Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


ASOSIY FAOLIYATDAN FOYDA (Faf) yoki ZARAR (ZAF)



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

2.ASOSIY FAOLIYATDAN FOYDA (Faf) yoki ZARAR (ZAF). Ushbu 
ko‘rsatkich quyidagicha topiladi: 
                          Faf (Zaf) =  Fs (Zs) –Dx + Bod 
Bu yerda: Dx- davr harajatlari;  Bod – asosiy faoliyatdan olingan boshqa 
operatsion daromadlar. 
Qurilish  tashkilotlarining  davr  harajatlari  deganda  ular  tomonidan 
bajarilgan  qurilish  ishlari,  ishlab  chiqilgan  tayyor  mahsulotlar  va  ko‘rsatilgan 
xizmatlarni  sotish,  ma’muriy-boshqarish  va  boshqa  operatsion  faoliyatga  doir 
harajatlar  tushuniladi.  Ushbu  harajatlar  ma’lum  hisobot  davrida  yuz  beradi, 
shuning uchun  ular hisobot davri harajatlari  deb ham  ataladi. 


21-son  BHMSga  muvofiq    qurilish  tashkilotlarida  davr  harajatlarining  hisobi  
9410  «Sotish  harajatlari», 9420  «Ma’muriy-boshqaruv  harajatlari», 9430  «Boshqa 
operatsion  harajatlar»  va  9440  «Kelgusida  soliq  bazasidan  chegiriladigan  hisobot 
davr  harajatlari»    schyotlarida  olib  boriladi.  Ushbu  schyotlarda  aks  ettiriladigan 
harajatlarning tarkibiy elementlari «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va 
sotish  harajatlari  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  to‘g‘risida  nizom»da 
keltirilgan.    Chunonchi,  qurilish  tashkilotlarida  sotish  harajatlarining  asosiy 
moddalariga  reklama  harajatlari,  mahsulot,  ish  va  xizmatlarni  sotish  bilan  bog‘liq 
safar  harajatlari,  i  shva  xizmatlarni  sotishga  oid  xodimlarga  hisoblangan  ish  haqi, 
ijtimoiy  sug‘urtaga  ajratmalar,  tayyor  mahsulotlarni  sotishga  tegishli  asosiy 
vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) summasi, transport harajatlari va boshqalar 
kiradi.    Sotish  harajatlari  9410  «Sotish  harajatlari»  schyotining  debetida  va  bu 
harajatlarning  aniq  turini  ifodalovchi  boshqa  schyotlarning  (masalan,  1000,  5010, 
5110, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.  
Ma’muriy-boshqaruv  harajatlariga  qurilish  tashkilotining  boshqaruv  apparati 
xodimlariga  hisoblangan  ish  haqi,  ijtimoiy  sug‘urtaga  ajratmalar,  amortizatsiya 
harajatlari,  safar  harajatlari,  telefon  aloqasi    va  boshqa  shu  kabi  boshqaruv  bilan 
bog‘liq  harajatlar  kiradi.  Ma’muriy-boshqaruv  harajatlari  9420  «Ma’muriy-
boshqaruv harajatlari» schyotining debetida va aniq harajatlarni ifodalovchi boshqa 
schyotlarning  (0200,  0500,  1000,  5010,  5110,  6710,  6520,  6990)  kreditida  aks 
ettiriladi.  
9430  «Boshqa  operatsion  harajatlar»  schyotida  yil  mobaynida  qurilish 
tashkilotlarining  umumxo‘jalik  faoliyatiga  doir  davr  harajatlari  (moddiy  yordam, 
kompensatsiyalar,  mol-mulk  solig‘i,  yer  solig‘i,  suv  solig‘i,  pensiya  fondiga,  yo‘l 
fondiga,  maktablarni  rivojlantirish  fondiga  majburiy  ajratmalar,  mulkni  sotishdan 
va  berishdan  ko‘rilgan  zararlar  va  boshqa  shu  kabi  operatsion  harajatlar)  aks 
ettiriladi.  Bunda  operatsion  harajatlarning  aniq  moddalarini  ifodalovchi  boshqa 
schyotlar (1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220) kreditlanadi.  
«Kelgusida  soliq  bazasidan  chegiriladigan  hisobot  davr  harajatlari» 
schyotining  debetida  yil  mobaynida  qurilish  tashkilotlarining  kelgusi  faoliyatini 
rivojlantirishga  sarflangan  davr  harajatlari  (yangi  ishlab  chiqarishni  va  yangi 
texnologiyalarni  o‘zlashtirishga,  boshqaruv  tizimini  yaxshilashga  sarflangan  va 
boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi davr harajatlari 
soliq  qonunchiligiga  ko‘ra  kelgusi  10  yil  ichida  bir  maromda  soliq  bazasidan 
maxsus  hisob-kitob  asosida  chiqarib  boriladi.    Kelgusida  soliq  bazasidan  chegirib 
boriladigan  harajatlar bu  schyotning debetida  va boshqa schyotlarning   (masalan, 
1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.  
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan  hisobot davr  harajatlarini o‘zgarishi 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  maxsus  balansdan  tashqari  012  «Kelgusida  soliq 
bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotida  belgilangan muddatda 
ko‘rsatib boriladi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish