Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda
olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli
imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
Jami uzoq muddatli majburiyatlar (490-satr)da qurilish tashkilotlarining
bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo‘yicha majburiyatlarining
jami summasi ko‘rsatiladi. Jami uzoq muddatli majburiyatlar ularning alohida
turlari bo‘yicha balansning mos satrlarida (500-590) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni
to‘lg‘azishga asos bo‘lib uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks
ettiruvchi schyotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |