Asosiy savollar
1. Tovar ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni shart-sharoitlari.
2. Tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari.
3. Qiymatning Mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati.
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari.
1.Tovar ishlab chiqarishga o„tish jarayoni shart-sharoitlari
Tovarpul munosabatlari - bozor iqtisodiyoti mohiyatini tashkil etuvchi munosabatlar:
tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning
yaxlitligidir.Kishilik jamiyati rivojlanishida tovar ishlab chiqarishdan oldin natural ishlab
chiqarish mavjud bo‗lgan.Natural ishlab chiqarish tarixan ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud
bo‗lgan, ammo u rozirda ham primitiv tipdagi an‘anaviy iqtisodiy tizimlarda ham mavjud
bo‗lishi mumkin. Natural xo‗jalikda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki
xo‗jalikning o‗zida uning xodimlari va yaratuvshilari iste‘moli uchun ishlab chiqarilgan.
Natural ishlab chiqarish alohidalashgan xo‗jaliklardan iborat bo‗lgan. Bu esa natural ishlab
chiqarishga chegaralanganlik xos ekanligini ko‗rsatadi va iqtisodiy jarayonlarni bir doirada
qat‘iy mardudlab qo‗ygan, tashqi aloqalarning shakllanishiga yo‗l qo‗ymagan. Natural
xo‗jalikda xom ashyoni topishdan tortib, mahsulotni tayyor xolga keltirishgasha bo‗lgan
ishlarni alohida xo‗jaliklarning o‗zi bajargan. Ishlab chiqarish qo‗l mehnatiga asoslangan. Bu
esa natural xo‗jalikka bir qancha asrlar davomida universal qo‗l mehnati xos bo‗lganligini
ko‗rsatadi. Ishlab chiqarishning natural shakli ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab
chiqarish munosabatlarining shunday darajasiga xosdirki, bunda ishlab chiqarishning asosiy
maqsadi nihoyatda shegaralangan hamda hajmi katta bo‗lmagan va tarkibi jihatidan deyarli
bir xil bo‗lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‗ysundirilgan.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi natijasida natural ishlab chiqarishga
nisbatan ishlab chiqarish unumdorligining o‗sishiga mukammalroq ishlab chiqarish
vositalarini qo‗llashga sharoit yaratadigan tovar xo‗jaligi vujudga kelgan, uning kurtaklari
ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish
shunday xo‗jalik tizimidirki, bunda mahsulot yakka, alohida ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ishlab shiqariladi va ularning har biri biron xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi,
natijada ijtimoiy talabni qondirmoq uchun mahsulotni bozorda sotish va sotib olish zarur
bo‗ladi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va mavjud bo‗lishining ijtimoiyiqtisodiy
asoslari-ijtimoiy Mehnat taqsimoti ishlab chiqaruvchilarning alohidalashuvi, ularning
iqtisodiy mustaqilligidir. U yoki bu jamiyatda tovar ishlab chiqarishning ijtimoiyiqtisodiy
mohiyati, tutgan o‗rni, rivojlanganlik darajasi va amal qilish chegarasi shu jamiyatning
mulkiy munosabatlariga va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining teranlik darajasiga bog‗liq
bo‗ladi.
Tovar bozorning asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Tovar inson mehnati natijasida
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot. U insonning ma‘naviy, jismoniy,
ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |