Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

5.Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va 
uni natijalarining  
hisobi 
 


Qurilish tashkilotlarida  materiallarni  inventarizatsiya qilish,  uning  natijalarini 
aniqlash, hujjatli rasmiylashtirish va hisobga olish  respublikamizda qabul qilingan 
BHMS  19  «Inventarizatsiyani  tashkil  qilish  va  o‘tqazish»da  keltirilgan  tartib-
qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.  
Ushbu  standartga  asosan  qurilish  tashkilotlarida  tovar-moddiy  boyliklarning 
rejali  inventarizatsiyasi  har  yili  kamida  bir  marta  o‘tqaziladi.  Moddiy  boyliklarni  
o‘g‘irlash  va  talon-taroj  qilish  holatlari  aniqlanganda,  favqulotdagi  hodisalar  yuz 
berganda, shuningdek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari  
inventarizatsiyalar o‘tqazilishi mumkin.  
Tovar-moddiy boyliklar  inventarizatsiyasi  qurilish rahbarining buyrug‘i bilan 
tasdiqlanadigan  doimiy  va  ishchi  inventarizatsiya  komissiyalari  tomonidan 
o‘tqaziladi. 
Inventarizatsiyada  moddiy  boyliklarning  mavjud  holati  ularni  sanash,  tortish, 
o‘lchash  va  shu  kabi  boshqa  usullar  yordamida  aniqlanadi.  Sanash,  tortish, 
o‘lchash  uchun  moddiy  boyliklar  dastlab  bunga  imkon  berish  holatiga  keltiriladi. 
Chunonchi: 
 taxtalar  enining  o‘lchov  birligiga  (20mm,  30  mm,  40mm,  50  mm)  qarab 
taxlab chiqiladi; 
 bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi; 
 mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi; 
 shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining razmeriga qarab ajratiladi; 
 g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi; 
 havzada  saqlanayotgan  sement  havza  yuzasini  aniqlash  uchun  bir  tekisga 
keltiriladi; 
 trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi; 
 qum va  shag‘al ularni kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi; 
 qurilish  maydonchalarida  ishlatilayotgan  har  xil  vaqtinchalik  notitul 
moslamalar  (qoliplar,  konstruksiyalar,  yo‘lkalar,  devorlar,  yuvinish  va  sanitariya 
xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi; 
 buyurtmachiga  tegishli  bo‘lgan  materiallar  va  o‘rnatishga  mo‘ljallangan 
uskunalar alohida joylarga taxlanadi. 
Xuddi  shu  tarzda  boshqa  materiallar  ham  ularning  real  miqdorini  aniqlashga 
imkon beruvchi  holatga keltiriladi. 
Inventarizatsiya  komissiyasi  a’zosi  material  boyliklarning  aniqlangan  real 
miqdorini inventarizatsiya varaqlariga (Inv-3 shakl)  yozib boradi. Inventarizatsiya 
varaqlarining 
har 
bir 
beti 
komissiya 
a’zolari 
tomonidan 
imzolanadi. 
Inventarizatsiya 
yakunlangach, 
buxgalteriyada 
inventarizatsiya 
varaqalari 
ma’lumotlari  va  materiallar  hisobi  kartochkalari  yoki  kitoblari  ma’lumotlari 
taqqoslanib,  inventarizatsiya  natijalari  aniqlanadi.  Bunday  taqqoslash  natijalari 
«Taqqoslash  qaydnomasi»  (Inv-19  shakl)  bilan    rasmiylashtiriladi.  Ushbu 
qaydnomaga  buxgalter  va  moddiy  javobgar  shaxs  imzo  qo‘yadi,  u  rahbar 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Tasdiqlangan 
taqqoslash 
qaydnomasi 
ma’lumotlari 
inventarizatsiya 
natijalarini hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi. 


Bir  xil  nomdagi,  lekin  qiymati  bo‘yicha  o‘zaro  farq  qiladigan  materiallar, 
konstruksiyalar,  moslama  va  buyumlar  bo‘yicha  rahbarning  ruxsati  bilan 
kamomadlarni  ortiqchalar  bilan  qoplanishiga  ruxsat  etiladi.  Bunday  hollarda 
hisobda  materiallarning  faqat  qiymatlari  bo‘yicha  farq  kamomad  yoki  ortiqcha 
sifatida aks ettiriladi. 
Inventarizatsiyada  materiallar  bo‘yicha  aniqlangan  ortiqchalar  qurilish 
tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish