bojxona, hissador, tadbirkor kabi.
LEKSIKOLOGIYA (SO‘ZSHUNOSUK)
Leksikologiya yunoncha lexikos - "lug‘at", logos - "ta’limot" so‘zlaridan olingan bo‘lib,
so‘z haqidagi, to‘g‘rirog‘i, so‘z ma’nolari haqidagi ta’limotdir. Nutq tovushlari inson nutqi
uchungina xos bo‘lgan so‘zlarning eng kichik bo‘lakchalaridir. Bitta nutq tovushini o‘zgartirish
so‘zning ma’nosini ham o‘zgartiradi. Chunonchi, bir - sir, bir - ber, bir - bil. Buning sababi
shundaki, so‘zning ahamiyati, uning ma’nosidadir. Nutq tovushlari va ular ifodalaydigan
ma’nolar o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisalardir. Nutq tovushlari (harflar) so‘zning tashqi,
moddiy tomoni bo‘lsa, ma’no so‘zning ichki, mohiyat tomonidir. Har bir so‘z biror narsa-
buyumni, voqea-hodisani, belgi-xususiyatni, miqdorni, harakat va holatni atab, ifodalab keladi.
Bu shu so‘zning ma’nosidir.
SHEVAGA XOS SO‘ZLAR(mahalliy so‘zlar)
Ma’lum bir tuman, shahar, qishloq, viloyatga xos bo‘lib, adabiy tilda boshqa ko‘rinishga
va ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar mahalliy so‘zlar yoki sheva so‘zlari deyiladi.Mahalliy so‘zlar
o‘zbek tilining bebaho xazinasidir. Lekin adabiy nutqda ulardan o‘rinsiz foydalanish mumkin
emas. Misol: kallapo‘sh (do‘ppi), inak (sigir), mo‘rcha (chumoli), zardoli (o‘rik), g‘aynoli
(olxo‘ri) va boshq.
Bir tilning faqat ma’lum bir hududiga xos bo‘lib, boshqa joylarda o‘zgacha nom bilan
yuritiladigan so‘zlar shevaga xos so‘zlar sanaladi. Bu so‘zlardan bittasi umumxalq tili bo‘lgan
adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so‘z adabiy til uchun me’yor bo‘ladi.
Do‘ppi so‘zi adabiy me`yor, kallapo‘sh, qalpoq, takya so‘zlari esa shevaga xos so‘zlardir.
67
Har bir shahar, qishloq va viloyat aholisi tilida umumxalq tili bilan barobar shu joyga xos
so‘zlar, iboralar qo‘llanadi.
O‘zbek shevashunoslik fanining ma`lumotlariga ko‘ra, o‘zbek sheva va lahjalari 3 guruhga
bo‘linadi:
1. Janubiy-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uyg‘ur shevalari. Bunga ko‘pchilik shahar shevalari
kiradi.
2. Janubiy-G‘arbiy guruh: O‘g‘uz shevalari - Xorazm va Qozog‘iston, Turkmanistondagi ba’zi
o‘zbek shevalari.
3. Shimoliy-G‘arbiy guruh: bular qipchoq shevalari nomi bilan yuritiladi. Bu shevalarda y
tovushi j ga o‘tadi: yo‘1, yo'q kabi so‘zlar jo‘1, jo‘q tarzida aytiladi.
Har bir sheva yana bir necha lahjalarga bo‘linadi. Masalan, Farg‘ona shevasining Namangan
lahjasida kelutti, didomizza shaklida qo‘llanadi. Shahar shevalari (Toshkent, Namangan,
Qo‘qon, Farg‘ona) umumiy tomonlarga ega bo‘lsa ham, ayrim so‘zlarda (tancha, turshak -
Toshkent) va ba’zi qo‘shimchalarda, unlilar talafftizida (kevotti, kelutti, kelyapti; Sho‘kat,
Do‘vlat, ating ninta? Kitobdi o‘qidingizmi?) farqlanib turadi. Shevadagi u yoki bu so‘z
umumxalq lug‘atiga kirib, adabiy tildagi so‘zga sinonim bo‘la oladi: dovuchcha- g 'o 'ra, eshik -
uy ma’nosida, uy - hovli, tancha - sandal va b.
Ammo kelutti, alma, apa, ong‘lar, biza, mayliz, nondi, devotsiz kabi talaffuz adabiy til me’yoriga
to‘g‘ri kelmaydi.
Yozma adabiyotda sheva so‘zlari uslubiy ma’noda - asar qahramonining ma`lum bir
joydan (hududdan) ekaniga ishora qilish uchun qo‘llanadi. Ammo sheva xususiyatlarini badiiy
adabiyotda ham ortiqchi ishlatish nutqni og‘irlashtiradi, sun'iylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |