O`quv materiallari


Jahon bozorida IPO boʻyicha shartnomalar soni va taklif hajmi



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

Jahon bozorida IPO boʻyicha shartnomalar soni va taklif hajmi

24

 



№ 

IPO ning 

jahon bozori 

2011 yil 

2012 yil 

Mamlakatlar 

IPO 

shartno

malari 

soni 

Taklif 

hajmi 

(million. 

yevro) 

IPO 

shartno

malari 

soni 

Taklif 

hajmi 

(million. 

yevro) 

1.  AQSh  

134 

25 581 


146 

33 164 


2.  Xitoy  

420 


57 240 

239 


22 842 

3.  Yevropa  

430 

26 491 


263 

10 928 


4.  Yaponiya  

36 


1 495 

46 


7 173 

5.  Malayziya  

22 

1 643 


16 

5 246 


6.  Lotin 

Amerikasi  

21 

6 153 


15 

5 005 


7.  Kanada  

64 


1 561 

62 


1 393 

8.  Avstraliya  

105 

1 195 


54 

1 336 


9.  Singapur  

23 


5 350 

21 


1 316 

 

IPO  oʻtkazish  bilan  bogʻliq  2012  yilning  asosiy  natijalari  sifatidabozorlariga 

jalb  qilingan  vositalar  hajmi  boʻyicha  AQSh  3-oʻrindan  1-oʻringa  chiqdi.  Xitoy 

umumiy  IPO  shartnomalar  hajmi  boʻyicha  birinchilikni  yoʻqotib,  ikkinchi  oʻringa 

tushdi.  Malayziyaning  yirik  korxonalari  IPO  oʻtkazib,  taniqli  korxonalar  reytingi 

qatoriga  (brendlar  qatoriga)  kirdi.  Japan  Airlines  aviakompaniyasi  IPO  yordamida, 

Yaponiyaga jalb qilingan vositalar hajmi 4 barobarga ortdi.  

Umuman  ta’kidlash  mumkinki,  IPO  –  bu  kompaniyaning  strategik 

rivojlanishining  bir  bosqichi  hisoblanadi,  chunki  bunda  kompaniya  informatsion 

shaffof  va  yirik    investorlar  uchun  yetarlicha  tushunarli  boʻladi.  Kompaniya 

aksiyalarining  birinchi  ochiq  savdoga  chiqishi  (IPO)  jarayoniga  tayyorgarlikning 

koʻp  vaqt  olishiga  qaramasdan,  natijada  kompaniya    rivojlanishining  yangi,  sifat 

bosqichiga oʻtiladi.  

                                                           

23

 www.pwc.com 



24

 www.pwc.com 




126 

 

Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi 



manbalari sifatida soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish amaliyotini ham keltirish 

mumkin. 


 Korxonaning  oʻz  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatini  qarz  mablagʻlarini  jalb 

qilmagan  holda  samarali  davom  ettirishi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  murakkab 

masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini 

mos  ravishda  kengaytirish,  xususiy  kapitaldan  yanada  samarali  foydalanishni 

ta’minlash,  turli  xil  maqsadli  moliyaviy  fondlarni  shakllantirish  jarayonini 

tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi. 

Xususiy  kapital  har  qanday  biznes  asosini  tashkil  etsada,  qator  tarmoq 

korxonalarida  foydalaniladigan  qarz  kapitali  miqdori  xususiy  kapital  miqdoridan 

sezilarli  darajada  yuqori  boʻladi.  Aynan  shu  holat  bilan  bogʻliqlikda  qarz  kapitalini 

jalb  qilish  va  undan  samarali  foydalanishni  boshqarish  korporativ  moliyani 

boshqarishning  muhim  funksiyalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  funksiya  korxona 

moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  boʻyicha  yuqori  natijalarga  yerishishni  ta’minlashga 

yoʻnaltiriladi. 

Korxonalarda  foydalaniladigan  qarz  kapitali  jami  moliyaviy  majburiyatlar 

miqdori  bilan  tavsiflanadi.  Bunday  majburiyatlarni  quyidagicha  tabaqalashtirish 

mumkin: 


1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda amal qiluvchi 

foydalanish  muddati  bir  yildan  ortiq  boʻlgan  qarz  kapitalining  barcha  shakllarini 

kiritish  mumkin.  Uzoq  muddatli  bank  kreditlari  va  boshqa  uzoq  muddatli  qarz 

mablagʻlari  (moliyaviy  lizing,  soliq  krediti  boʻyicha  qarzdorlik,  muomalaga 

chiqarilgan  obligatsiyalar  boʻyicha  qarzdorlik,    moliyaviy  yordam  boʻyicha 

qarzdorlik,  qaytarish  sharti  bilan  berilgan  boshqa  mablagʻlar)  uzoq  muddatli 

moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi. 

2.  Qisqa  muddatli  qarz  kapitali.  Bir  yilgacha  boʻlgan  muddatda  foydalanish 

uchun  jalb  qilingan  qarz  kapitalining  barcha  shakllarini  qisqa  muddatli  moliyaviy 

majburiyatlarga  kiritish  mumkin.  Bunday  majburiyatlarning  asosiy  shakllari  sifatida 

qisqa  muddatli  bank  kreditlari  va  boshqa  qisqa  muddatli  qarz  mablagʻlari 

(muomalaga chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha taqdim 

etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni keltirish mumkin. 

Oʻz  moliyaviy  majburiyatlarini  qoplash  chora-tadbirlari  boʻyicha  korxonani 

rivojlantirish  jarayonida  qoʻshimcha  qarz  mablagʻlarini  jalb  qilishga  talab  yuzaga 

keladi.  Bunda  korxona  tomonidan  jalb  qilinadigan  qarz  mablagʻlarini  quyidagicha 

tasniflash mumkin: 

- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi manbalardan 

yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, jismoniy shaxslardan. 

- jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli 

(bir yildan ortiq). 

-  jalb  qilish  shakli  boʻyicha:  pul  shaklida  (moliyaviy  kredit),  asosiy  vosita 

(uskuna)  shaklida  (moliyaviy  lizing),  tovar  shaklida  (tijorat  krediti)  va  boshqa 

moddiy va nomoddiy shakllarda. 




127 

 

Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-shubhasiz majburiyat 



va  olingan  qarz  mablagʻini  belgilangan  muddatda  qaytarish,  shuningdek 

foydalanganlik  uchun  foiz  koʻrinishidagi  mukofot  summasini  mablagʻ  egasiga 

oʻtkazib berish asosida taqdim etiladi. 

Qarz  mablagʻlari  hisobiga  moliyalashtirish  manbalari  va  shakllari  yetarli 

darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada qoʻllaniladigan keng 

tarqalgan  qarz  mablagʻlari  manbalari  mohiyati  va  xususiyatlari  tavsifiga  toʻxtalib 

oʻtamiz. 

Qarz  mablagʻlari  hisobiga  moliyalashtirish  quyidagi  muhim  prinsiplarga 

asoslanadi: 

- qaytarishlik; 

- toʻlovlilik; 

- muddatlilik. 



Qaytarish prinsipi qarzdor tomonidan olingan summa (asosiy qarz summasi)ni 

belgilangan  muddatda  toʻliq  qoplash  zaruriyatini  oʻzida  aks  ettiradi.  Amaliyotda 

qarzdorning bu talabni bajarishi uning moliyaviy natijalari barqarorligiga, shuningdek 

qarzning  ta’minlanish  sifatiga  bogʻliq  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  bank 

kreditlarini taqdim etishda ta’minlanganlik prinsipiga ham e’tibor talab etiladi.   

Toʻlovlilik  prinsipi  taqdim  etilgan  mablagʻlardan  foydalanish  huquqi  uchun 

qarz  oluvchining  kreditorga  foiz  toʻlash  majburiyatini  oʻzida  aks  ettiradi.  Qarz 

mablagʻlari  boʻyicha  foiz  stavkasi  pul  mablagʻlarining  miqdori  va  foydalanish 

muddatiga,  risklilik  va  likvidlilik  darajasiga  va  kreditor  tomonidan  qoʻyiladigan 

boshqa talablarga bogʻliq holda belgilanadi. 

Muddatlilik  prinsipi  berilgan  qarz  mablagʻining  aniq  vaqt  oraligʻidan  soʻng 

kreditorga qaytarilishi bilan tavsiflanadi. 

Yuqorida  keltirilgan  prinsiplarga  qoʻshimcha  tarzda  ba’zi  qarz  mablagʻlari 

shakllari  beriladigan  mablagʻ  va  unga  mos  foiz  toʻlovlarining  ta’minlanganligi 

asosida  ham  koʻrib  chiqiladi.  Bunga  bank  kreditlarini  misol  sifatida  keltirishimiz 

mumkin. 


Umumiy holda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish jalb qilish shaklidan 

qat’iy nazar quyidagi afzalliklarga ega: 

- qat’iy belgilangan qiymat va muddat pul oqimlarini rejalashtirishda aniqlikni 

ta’minlashga xizmat qiladi; 

-  foydalanganlik  uchun  toʻlov  miqdori  firma  daromadiga  bogʻliq  emas,  ya’ni 

mulkdorlar  buyrugʻi  asosida  daromadning  oʻsish  holatlarida  qoʻshimcha  daromadni 

saqlash imkonini beradi; 

-  moliyaviy  richagdan  foydalanish  hisobiga  xususiy  kapital  rentabelligini 

oshirish imkoniyatini yaratadi; 

-  foydalanganlik  uchun  toʻlov  foyda  soligʻi  bazasidan  chegiriladi  va  natijada 

jalb qilingan kapital qiymatini pasaytiradi; 

-  boshqaruv  huquqini  olish  va  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatiga  aralashishni 

nazarda tutmaydi. 

Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy kamchiliklari sifatida 

quyidagilarni keltirish mumkin: 



128 

 

- belgilangan foiz miqdori va asosiy qarz summasini qoplashning majburiyligi 



moliyaviy natijalarga bogʻliq emas; 

- moliyaviy riskning ortishi; 

-  firma  moliyaviy  siyosatiga  ta’sir  etishi  mumkin  boʻlgan  chegaralovchi 

shartlarning yuzaga kelishi (masalan, dividend toʻlash, boshqa qarz mablagʻlari jalb 

qilish,  qoʻshilish  va  ajralib  chiqish,  aktivlarni  garov  sifatida  rasmiylashtirish  va 

boshqalarning cheklanishi); 

- ta’minlanganlik boʻyicha talablarning qoʻyilishi; 

- jalb qilish miqdori va foydalanish muddati boʻyicha cheklovlar. 

Qoʻshimcha  sifatida  ta’kidlash  lozimki,  qarz  mablagʻlari  hisobiga 

moliyalashtirishning  har  bir  shakli  oʻzining  alohida  afzalliklari  va  kamchiliklariga 

ega. 

Qarz  mablagʻlari  hisobiga  moliyalashtirishning  asosiy  shakllari  bank  krediti 



(bank loan), obligatsiyalar (bond), ijara yoki lizing (leasing) hisoblanadi.  

Bank krediti. 

Kredit  (lotinchadan  credo  –  ishonaman)  korxonalarda  qarz  mablagʻlari 

hisobiga  moliyalashtirishning  eng  keng  tarqalgan  va  koʻpchilikka  ma’lum  boʻlgan 

shakli hisoblanadi. 

Kreditorlar  tomonidan  qarz  oluvchilardan  talab  qilinadigan  shartlarga  javob 

beruvchi va qarz munosabatlari asosida pul mablagʻlarini olishga talabgor yuridik va 

jismoniy shaxslar kreditlash sub’ektlari hisoblanadi. 

Yuridik shaxslar uchun kredit olish imkoniyati quyida omillarga bogʻliq: 

- makroiqtisodiy holat; 

- biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli; 

- tarmoq xususiyatlari va faoliyat turi

- korxonaning moliyaviy holati va kreditni qaytarib toʻlay olishga qodirligi. 

Qarz  oluvchining  mablagʻ  talab  qilayotgan  maqsadlari  kreditlash  ob’ektlari 

hisoblanadi.  Odatda  korxona  tomonidan  kredit  olish  jarayonida  quyidagi  maqsadlar 

kuzatiladi: 

- aylanma kapitalni moliyalashtirish (joriy faoliyat uchun); 

- investitsion loyihalarni moliyalashtirish (kapital qoʻyilmalar uchun); 

- oldin jalb qilingan qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish

- birlashish va ajralib chiqish boʻyicha bitimlarni moliyalashtirish va boshqalar. 



Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar qisqa muddatli hisoblanadi va 

odatda ularni olish xalqaro amaliyotda ikki haftagacha boʻlgan muddat talab qiladi. 

Aksariyat holatlarda banklar tomonidan bunday kreditlar taqdim etishda asosiy vosita 

koʻrinishidagi  garov  ta’minoti  talab  qilinmaydi.  Bunda  korxonaning  kelgusidagi 

tushumlari yoki likvidli tovar zaxiralari ta’minot vositasi boʻlib xizmat qiladi. Lekin 

tijorat banklari tomonidan tovar zahiralarini nazorat qilish imkoniyati cheklanganligi 

qoʻshimcha  talab  qoʻyishga  sabab  boʻlishi  mumkin.  Qoʻshimcha  sifatida  keltirish 

mumkinki, yuqori nufuzga ega va moliyaviy holati barqaror boʻlgan korxonalarning 

aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kedit olishlari bir muncha yyengil hisoblanadi. 

Milliy  va  xalqaro  amaliyotda  bank  mijozi  hisoblangan  yirik  korxonalar  aylanma 




129 

 

kapitalini kreditlar orqali moliyalashtirish boʻyicha alohida dasturlar har bir bankda 



amal qiladi.  

Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish – murakkab jarayon boʻlib, odatda katta 

miqdordagi mablagʻlarni talab qiladi va kreditlash muddati bir yildan ortiqni tashkil 

etadi.  Bunda  korxonaning  moliyaviy  koʻrsatkichlari,  nufuzi,  faoliyat  koʻlamidan 

qat’iy nazar tijorat banklariga garov ta’minoti taqdim etiladi. Investitsion loyihalarni 

moliyalashtirish  uchun  bank  kreditlaridan  foydalanishni  alohida  yoʻnalish  sifatida 

belgilash mumkin. 

Ilgari  jalb  qilingan  qarz  mablagʻlarini  qayta  moliyalashtirish  –  shartlari 

nisbatan  foydali  boʻlgan  yangi  kredit  olish  va  uning  yordamida  oldingi  qarz 

mablagʻini qoplashni anglatadi. Qayta moliyalashtirish boʻyicha bunday operatsiyalar 

bir  tomondan  foiz  stavkalardagi  farq  sabab  ob’ektiv  asosga  ega  hisoblanadi,  lekin 

boshqa  tomondan,  muddat  va  talab  qilinadigan  xarajatlar  tufayli  operatsiya 

samaradorligi past hisoblanadi. 

Qarz mablagʻlaridan foydalangan holda birlashish va ajralib chiqish boʻyicha 

bitimlarni moliyalashtirish – yuqori darajada riskli operatsiyalar sifatida tavsiflanadi. 

Bunday  maqsadlar  uchun  kreditlar  taqdim  etishda  tijorat  banklari  oʻz  risklarini 

pasaytirishni  ta’minlash  uchun  yuqori  darajada  garov  ta’minoti  va  yuqori  foiz 

stavkalarini belgilashga intiladi.  

 Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda kredit va kredit liniyasini oʻzaro 

farqlash lozim. Kreditni taqdim  etish natijasida  mijoz hisobraqamida berilgan kredit 

summasi toʻliq aks etadi va bu summaga nisbatan kredit shartnomasiga muvofiq foiz 

hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit taqdim 

etish  mijozning  hisob-kitob  yoki  valyuta  hisobraqamiga  kredit  summasini  bir  marta 

yoki  koʻrsatilgan  hisobraqamga  kelishilgan  grafik  boʻyicha  aniq  sanalarda  oʻtkazib 

berish orqali amalga oshiriladi. 

Kredit  liniyalarini  taqdim  etish  holatida  qarz  oluvchi  tomonidan  haqiqatda 

foydalanilgan  qarz  mablagʻini  oʻzida  ifodalab,  aynan  shu  qiymat  boʻyicha  foiz 

hisoblanadi.  Bunda  qarz  oluvchi  foydalanishi  mumkin  boʻlgan  doirada  kredit 

resurslari boʻyicha chegara belgilanadi.  

Moliyaviy  amaliyotda  kreditlarning  turli  shakllari  qoʻllaniladi.  Eng  keng 

tarqalgan kredit shakli muddatli yoki oddiy kredit deb nomlanadi va bank tomonidan 

qat’iy  belgilangan  muddatda  aniq  foiz  asosida  maqsadli  foydalanish  uchun  taqdim 

etiladi. 

Overdraft  –  ta’minot  rasmiylashtiruvisiz  mijoz  hisobraqami  boʻyicha 

mablagʻlarning  belgilangan  limit  koʻrsatkichidan  yuqori  boʻlishini  ta’minlashga 

qaratilgan  kredit  shaklidir.  Bu  amaliyot  mijozning  kredit  tarixi,  bankdagi  oʻrtacha 

oylik oboroti barqarorligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda oddiy ta’minotga 

ega kreditlarga nisbatan yuqori foizda amalga oshiriladi.  

Investitsion  kredit  –  bu  faoliyat  yuritayotgan  korxonalarda  loyihalar  yoki 

dasturlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kredit (kredit liniyasi) 

shaklidir.  Bunda  qarz  oluvchiga  nisbatan  kredit  berish  boʻyicha  talablar  oddiy 

kreditlar  kabi  amal  qiladi.  Mazkur  amaliyotda  tijorat  banklari  tomonidan  amalga 




130 

 

oshirish uchun mablagʻ soʻralayotgan loyiha (dastur) boʻyicha bines-reja yoki texnik-



iqtisodiy asosnoma diqqat bilan oʻrganib chiqiladi. 

Sindikatsiyalashgan  kredit  bitta  qarz  oluvchining  keng  koʻlamli  xoʻjalik 

dasturlari  yoki  yirik  investitsion  loyihalarni  amalga  oshirishni  moliyalashtirish 

maqsadida  kreditorlar  tomonidan  oʻzaro  birlashgan  holda  taqdim  etiladigan  uzoq 

muddatli kredit hisoblanadi. Bunday kreditlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 

-  umumiy  javobgarlik  –  qarz  oluvchi  bilan  munosabatlarda  kreditorlar  bitta 

tomon  sifatida  ishtirok  etadi,  ya’ni  barcha  kreditorlar  qarz  oluvchi  oldida  umumiy 

javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi

-  kreditorlarning  teng  huquqliligi  –  banklardan  birortasi  ham  qarzni  undirish 

boʻyicha alohida ustunlikka egalik qila olmaydi

- kreditni qoplash boʻyicha tushgan barcha mablagʻlar taqdim etilgan summaga 

proporsional tartibda ishtirokchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi

-  hujjatlashtirishning  yagonaligi  –  barcha  shartnomalar  koʻp  tomonlama 

imzolanadi; 

- bitimning barcha ishtirokchilari uchun axborotning yagonaligi amal qiladi. 

Kredit  olish  shakllari  va  shartlarining  xilma-xilligi  korxonalarda  bu  jarayonni 

boshqarishning  aniq  siyosatini  ishlab  chiqish  zaruratini  belgilaydi.  Kredit  olish 

jarayonini  shartli  ravishda  toʻrtta  bosqichga  boʻlish  mumkin.  Har  bir  bosqich 

xususida batafsil toʻxtalamiz. 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish