xarakterli misol bo’lib xizmat qiladi). Biroq keyin ko’pincha modelni aniqlashtirish,
uni obyektga yanada to’laroq moslashtirish zarurati tug’iladi. Bunga yuqoriroq
tartibli aniqlikning talab etilishi, obyekt haqida uning matematik modelida aks
ettirilishi lozim bo’lgan yangi informasiyaning paydo bo’lishi, parametrlar
diapazonining boshlang’ich modelni qo’llanish chegarasidan chiqaraDigan darajada
kengayishi va h. k. lar sabab bo’lishi mumkin. Yangi modelni qurishda birinchi
bossichda erishilgan tajriba va natijalardan maksimal to’liq foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Modelni ketma-ket rivojlantirish va aniqlashtirish jarayoni ko’pincha
ko’p karra takrorlanadi.
Bu mulohazalarni tushuntirish uchun yana Yer sirtidan gorizontga nisbatan
burchak ostida otilgan jism harakati (katapultadan otilgan tosh) haqidagi masalaga
qaytamiz va uni tashqi ballistikaga tatbiqi nuqtai nazardan qaraymiz. Qurolning
stvolidan otilib chiqqan snaryad harakati haqidagi fan shunday ataladi. Biz
ballistikani uning masalalari matematik nuqtai nazardan qiziqarligi va amaliy nuqtai
nazardan muhimligi uchungina tanlaganimiz yo’q. Masalaning boshqa tomoni
bundan ham muhimdir: biz bu misolda qaralayotgan hodisaning matematik modelini
tarixan 300 yildan ortiq davom etgan takomillashtirysh va aniqlashtirish jarayonini
ochiqko’rsatishimiz mumkin.
Katapultadan dushman istehkomlarini buzishda foydalangan qadimiy askarlar
mexanika qonunlarini bilmas va eng sodda model doirasida bo’lsa ham toshning
uchish trayektoriyasini nazariy hisoblab chiqa olmas edilar. Bunga unchalik zarurat
ham yo’q edi. Poroxning kashf etilishi va artilleriyaning paydo bo’lishi bilan otish
uzoqligi, intensivligi va samaradorligi ancha ortdi va endi vaziyat o’zgardi.
Kosmik ballistikada trayektoriyaning har bir boshqariluvchi o’zgarishini manevr
deyish qabul qilingan. Yer sun’iy yo’ldoshining bir orbitadan ikkinchi orbitaga
o’tishi, tutashtirish, apparatning orbitadan. Yerga qaytishi, boshqa rejayetalarga
uchishda trayektoriyani to’grilash, qandaydir rejayetaga yaqinlab qolganda uning
sun’iy yo’ldoshi orbitasiga o’tkazish maqsadida trayektoriyani o’zgartirish,
yumshoq qo’nishlar manyovrga misol bo’ladi. Manyovr - bu murakkab va
mas’uliyatli operasiya, uchishning butun belgilangai programmasining bajarilishi
odatda ko’proq manyovrning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga bog’liq.
Manyovrni oldindan hisoblab chiqish va uni boshqarish EHM yordamida bajariladi.
Kosmik tadqiqotlar inson bilimlarining ko’plab sohalaridagi eng yangi yutuqlariga
asoslanadi. Xususan, ular zamonaviy hisoblash mashinalarisiz mumkin emas edi.
Xulosa qilib, yana bir marta ta’kidlab o’tamizki, matematik modellar real
«nomatematik» obyektlarni tekshirishni matematik masalalarni yechishga
keltirishga imkon beradi, bu bilan uni o’rganish uchun qudratli hisoblash texnikasi
bilan yaxshi ishlab chiqilgan matematik apparatni qo’llanish imkoniyatlarini ochib