167
1 –ilova.
Vizual materiallar
Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari.
Renta munosabatlari
Qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining muhim bo‗g‗inidir. Unda insoniyat hayoti uchun
eng zarur bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab
chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlab o‗tgandek, ―Respublika
sanoatining ko‗pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to‗qimachilik, kimyo sanoatini,
qishloq xo‗jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning
murakkab o‗tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‗jaligigiga bog‗liqdir‖. Demak,
aholi uchun zarur bo‗lgan tovarlar bozorini to‗ldirish uchun qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini
rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‗jaligida ham takror ishlab chiqarish
jarayonida kishilar o‗rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo‗ladi. Bu
munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi.
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish ko‗p jihatdan yer bilan bog‗liq, shuning uchun
ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo‗lgan mulkchilik xuquqi
ro‗yobga chiqariladi. O‗zbekistonda ―yer–davlat mulki-umummilliy boylik...‖ bo‗lganligi
sababli yerga bo‗lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida
ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib
topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini
bildiradi. yerga egalik deganda avvalo yerga bo‗lgan mulkchilik huquqi ko‗zda tutiladi. yerga
egalikni yeri bo‗lgan mulkdor amalga oshiradi. O‗zbekiston Respublikasining yer kodeksida
ta‘kidlanganidek: ―Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik
qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin‖.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‗rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan
foydalanishni bildiradi. yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‗lishi shart emas. Real xo‗jalik
hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‗pincha har xil jismoniy va huquqiy
shaxslar bajaradilar.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi.
Renta nazariyasi hozirgacha to‗liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi.
Iqtisodchilar o‗rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha turlicha yondoshuv va qarashlar
mavjud. Shu sababga ko‗ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish
bo‗yicha asosiy va ko‗pinsha bir –biriga qahama –qarshi bo‗lgan nazariyalarga e‘tiborni
qaratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: