Hisobot xizmat faoliyati yuzasidan muayyan ish, vazifa yoki topshiriqlarning bajarilishi
haqida ma’lumot beruvchi hujjat sanaladi. Hisobot shakl va mazmuniga ko‘ra bildirishnomaga
o‘xshash bo‘lsa-da, bunda qanday ishlar rejalashtirilgani, ularning bajarilish darajasi, bu yo‘ldagi
kamchiliklar va ularni bartaraf etishga oid takliflar kengroq beriladi. Ish yuritishda
rejalashtirilgan ishlar, xizmat safari yakuni yuzasidan hisobotlar yozish keng tarqalgan. Hisobot
matni I shaxs nomidan yoziladi va hisobot beruvchi tomonidan imzolanadi. Hisobot shakli:
Hisobot sarlavhasi (idora, xo‘jalik
yoki shaxsning qachon, qanday
faoliyati)... haqida
HISOBOT
Matn
Ma’lum muddatga belgilangan ish, vazifaning qay darajada bajarilganlìgi haqidagi axborot
bayoni
(lavozim nomi) (imzo) (ismi, familiyasi)
sana
302
Do'stlaringiz bilan baham: |