O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
IV. Mavzuni tushuntirish
О‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Khan Academy qanday platforma?
2. Khan Academy platformasida, asosan, qanday о‘quv kurslari joylashtirilgan?
3. О‘quv materiallari qaysi ikonkalar yordamida berilgan?
4. О‘quv kurslariga qanday a’zo bо‘lish mumkin?
“Aqliy hujum” metodi yordamida javoblar tahlil qilinadi va о‘tgan dars takrorlab olinadi.
Amaliy topshiriq bandlari о‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
V. Mavzuni mustahkamlash
О‘quvchilar avvalgi mavzularda egallagan bilimlari asosida amaliy topshiriqlarni
bajaradi. Khan Academy platformasiga kirib, о‘quv kursiga a’zo bо‘ladi.
Platformada joylashtirilgan о‘quv materiallari, videodarslar, amaliy topshiriqlar va
nazorat testlari bilan tanishib chiqadi.
VI. Baholash
О‘qituvchi о‘quvchilarni darsdagi faolligi hamda savol-javoblardagi ishtiroklariga qarab
baholaydi.
5-bob bо‘yicha oraliq nazorat testi о‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |