Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
1. Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. Bunda o‗tiladigan mavzuni qayta
ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
2. Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. Bunda o‗quv
dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‗zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish,
ijodiy va ilmiy tadqiqot xarakteridagi ishlar amalga oshiriladi.
Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan
belgilanadi. Topshiriqlar talabalarning auditoriya mashg‗ulotlarida olgan bilimlarini
mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‗ldirishga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |