KOMIL INSON TARBIYASI VA MILLIY
O`ZLIKNI ANGLASH
Komil inson tarbiyasida milliy o`zlikni anglashning ahamiyati katta bo`lib,
mustaqillik yillarida bu o`ziga xos hususiyatga ega bo`ldi. Milliy o`zlikni
anglashning tiklanishi esa, o`z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy
iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma`naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab
bo`ladi.
SHuning uchun ham milliy o`zlikni tiklash masalasi O`zbekiston o`z
mustaqilligiga erishgandan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy
vazifalardan
biri
sifatida
davlat
siyosati
darajasiga
ko`tarildi.
"Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar
mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo`lib
qoldi.
Biz ma`naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o`zlikni anglashning
o`sishidan, xalqning ma`naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan
iborat uzviy, tabiiy jarayon deb qisoblaymiz",
—
deydi I. A. Karimov.
Tarix saboqlari milliy o`zligini, milliy manfaatlarini, taraqqiyoti
istiqbollarini chuqur, xolisona, odilona anglagan xalq va millatgina keng
rivojlanish imkoniyatlariga ega bo`lishi mumkinligini har doim isbotlab kelgan.
Milliy o`zlikni anglashni tiklash va milliy o`z-o`zini anglash o`zaro
mantiqiy aloqadorlikdadir.
Milliy o`zlikni anglashni tiklash milliy uyg`onishning, jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti, jamiyat hayotida ro`y beradigan madaniy-
ma`naviy o`zgarishlarning asoslaridan biridir.
Milliy o`zlikni anglash mazmunmohiyatiga ko`ra keng va chuqur ma`noli,
ko`p qirralidir. Uning mohiyati mil
latning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-
ma`naviy
maqsad va manfaatlarini,
o`tmish tarixi, ta
rixiy merosi,
milliy tili, urf-
odatlari, qadriyat
lari, odob axloqini
bilish bilangina bog`liq bo`lmay,
muayyan
tarixiy
sharoitlar bilan ham belgilanadi.
Milliy o`z-o`zini
anglash —bu, eng avvalo, milliy
manfaatlar nimalardan
iboratligini tushunib etish,
chuqur idrok
etishdir. Milliy manfaatlar —millat
tarixini
to`g`ri tushunish, uning jahon stivilizatsiya
siga qo`shgan
hissasini,
ijtimoiy-iqtisodiy va ma`
naviy manfaatlarini
hozir va kelajakda himoya
qilish
yo`llarini
bilish va ana shu maqsadlar asosi
da birlashishdir.
Milliy manfaatlarni
anglash millatning o`z-o`zi
ni anglashiga, millatning
birlashishiga olib keladi.
O`z-o`zini
anglash —bu xalqning, millatning o`z ta
rixiy o`tmishini,
nasl-
nasabi, bobo va bobokalonla
rining kimligini bilib,
chuqur anglab olishdir.
Yurt
boshimiz ta`biri bilan
aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: