stavkada ham
ishlansin, ikkala holatni solishtirib xulosa keltiring).
3. Jadvalni to’ldiring va har bir loyiha bo’yicha xulosalarni yozma ravishda
keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: