Adabiyot – o‘tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma’rifat suvi…
(Cho‘lpon)
San'at voqеlikni obrazlar vositasida aks ettiradi. Obraz esa borliqdagi narsalarni oddiy
aks ettirishdan iborat emas, balki badiiy aks ettirishdan iborat dir. Ijodkorning fikr, tuyg‘u,
sеzgi va kеchinmalari singdirilgan hayot manzarasi tasviri badiiy obraz dеyiladi.
San'atning turlari ko‘p. Ulardan eng muhimlari tasviriy san'at (musavvirlik), musiqa,
kino, mе'morchilik, raqs, haykaltaroshlik va badiiy adabiyotdir. Obrazlilik hamma san'at
turlari uchun xos. Biroq ularning har birining o‘ziga xos obraz yaratish vositalari mavjud.
Badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi yagona vosita so‘zdir.
Badiiy so‘z adabiyotning asosiy quroli hisoblanadi. Obrazli so‘zga asoslanuvchi,
hayotni muayyan obrazlar vositasida aks ettiruvchi adabiyot esa badiiy abadiyot dеb
yuritiladi.
«Adabiyot» arabcha so‘z bo‘lib, «odoblar yig‘indisi», boshqacha aytganda «odoblar
xazinasi» dеgan ma’noni bildiradi.
Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafratni
uyg‘otishga qaratilgan. San'at asarlari ta’sirida o‘quvchilarda tug‘ilgan bunday tuyg‘ular
estеtik tuyg‘u dеyiladi.
Badiiy adabiyot inson ruhidagi nozik tovlanish va hissiyotidagi chigal jarayonlarni ilg‘ash
hamda aks ettirishga xizmat qiladi.
Adabiyot inson ko‘ngli va ruhini pokiza qilishga, uni o‘zgalarning ko‘nglidagi holatlarni
ilg‘aydigan darajada tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insonning ma’naviy kamolotini yuksaltiradi Badiiy adabiyot inson va tabiat munosabati,
mana shu munosabatda insonning tutgan o‘rni va roli, inson ruhiy olamni butun murakkabligi
bilan ko‘rsatish orqali ma’naviy yuksaklikni targ‘ib etuvchi, razillik va tubanlikni inkor
etuvchi, insonning dunyoqarashiga, hissiyotiga va axloqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi so‘z
san'atidir.Adabiyotning bosh vazifasi insonlar qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat
tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘lganligi sababli yoshlar qalbiga go‘zal tuyg‘ular singdiriladi. Badiiy
adabiyot o‘z ichiga olamni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lmish
badiiy asarlarni oladi. Bu xil asarlar nimanidir bilib olish, o‘rganish uchun emas, balki inson
qalbining tovlanishla-rini, tuyg‘ularning ranginligini his etish, uning quvonch-u iztiroblarini
tuyish uchun o‘qiladi.Adabiyot inson qalbi, orzu-intilishlari, sevinch-armonlari, qayg‘u-
iztiroblari, bir so‘z bilan aytganda ma’naviy borlig‘ini namoyon etadi. Adabiyot insonshunoslik,
ruhshunoslikdir. Adabiyot ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi. Chunki ma’naviy haqiqatni his-
tuyg‘u orqali tuyish mumkin.
Yozuvchi so‘zlardan mohirlik bilan foydalangan holda shunday hayotiy manzaralar
chizadiki, asarlarni o‘qiyotgan o‘quvchi o‘sha voqealarda ishtirok etayotgandek, ularni o‘z ko‘zi
114
bilan ko‘rib turgandek bo‘ladi. Voqealar rivoji davomida o‘quvchi badiiy asardagi sevimli
qahramoni bilan birga sevinadi, hafa bo‘ladi, iztirob chekadi. Unga hayrixoh bo‘ladi. Asardagi
ijobiy qahramonlaning ijobiy fazilatlaridan o‘rnak olsa, ba’zi qahramonlarning yovuzliklaridan
nafratlanadi. San’at asarlari ta’sirida o‘quvchilarda tug‘ilgan bunday tuyg‘ular estetik tuyg‘u
deyiladi. Badiiy adabiyot ilmiy adabiyotdan hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlashi bilan
keskin farqlanadi. Shuning uchun badiiy adabiyotni ma’naviyat xazinasi deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |