Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Raqobatning mohiyati, ob‟ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

1.Raqobatning mohiyati, ob‟ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari 
Raqobat  bozor  iqtisodiyotining  va  umuman  tovar  xo‗jaligining  eng  muhim  belgisi, 
rivojlantirish usuli hisoblanadi. 
Raqobatning  iqtisodiy  mazmunini  tushunib  olish  unga  turli  tomondan  yondoshishini 
talab  qiladi.  Mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  (korxonalar)  o‗rtasidagi  raqobat  tovarlarni 
qulay  sharoitda  ishlab  chiqarish  va  yaxshi  foyda  keltiradigan  narxda  sotish,  umuman 
iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustarkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab 
chiqarish  vositalari,  xom  ashyo  va  materiallar  sotib  olish,  ishchi  kuchini  yollash  uchun  ham 
kurashadi.  Ishlab  chiqaruvchilar  o‗rtasidagi  raqobat  oxir-oqibatda  iste‘molchilar  uchun 
kurashdir. 
Resurslarni  yetkazib  beruvchilar  o‗zlarining  iqtisodiy  resurslarini  (kapital,  yer-suv, 
ishchi  kuchi)  yuqori  baholarda  sotish  uchun  raqobat  qiladilar.  Ishlab  chiqaruvchilar  va 
resurslarni  yetkazib  beruvchilar  o‗rtasidagi  raqobat  bozor  munosabatlari  rivojlangan, 
iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‗ladi. 
Raqobat  iste‘molchilar  o‗rtasida  ham  yuz  beradi;  ular  tovarlarni  qulay  va  arzon 
baholarda  sotib  olishga  xarakat  qiladilar,  ya‘ni  xaridor  har  bir  sarflangan  pul  birligi  evaziga 
ko‗proq  naflilikka  ega  bo‗lishga  xarakat  qiladi.  Arzon  va  sifatli  tovarni  tezroq  sotib  olish 
uchun kurashadi. 
Shunday  qilib,  raqobat  ko‗p  qirhali  iqtisodiy  rodisa  bo‗lib,  u  bozorning  barcha 
sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 
Raqobat-bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashishidan iborat bo‗lib, ular 
o‗rtasidagi  yuqori  foyda  va  ko‗proq  naflilikka  ega  bo‗lish  uchun  kurashni  anglatadi.  Bunda 
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‗proq foyda 
olish  uchun  kurash  boradi.  Mana  shu  foyda  orqasidan  quvish  natijasida  tovarlarni  sotish 
doiralari,  ya‘ni  qulay  bozorlar  uchun,  arzon  xom  ashyo,  energiya  va  arzon  ishchi  kuchi 
manbalari uchun ular orasida kurash boradi. 
O‗z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m xarajati evaziga 
ko‗proq  naflilikka  ega  bo‗lish  uchun  kurashadilar,  ularning  har  biri  arzon  va  sifatli  tovar  va 
xizmatlarga ega bo‗lishga xarakat qiladi. 
Ishlab chiqaruvchilarning  faoliyat ko‗rsatuvchi  tadbirkor  va mulk  egasi  sifatida  erkin 
va mustaqil bo‗lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining 
o‗z manfaati bo‗lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab 
chiqarish  va  barcha  boshqa  sohalardagi  faoliyati  shu  manfaatga  bo‗ysundirilgan  bo‗ladi.  Bu 
jihatdan  qaraganda  raqobat  erkin  iqtisodiy  faoliyat  qiluvchi  sub‘ektlar  manfaatlarining 
to‗qnashuvidan    iborat  bo‗lishini  aniq  xarakterlaydi.  Raqobat  mavjud  bo‗lishining  boshqa 
sharti  tovar-pul  munosabatlarining  ma‘lum  darajada  rivojlangan  bozor  tizimida  amal 
qilishidir. 


 
 
45 
 
Raqobatning  asosiy  sohasi  bozor,  chunki  unda  erkin  iqtisodiy  sub‘ektlarning 
alohidalashgan manfaatlari to‗qnashadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish