43
Sodda so‘z
Yasama so‘z
Qo‘shma so‘z
Juft so‘z
Daraxt
Qalam
…
Daraxtzor
Qalamkash
…
Qo‘lqop
Gulqaychi
…
Qozon-tovoq
Bola-chaqa
…
4 - mashq. Berilgan so‘zlarga o‘zingiz bilgan va mos keladigan qo‘shimchalarni qo‘shib, yangi
so‘zlar yasang.
Suv, o‘t, ot, tosh.
5-mashq.
Berilgan gaplar tarkibidagi yasama so‘zlarni aniqlang.
1. Fikrsiz aqlning changi bo‘ladi,
Ilm-la egovla yangi bo‘ladi.
Oynadan ibrat ol bir kun artmasang.
Ustida bir enlik changi bo‘ladi. (Bedil)
2. Obro‘li, izzattalab bo‘lishni istasang ilm o‘rgan.
3. Eshik ochiq bo‘lsa ham beruxsat kirma.
4. Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib tashlaydi.
5. Bilimdon va tadbirkor, raqobarbardosh yoshlar Vatanimizning kelajagi sanaladi.
6. Vijdonli bo‘lish chinakam insoniylik belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: