Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
salomlashish;
davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Uy vazifasi tekshiriladi;
savol-javoblar uyushtiriladi.
VII. Mavzuni xulosalash
Mavzu bо‘yicha yakunlovchi xulosalar qilinadi. О‘quvchilar xulosani tinglab, о‘z
fikrlarini aytadilar.
VIII. Uy vazifasini berish
Uy vazifasi – 17 bet, takrorlash uchun savollarga javob yozish.
49
8-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
IX. Refleksiya
Refleksiya kartochkalari yordamida darsning borishi, о‘quvchilar tomonidan
tushunilishi va ularning qiziqishi aniqlanadi. О‘quvchilar dars haqidagi fikrlarini
bildiradi va о‘z faoliyatlarini baholaydi.
5-dars. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
INSTAGRAM TARMOG‘I
Maqsad
О‘quvchilarda SMM (Social media marketing – ijtimoiy media marketing)
platformalaridan biri – Instagram tarmog‘ida rо‘yxatdan о‘tish va u bilan
ishlash kо‘nikmalarini hosil qilish.
Dars turi (shakli)
Aralash (nazariy va amaliy).
Dars rejasi
Instagram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish.
Instagram tarmog‘idan foydalanish.
Instagram sahifalarini ko‘rib chiqish va xabarlar bilan tanishish.
Egallanadigan bilim
va kо‘nikmalar
• Instagram tarmog‘ida о‘z profilini yarata oladi;
• Instagram tarmog‘idagi turli loyihalarni yurituvchi sahifalarni qidirib
topa oladi;
• Instagram tarmog‘ida xabarlar tasmasi, qiziqardi tasvir va video-
xabarlar bilan tanishib chiqa oladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Telegram tarmog‘ida guruhli chat deganda nimani tushunasiz?
2. Telegram tarmog‘ida botning asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Telegram tarmog‘idagi papkalarning vazifasini aytib bering. Papkalar qanday hosil qilinadi?
4. Ijtimoiy marketingni Telegram tarmog‘ida qanday yuritish mumkin?
Amaliy mashg‘ulotda guruh bilan hamkorlikda bajarilgan ishlarni mustaqil ravishda bajarish
(individual loyiha tayyorlash).
O‘quvchilar QR-kod orqali berilgan videorolikni kо‘rib chiqib, shaxsiy profildagi ma’lumotlarni
himoyalashni о‘rganishlari lozim.
Tayanch sо‘zlar va
iboralar
Youtube, Facebook, Telegram, Instagram.
О‘qitish shakllari
Sinfda ishlash, guruhda ishlash, yakka tartibda ishlash.
О‘qitish metodi va
texnologiyalari
Aqliy hujum, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash metodi.
О‘qitish vositalari
Taqdimot, videodarslar, refleksiya kartochkalari (har bir о‘quvchi uchun),
darslik: 18–21-betlar.
AKT va interfaol
vositalar
kompyuter
elektron doska
smart doska
proyektor
televizor
kolonkalar
www://dr.rtm.uz
LMS Google Classroom
LMS Moodle
Adabiyotlar va
internet resurslari
1. Dan Morley. Netmark’s 2016 Guide to the 6 fundamentals of Digital
Marketing. — Netmark, 2016, 15 p.
2. www://dr.rtm.uz
50
8-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |