mavjud bo‘lgan barcha lug‘aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining
122
ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga - estetik vazifani bajarishga xizmat
qilishini badiiy nutq uslubining o‘ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo‘ladi.
Badiiy nutq uslubining o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari mavjud.
Lug‘aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi
ham badiiy nutq uslubining asosiy belgilaridandir.
Badiiy uslubning asosiy xususiyatlarini klaster asosida tahlil qilamiz.
KLASSIK KLASTER”
BADIIY
USLUB
Vazifasi
Badiiy tasvir
va ifoda
vositalari
Sintaktik
xususiyati
Imkoni‐
yatlari
Ekspres‐
siv
Kasb‐hunar
so‘zlar
Buyruq
gap
Rasmiy
uslub
Ilmiy
uslub
Publitsis‐
tik uslub
Jonlan‐
tirish
Darak
gap
So‘roq
gap
Undov
gap
So‘zlashuv
uslubi
Sheva
Eskirgan
so‘z
Kommu‐
nikativ
Frazeo‐
logizm
Leksik
xususiyati
Mubola‐
g‘a
Sifatlash
O‘xsha‐
tish
123
RAQAMLANGAN KLASTER
Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, grammatik shaklning
barcha ko‘rinishlari - sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan
qo‘llanaveradi. Masalan:
Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston vatanim manim.
Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Badiiy
nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi.
Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik ta’sir
o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol hisoblanadi.
Badiiy uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib,
ayni paytda o‘zining alohida me’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish
imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, shu
bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va
ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy
uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Badiiy uslubda adabiy tilning barcha
imkoniyatlarini o‘z ichiga olish bilan birga, o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga oid leksik
birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi
orqali ishlatilaveradi. Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum
sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub ulardan farqli ravishda, inson amaliy
hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so‘zlashuv va
rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo‘laveradi.
Shuningdek, badiiy uslubda, xususan poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor
talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so‘zlar ham
ishlatilaveradi.
Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Bu uslub o‘zining obrazliligi bilan adabiy tilning boshqa uslublaridan ajralib turadi.