Unli tovushlar orfoepiyasi deganda quyidagilar hisobga olinadi.
i unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa va old qator (ingichka) unli tarzida
talaffuz qilinadi: til, tish, bir, sir kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh
qo‘llanganda orqa qator (yo‘g‘on) unli tarzida va biroz cho‘ziq aytiladi: qish,
g‘isht.
3) y, ng, h undoshlaridan keyin biroz cho‘ziq talaffuz etiladi: kiy, ming,
hid, his, hind.
4) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kuchsiz va qisqa (bilan,
biroq, sira kabi), urg‘uli bo‘g‘inida esa kuchli va cho‘ziq talaffuz etiladi (nozik,
alik).
Do'stlaringiz bilan baham: |