Ijtimoiy-iqtisodiyot


-jadval  Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana01.07.2021
Hajmi0,72 Mb.
#106042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
mahsulot eksporti salohiyatini oshirishda tadbirkorlikning roli

1.1-jadval 

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar 

kesimidagi soni va ulushi 

Manaba:Samarqand viloyat statistik axborotnomasi. Samarqand.2018 yil 

 

soni 



ulushi,% 

Samarqand viloyati 

280 


100,0 

Samarqand sh 

142 

50,7 


Kattaqo‘rg‘on sh 

2,9 



tumanlar: 

 

 



Oqdaryo 

2,5 



Bulung‘ur 

2,5 



Jomboy 

24 


8,6 

Ishtixon 

1,1 


Kattaqo‘rg‘on 

0,7 



Qo‘shrabot 

0,4 



Narpay 

1,4 



Payariq 

0,7 



Pastdarg‘om 

12 


4,3 

Paxtachi 

1,1 


Samarqand 

14 


5,0 

Nurobod 


1,8 


Urgut 

36 


12,9 

Tayloq 


10 

3,6 



13 

 

            



 Xorijiy  kapital  ishtirokidagi  korxonalarning  asosiy  qismi  Samarqand 

shahri  (142  ta  yoki    50,7  foizi),  Kattaqo‘rg‘on  shahrida  (8  ta  3,0  foizi),  Urgut 

tumanida (36 ta 13,0 foizi), Jomboy (24 ta 8,6 foizi), Samarqand (14 ta 5,0 foizi), 

Pastdarg‘om (12 ta 4,3  foizi), Tayloq (10 ta 3,6 foizi), Oqdaryo tumani (7 ta 2,5 

foizi), Bulung‘ur tumani (7 ta 2,5 foizi), hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy 

kapital  ishtirokida  tashkil  etilgan  korxonalar  Qo‘shrabot  tumani  (1  ta  0,4  foizi), 

Kattaqo‘rg‘on  (2  ta  0,7  foizi),  Payariq  (2  ta  0,7  foizi),  Ishtixon  3  ta  (0,7  foiz), 

Paxtachi  (3  ta  1,1  foizi),  Narpay  (4  ta  1,4  foizi),  Nurobod  tumani  (5  ta  1,8  foizi) 

hissalariga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  esa  mazkur  hududlarda  xorijiy  hamkorlar  bilan 

ishlashni, investitsyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni 

yanada  rivojlantirishni talab etadi. 

Kam  xarajat  xisobiga  yangi  ish  o’rinlari  yaratish  imkoniyati,  yirik  biznes 

kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat 

ko’rsatish  sohasida  va  uncha  katta  bo’lmagan  mahalliy  resurs  bazalarini 

o’zlashtirishda  juda  qulay  tashkiliy  shakl  ekani  kichik  biznesni  rivojlantirishning 

ahamiyati  beqiyosligini  ko’rsatadi.  Shu  sababli  ham  kichik  biznesni  jadal 

rivojlantirish  masalasi  mahsulot  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish,  xizmat 

ko’rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport saloxiyatini 

oshirish masalalari bilan chambarchas boglikdir. 

Shu  bilan  bir  qatorda,  kichik  korxonalardan  foydalanish  miqyoslarining 

kengayishi  ko’p  mikdordagi  kapital  ko’yilmalarining  amalga  oshirilishini  talab 

etmaydi, ularni tashkil etish xarajatlari  tez    qoplanadi. Mahsulot  birligi  qiymatiga 

to’g’ri  keladigan  ustama  xarajatlar  (boshqaruv  xarajatlari)  yirik  korxonalarga 

qaraganda  ancha  past.  Bularning  barchasi  xalq  xo’jaligi  miqyosida  sezilarli 

tejamkorlikka  olib  kelishi  mumkin.  Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  nisbatan 

tejamli bo’lishi, tabiiyki, daromadning ham yuqori bo’lishiga olibkeladi. 

Mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlikning  tashqi  savdo  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  boshqa 

shakllaridagi  faol  ishtiroki  valyuta  tushumlarini  ko’paytirishning,  turli  tashqi 

iqtisodiy  vazifalarni  hal  etishning  muhim  manbaiga  aylanishi  mumkin. 




14 

 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  kichik  biznes  mazkur 



mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishda katta rol o’ynaydi. 

Tadbirkorlik  tarkibiga  kiruvchi  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  turli 

mamlakatlar  qonunchiligi  tomonidan  turlicha  belgilanadi.  Xususan,  bizning 

qonunchiligimizda kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagicha belgilangan: 

1)  yakka tartibdagi tadbirkorlar

2)  ishlab  chiqarish  tarmoqlaridagi,  band  bo’lgan  xodimlarining  o’rtacha 

yillik  soni  ko’pi  bilan  yigirma  kishi,  xizmat  ko’rsatish  sohasidagi  va  boshqa 

noishlab chiqarish tarmoklaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni 

ko’pi  bilan  o’n  kishi,  ulgurji  va  chakana  savdo  hamda  umumiy  ovqatlanish 

tarmoqlaridagi,  band  bo’lgan  xodimlarining  o’rtacha  yillik  soni  ko’pi  bilan  besh 

kishi bo’lgan mikrofirmalar; 

3) quyidagi tarmoqlardagi: 

- yengil va oziq – ovqat  sanoatidagi,  metallga ishlov  berish va asbobsozlik

yog’ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan 

xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi; 

- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 

xo’jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlash,  qurilish  hamda  boshqa 

sanoat-ishlab  chiqarish  sohalaridagi,  band  bo’lgan  xodimlarining  o’rtacha  yillik 

soni ko’pi bilan ellik kishi; 

-  fan,  ilmiy  xizmat  ko’rsatish,  transport,  aloqa,  xizmat  ko’rsatish  sohalari 

(sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa 

noishlab  chiqarish  sohalaridagi,  band  bo’lgan  xodimlarining  o’rtacha  yillik  soni 

ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar. 

Bugungi  kunda  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  tadbirkorlikni  yanada 

rivojlantirish  orqali  chetga  tovarlar  va  xizmat  turini  kengaytirish.  Buning  uchun 

esa  korxonalarni  modernizatsiya  qilish  va  yangilash  quyidagi  chora-tadbirlar 

hisobidan amalga oshirilmoqda: 

-  mazkur  tarmoqlardagi  ishlab  chiqarish  xajmining  sezilarli  darajada 

o’sishini ta’minlash; 



15 

 

- korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish



-  zamonaviy,  ilg’or  va  yuksak  texnologik  uskunalar  bilan  jixozlangan 

korxonalar tashkil etish

- ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini muntazam yangilab borish. 

Ushbu  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda  asosan  tarmoq  vazirlik  va 

idoralari,  ulardagi  yetakchi  korxona  va  birlashmalar  hamda  mamlakatimizdagi 

iqtisodiy  islohotlarning  o’tkazilishi  va  samaradorligini  ta’minlashga  mutasaddi 

davlat,  nodavlat  va  boshqa  tashkilotlarning  birgalikdagi  say-harakatlari  taqozo 

etiladi.  Shu  bilan  birga,  fikrimizcha,  ushbu  jarayonlarni  amalga  oshirishda  kichik 

biznes korxonalari imkoniyatlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki  Respublikamizning  iqdtisodiy  tarraqiyoti 

iqtisodiy  mustaqilligi,  xalqning  faravon  turmush  darajasi,  qolaversa  mehnat 

resurslarin  bilan  bandlik  darajasi  kichik  biznes  na  xususiy  tadbirkorlikning  rivoji 

bilan bog’likdir. Bu holat esa  korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish 

darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. 

Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqdarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat 

ham  kichik, tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi. 

Tadbirkorlikda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar 

sanoat  sohasiga  talab  natijasida  sodir  bo’ladi,  shuningdek  qishiloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha 

natijasi  93,6  foizga  yetadi.  Savdo  aylanmasining  to’liq  muvofiklashuvi  natijasida 

bu sohada ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi. 

Hududlarning  yengil  sanoat,  ayniqsa,  trikotaj,  tikuvchilik  buyumlari  tayyor 

mahsulot  ishlab  chiqarishga  iqtisoslashgan  sohalarida  o’rni  va  ulushi  yetarli 

darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy 

natijalarga erishiladi. 

Respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  tadbirkorlar  tomonidan  tayyor 

mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan 

foydalanish evaziga ta’minlash mumkin.   




16 

 

Mamlakatimizda  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  nodavlat  sektorining 



ulushi ortib bormoqda. 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tadbirkorlikni rivojlantirishga, keng yo‘l 

ochilgan bo‘lib, ularga ko‘pgina imtiyozlar berilgan. 

 

 



 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish