Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)
Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining
xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi
ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning
ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning
3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir
ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va
kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar
xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300,
8400, 8500, 8600, 8700, 8800) olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |