xromatik ranglar deb ataladi.
Xromatik ranglar kamalak ranglari bo’lib,
bunga qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k va binafsha ranglar kiradi.
Bu ranglarning tur-lari nihoyatda xilma-xil bo’lib, juda ko’pdir.
Oq rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kul-ranglar axromatik
ranglar deb ataladi.
5. Savolga tushunmadim
6. Adaptatsiya (lot. Adaptatio – mos-lashuv) – 1) organizmning turli yashash
sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan
qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi
(mas, ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’sir
kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda
sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. Adaptatsiya hodisasi hamma
tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat,
hid va ko‘rish sezgilarida Adaptatsiya kuchli, eshitish va og‘riq sezgilarida ku-
chizdir. Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan adaptatsiya hosil
bo‘lmaydi. Adaptatsiya organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof
muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning o‘zgarishiga (qarang Iqlimga
moslashish), balandlikka (qarang Balandlik kasalligi), ko‘pgina infeksion agentlarga
(qarang Im-munitet) moslanishini ta’minlaydi. Adaptatsiya reaksiyasi moddalar
almashinuvi intensivligining uzluksiz o‘zgarib turishiga asoslangan. Odam
organizmining mos-lashuv reaksiyasi (A. Reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin
(nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har
bir organizm uchun o‘ziga xos) reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Mas, og‘ritadigan
omil ta’si-riga javoban oyoq-qo‘lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas
olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning
qayta taqsimlanishi, qorong‘ida ko‘z yorug‘lik sezish layoqatining zo‘rayishi –
bularning hammasi tug‘ma tez adaptatsiya reaksiyalaridir. Har bir kishining turli
yashash sha-roitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va
boshqalarga bog‘liq.
7.Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo’lib, u ta’sir
qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan
belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtincha ekanligi bilan ifodalanadi.
Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funksional holati bilan,
shuningdek, qo’zg’a-tuvchining ta’sirqilish vaqti hamdajadalligi bilan olchanadi.
Qo’zg’atuvchi sezgi asosigata’sirko’rsatishi bilan darhol sezgi hosil bo’lmaydi,
balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining
latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlariga qarab har xil fursatda
kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisoniya, og’riq sezgilari
uchun esa 370 millisoniyaga to’g’ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta’sir
etil-gandan so’ng 50 millisoniyagacha vaqt oralig’ida hosil bo’ladi.
Qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsata boshlashi bilan qo’zg’alish hosil bo’lmaganidek,
qo’zg’atuvchining ta’siri to’xtagan zahoti sezgi ham yo’qolmaydi. Vaholanki,
Sezgilarning incrsiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta’siridan keying! Hodisasi deb
ataladigan narsada namoyon bo’ladi.