Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

2.Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM. 
Yalpi  milliy  mahsulot  (YaMM)  –  milliy  xo‗jaliklarda  bir  yil  davomida  vujudga 
keltirilgan  va  bevosita  iste‘molchilarga  borib  tushishi  mumkin  bo‗lgan  tayyor  pirovard  
mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‗ladi. 
Demak, YaMM  milliy  iqtisodiyotda  yil  davomida  ishlab  chiqarilgan  barcha  pirovard 
mahsulot  (xizmat)larning  bozor  baholaridagi  summasi.  Biz  bilamizki,  joriy  yilda  ishlab 
chiqilgan  barcha  mahsulotlar  sotilmasligi  mumkin,  ularning  bir  qismi  zayiralarni  to‗ldiradi. 
Ya‘ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‗sish hisobga olinishi zarur, 
chunki YaMM  yordamida  joriy  yildagi  barcha  mahsulotlar  (sotilgan  va  sotilmagan)  hisobga 
olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‗g‗ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda 
ishlab  chiqarilgan  barcha  mahsulot  va  xizmatlar  bir  marta  hisobga  olinishi  zarur.  YaMM 
hajmini  topishda  sotilgan  va  qayta  sotilgan  mahsulotlarni  ko‗p  marta  hisobga  olishlarni 
bartaraf qilish  uchun,  xalq  xo‗jaligining barcha tarmoqlarida  yaratilgan qo‗shilgan qiymatlar 
yig‗indisi olinadi. 
Qo‗shilgan  qiymat  –  bu  korxona  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  qiymatidan 
yetkazib beruvshilardan sotib olingan va iste‘mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 
Boshqacha  aytganda  qo‗shilgan  qiymat  –  bu  korxona  yalpi  mahsulotidan  yoki  ishlab 
chiqargan  mahsulotining  bozor  narxidan  (amortizatsiya  ajratmasidan  tashqari)  joriy  moddiy 
xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM yopdamida milliy iqtisodiyotda tovar va 
xizmatlar  ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga  hapakat qilinadi. 
YAMM  yil  davomida  ishlab  chiqarilgan  barcha  pipovapd  tovaplar  va  xizmatlarning 
bozor  bahosidagi  summasi  bo‗lganligi  uchun  tovarning  o‗zi,  uning  nafliligi  ko‗paymagan  
holda  baholar  oshishi  evaziga  uning  hajmi  oshib  ketishi  mumkin.  Baho  ishlab  chiqarish 
umumiy  hajmining  hap  xil  elementlarini  yagona  umumiy  asosga  keltirishning  eng  keng 
tarqalgan  ko‗psatkichi  sifatida  foydalaniladi.  Shuning  uchun  yalpi  milliy  mahsulotga  baho 
berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan 
milliy mahsulot  nominal milliy mahsulot, o‗zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot 
esa  real  milliy  mahsulot  deb  yuritiladi.  Har  xil  yillarda  ishlab  chiqarilgan YAMM  qiymatini 
faqat  narx  o‗zgarmagan    taqdirda  o‗zaro  taqqoslash    mumkin  bo‗ladi.  Bundan  tashqari  narx 
darajasi  bizga  iqtisodiyotda  inflyatsiya  (narx  darajasining  o‗sishi)  yoki  deflyatsiya  (narx 
darajasining  kamayishi)  o‗rin  tutganligini  va  uning  miqyosi  qandayligini  bilish  imkonini 
beradi.  Narx  dapajasi  indeks  shaklida  ifodalanadi.  Narx  indeksi  joriy  yildagi  ma‘lum  guruh 
tovarlar va xizmatlar  to‗plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning 
miqdorining bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning 
boshlang‗ish  davpi  "bazis  yil"  deyiladi.  Agar  aytilganlarni  formula  shakliga  keltirsak,  u 
quyidagi ko‗rinishni oladi: 
Narx indeksi =
100
*
нархи
товарлари
лик
истеъмолчи
йилидаги
базис
нархи
товарлари
лик
истеъмолчи
йилдаги
жорий
 
Amaliyotda    qator  har  xil  tovar  va  xizmatlar  to‗plami  yoki  iste‘mol  savatining  narx 
indeksi  hisoblanadi.  G‗arb  mamlakatlari  va  xususan AQShda  bu  indekslar  ichida  eng  keng 


 
 
61 
 
qo‗llaniladigani iste‘molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida  
tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste‘molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‗z ichiga 
oluvchi  bozor  savatining  qayd  qilingan  narxlari  hisoblanadi.  Ammo  narxning  umumiy 
darajasini hisoblash uchun YAMM narx indeksidan foydalaniladi. YAMM narx indeksi ancha 
keng tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga nafaqat iste‘molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, 
davlat  tomonidan  sotib  olinadigan  hamda  xalqaro  bozorda  sotilgan  va  sotib  olingan  tovarlar 
va  xizmatlar  narxlarini  ham  oladi.  YAMM  narx  indeksi,  nominal  YAMM  ni  real  YAMMga 
aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. 
Nominal YAMM shu mahsulot ishlab  chiqarilgan davrda amal qilib turgan baholarda 
ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi. 
Ma‘lum  yil  uchun  YAMM  narx  indeksini  qanday  qilib  hisoblash  mumkinligini 
ko‗psatuvchi  oddiy  shartli  misol  keltiramiz.  2000  yil  Respublikamiz xalq  xo‗jaligida  3104,5 
mlrd. so‗mlik YAIM ishlab chiqarilgan. 1999 yil YAIM qiymati 2128,7 mlpd. so‗mni tashkil 
qilgan. 
2000  yilga YAMM  narx  indeksini  aniqlash  uchun,  2000  yildagi  mahsulotlar  narxlari 
summasini  xuddi  shu  rajmdagi  va  turdagi  tovaplarning  1999  yil  narxlari  summasiga  bo‗lish 
zarur, ya‘ni 3194,5:2128,7q1,5 yoki 150,0%. 
Agar biz YAMM narx indeksini qator yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga 
ularni solishtirib tahlil qilish imkonini beradi. 
Jopiy  yildagi  nominal  YAMMni  real  YAMMga  aylantirishning  ancha  oddiy  va 
to‗g‗ridan to‗g‗ri usuli nominal YAMMni narx indeksiga bo‗lishdir, ya‘ni, 
Real  YAMM    nominal  YAMMni  Iqtisodiyotda  yillik  ishlab  chiqarish  hajmining 
ko‗rsatkichi YAMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‗lgan 
bir  qator  o‗zaro  bog‗liq  ko‗rsatkichlar  mavjud  bo‗ladiki,  ular  milliy  iqtisodiyotning  turli 
tomonlarini xarakterlab beradi. 
YAMM ko‗rsatkichiga sof eksport  (eksport va import  o‗rtasidagi  farq) kiradi. Ammo 
turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‗i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy 
iqtisodiyot  rivojlanish  darajasini  taqqoslash  uchun  yalpi  ichki  mahsulot  (YAIM) 
ko‗rsatkichidan foydalaniladi. YAMM ma‘lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida 
ishlab  shiqarilgan  va  iste‘mol  qilishga  tayyor  pirovard  mahsulot  va  xizmatlarning  bozor 
baholaridagi  qiymatidir.  U  barcha  ishlab  chiqaruvchilar  qo‗shilgan  qiymatlar  yig‗indisi 
sifatida chiqadi. 
YAMM  va  YAIM  ishlab  chiqarish  yalpi  hajmining  ko‗rsatkishi  sifatida  bitta  muhim 
kamshilikka  ega.  Ular  mazkur  yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanilgan,  asosiy 
kapitalning o‗rnini qoplash uchun zarur bo‗lgan qiymatni ham o‗z ishiga oladi. 
YAMMdan  joriy  yilda  ishlab  chiqarish  jarayonida  iste‘mol  qilingan  asosiy  kapital 
qiymati  yoki  yillik  amortizatsiya  summasi  ayirib  tashlansa  sof  milliy  mahsulot  (SMM) 
ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi. 
YAMM  –  amortizatsiya  yillik  summasi  q  SMM.  Shunday  qilib,  SMM  amortizatsiya 
ajratmasi summasiga kamaytirilgan YAMM sifatida chiqadi. 
SMM  qiymatiga  davlat  tomonidan  o‗rnatiladigan  egri  soliqlar  summasi  kiradi.  Egri 
soliqlar  korxona  tomonidan  o‗rnatiladigan  bahoga  qo‗shimsha  hisoblanadi.  Bunday  soliqlar 
og‗irligi  iste‘molchi  zYAIMasiga  tushadi  va  uning  hisobiga  o‗zlarining  daromadining  bir 
qismini  yo‗qotadi.  Shuning  uchun  hozirgi  davrda  hisob  tizimida  SMMdan  egri  soliqlar 
shiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi deb ko‗rsatiladi. 
SMM – biznesga egri soliq milliy daromad. 
Amaliyotda ishlab shiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab shiqarilgan MD 
– bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD – bu 
ishlab  shiqarilgan  MDdan  yo‗qotishlar  (tabiiy  ofatlar,  saqlashdagi  yo‗qotishlar  va  r.  k.  )  va 
tashqi savdo qoldig‗i shiqarib tashlangan miqdorga teng. 
Bizning amaliyotda MD iste‘mol va jamg‗arish fondiga ajratiladi. Iste‘mol fondi – bu 
milliy  daromadning  jamiyat  a‘zolarining  moddiy  va  madaniy  ehtiyojlarini  hamda  butun 


 
 
62 
 
jamiyat  ehtyojlarini  (ta‘lim,  mudofaa  va  r.  k.  )  qondirishni  ta‘minlashga  ketadigan  qismi. 
Jamg‗arish  fondi  –  bu  milliy  daromadning  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishni  ta‘minlaydigan 
qismi. 
Milliy  daromadni,  daromadlap  bapcha  turlarini  (amortizatsiya  ajpatmasi  va  biznesga 
egri soliqlardan tashqari) qo‗shib chirish yo‗li bilan ham aniqlash mumkin. 
Milliy  daromadning  bir  qismi,  jumladan  ijtimoiy  straxovaniyaga  ajpatmalar,  korxona 
foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda  yy  xo‗jaliklari qo‗liga 
kelib tushmaydi. Aksincha, yy xo‗jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy 
to‗lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi. 
Shaxsiy  daromad  ko‗rsatkichini  topish  uchun  milliy  daromaddan  yy  xo‗jaliklari 
qo‗liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib 
tashlashimiz  hamda  joriy  mehnat  faoliyatining  natijasi  hisoblanmagan  daromadlarni  unga  
qo‗shishimiz zarur. 
Milliy  daromad  -  ijtimoiy  sug‗urta  ajratmasi  -  korxona  foydasiga  soliqlar  - 
korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi, ijtimoiy to‗lovlar, shaxsiy daromad. 
Shaxsiy daromaddan soliqlari to‗langandan keyin, yy xo‗jaliklarining to‗liq tasarrufida  
qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar  to‗langandan  keyingi  daromad  shaxsiy  daromaddan  shu  daromad  hisobidan 
to‗lanadigan  soliqlar  miqdorini  chiqarib  tashlash  yo‗li  bilan  hisoblanadi.  Soliqlar 
to‗langandan keyingi daromad uy xo‗jaliklari eng oxirida ega bo‗ladigan daromad hisoblanib, 
alohida  shaxs  va  oilalar  o‗z  tasarrufida  by  daromadlarning  bir  qismini  iste‘mol  uchun 
sarflaydi  va    boshqa    qismini  jamg‗armaga  yo‗naltiradi.  Makroiqtisodiy  ko‗rsatkishlarning 
qarab  chiqilgan  tahliliga  asoslanib,  bu  ko‗rsatkishlar  butun  tizimi  nisbatini  ko‗rgazmali 
tasavvur qilishimiz mumkin bo‗ladi. 
Ichki milliy mahsulot – Amortizatsiya q SMM. 
Sof milliy mahsulot - Egri soliqlar q MD. 
Milliy daromad – ijtimoiy sug‗urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona 
taqsimlanmaydigan foydasi q ijtimoiy to‗lovlar q Shaxsiy daromad 
Shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlar to‗lanadigan keyingi daromad. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish