ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi hujjatlar balansida maxsus
qurilish mashinalari va uskunalariga ega bo‘lgan va ular yordamida boshqa
tashkilotlarga
xizmat
ko‘rsatishga
ixtisoslashgan
qurilish
tashkilotlarida
qo‘llaniladi.
Ko‘tarish krani ishi haqida bildirgida (ESM -1 shakl) uning qaysi ob’ektda
ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa
ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi asosida ko‘tarish krani tomonidan
bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma bosh
pudratchi tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat
bosh pudratchi va ko‘tarish kranida ishlarni bajargan ixtisoslashgan qurilish
tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |