Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


Kafedra mudiri:                                 dots. G.N.Tavaldiyeva



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

Kafedra mudiri:                                 dots. G.N.Tavaldiyeva 

 

Fanning ishchi o‘quv dasturi “M va KT” fakulteti



 

Ilmiy-uslubiy Kengashining    

2019- yil    -avgustdagi 1- sonli majlisida tasdiqlandi. 

 

Fakultet Ilmiy uslubiy Kengashi raisi:                      prof.G‘.X.Hamroqulov 




358 

 

      



I. 

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy 

ta’limdagi o‘rni 

 

O‘zR    Prezidentining  2018-yil  5-iyundagi  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini 



oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda  faol 

ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-37-75-sonli  Qarori 

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga 

oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda  faol  ishtirokini  ta’minlash,  shuningdek,  2017-2021 

yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

 Harakatlar  strategiyasi,  O‘zR  Prezidenti  tomonidan  ilgari  surilgan  5  ta  muhim 

tashabbusda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi.  

Bu maqsadlar O‘zR Prezidentining kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta 

ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy  malakali mutaxassislar tayyorlash  maqsadida 

2017-yil  20-aprelda  qabul  qilingan  «Oliy  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi PQ-29-09-sonli  qarorida  belgilab  berilgan  oliy  ta’lim  tizimini  tubdan 

takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni 

amalga oshirishni nazarda tutadi. 

Davlatimizning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi siyosatida ko‘zlanganidek, 

ta’lim-tarbiyaning  asosiy  maqsadlaridan  biri  «oliy  ta’limning  ma’naviy-axloqiy  mazmunini 

kuchaytirish,  talaba-yoshlarning  qalbi  va  ongiga  milliy  istiqlol  g‘oyasini,  xalqimizning  yuksak 

ma’naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish»dir. 

 O‘zbek  xalqining  milliy  qadriyatlaridan  biri  uning  milliy  tili  ekanligini  e’tiborga  olsak, 

mustaqil  davlatimizda  davlat  tilining  ijtimoiy  mavqeyi  tobora  ortib  borayotgan,  ish  yuritishda 

to‘liq davlat tiliga o‘tilayotgan bugungi kunda barcha mutaxassislarning millatidan qat'iy nazar, 

o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.   

Kishi o‘z fikrini aniq  va ravon ifodalashi uchun nutqi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, 

kundalik so‘zlashuv  tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini, muomala madaniyati, kasb odobi  

sirlarini bilishi kerak. 

O‘zR  “Davlat  tili  to‘g‘risida”gi  qarorining  10-moddasida  “Korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlar  va  jamoat  birlashmalarida  ish  yuritish,  hisob-kitob,  statistika  va  moliya  hujjatlari 

davlat tilida yuritiladi”, - deyiladi. 

“O‘zbek tili” fanini o‘qitish O‘zbekistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining 

davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganishiga va ularga hurmat bilan 

munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida 

muloqot yuritishiga zamin yaratadi.  

“O‘zbek tili” fani davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot yuritish, tilning orfoepik va imlo 

qoidalari,  sohaviy  terminologiya,  mutaxassislik  tili,  monologik  va  dialogik  matn  tuzish,  nutq 

uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.  

Ushbu  fan  dasturi  ta’lim  o‘zga  tillarda  olib  boriladigan  guruhlarda  davlat  tilini  o‘rgatish 

uchun me’yoriy hujjat sanaladi hamda talabalar o‘zbek tilidan egallashlari shart bo‘lgan bilim, 

ko‘nikma, malakalarning zaruriy me’yorini asoslab beradi. 

“O‘zbek tili” fani bo‘yicha ta’lim samaradorligiga erishish uchun o‘quv jarayonida sohaga 

oid yangi adabiyotlardan foydalaniladi,  talabalarda innovatsion fikrlashni rivojlantirishga, yangi 

g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishga e’tibor qaratildi. 

Ta’lim sifatini oshirishda  talabalar bilimini nazorat qilish bo‘yicha baholashning yangicha 

tizimi va mezonlari asosidagi zamonaviy, shaffof va adolatli  usullari ishlab chiqildi. 




359 

 

“O‘zbek tili” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 



birinchi kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish