Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

5.O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish 
xususiyatlari 
Mulkiy  munosabatlarda  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish    muhim 
o‗rin tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga,  aksiyali  jamiyatlarga,  mas‘uliyati  sheklangan  jamiyatlarga,  davlatga  qarashli 
mulk bo‗lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‗lmagan yuridik shaxslarning 
davlat  mulki  ob‘ektlarini  yoki  davlat  aksiyali  jamiyatlarining  aksiyalarini  davlatdan  sotib 
olishdir. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy  
qonun­qoidalari: 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
vaqtida mulkni  
pulli va pulsiz 
topshirishni 
qo‗shib olib borish; 
Pulsiz va pulli 
xususiylashtiri 
ladigan mulkdan 
ulush olishda 
fuqarolar 
tengligi; 
 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
sharoitida barcha 
fuqarolarning 
ijtimoiy rimoya 
qilinishini 
ta‘minlash; 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
tadbirlarini amalga 
oshirish ustidan 
davlat va jamoat 
nazoratini yo‗lga 
qo‗yish; 
Monopoliya 
ga qarshi 
qonunlar 
talablariga 
rioya etish. 
 
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  shakllari  quyidagilardan  iborat: 
davlat  korxonasi,  jamoa  korxonasining  aksiyali  jamiyatga  yoki  shirkatga  hamda    davlat 
korxonasining  ijara  korxnasiga  aylantirilishi.  O‗zbekiston  Respulikasida  davlat  tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi: 


 
 
27 
 

  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish  shakllarini mehnat jamoalarining 
mustaqil aniqlanishi; 

  davlat  tasarrufidan  shiqarilayotgan  va  xususiylashtirilayotgan  korxonalar  mehnat 
jamoalarining ijtimoiy jihatdan murofaza qilinishini ta‘minlash; 

  boshqa  respublikalar  va  xorijiy  davlatlarning  ijtimoiy  va  yuridik  shaxslari  davlat 
tasarrufidan  chiqarilgan  hamda  xususiylashtirilayotgan  ob‘ektlarni,  ularning  aksiyalarini 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Markamasi tomonidan yoki u vakil 
qilgan idora tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‗yicha sotib oladilar; 

  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  to‗la  oshkohaligi  hamda  bu 
xaqda  axborot  e‘lon  qilish,  ularni  korxonalar  xodimlari  tomonidan,  kasaba  uyushmalari    va 
boshqa ijtimoiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilish. 
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  ob‘ektlarini  sotish  tartibi,  narxi, 
bitimlarni  rasmiylashtirish  tartibi,  mablag‗i    1991  yil  19  noyabrda  qabul  qilingan 
«O‗zbekiston  Respublikasining  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
to‗g‗risida»gi  qonun»da  batafsil  bayon  etilgan.  O‗zbekistonda  tovar­pul  munosabatlari 
rivojlanayotgan  va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub 
korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini yuritish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy 
xuquqiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  asoslarini  belgilab  beruvchi  ―O‗zbekiston  Respublikasidagi 
korxonalar  to‗g‗risidagi  qonun‖  mavjud.  qonun  foyda  olishni  ko‗zlab  ish  olib  boradigan 
korxonalarning  mustaqilligini  ta‘minlashga  qaratilgan  bo‗lib,  ularning  huquqlari  va 
mas‘uliyatini  belgilaydi,  boshqa  korxonalar  va  tashkilotlar,  xalq  deputatlari  Kengashlari, 
davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish