Mikrostrukturasini tahlili



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.07.2021
Hajmi0,58 Mb.
#106041
  1   2   3   4
Bog'liq
9-лаборатория иши



 

9-LABORATORIYA ISHI.  

TERMIK VA XIMIKO-TERMIK ISHLANGAN PO‘LATLARNING 

MIKROSTRUKTURASINI TAHLILI 

 

Termik  ishlangan po‘latlarning  mikroanalizi. Ma’lumki,  eng ko‘p  qo‘llaniladigan termik  ishlov 

usullari  bu  yumshatish  va  bo‘shatishdir.  YUmshatishda  muvozanat  xolatdagi  struktura  hosil 

bo‘lib, u temir uglerod diagrammasida ko‘rsatilgan. Masalan evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning 

strukturasi ferrit va perlitdan iborat (1-rasm). 

 

           



 

30-rasm. Evtektoidgacha bo‘lgan uglerodli po‘latlarning yumshatgandagi a) va 

normalizatsiyalangandagi b) mikrostrukturasi. 

Yumshatilgan va normalizatsiyalangan po‘latlarning strukturasini tashkil etuvchisi bo‘lgan perlit 

plastinkasimon  tuzilishiga  ega  bo‘lib  ferrit  va  sementit  kristallari  aralashmasidan  iborat. 

Unchalik  yuqori  bo‘lmagan  kattalashtirishda  sementit  plastinkalarini  ajratib  ko‘rib  bo‘lmaydi. 

Bunday xolatda strukturani tashkil qiluvchi perlitga nisbatan qopapoq dona bo‘lib ko‘rinadi. 

Agarda  evtektoidgacha  bo‘lgan  po‘latni  (masalan  45  markali  po‘lat)  As



2

  nuqtasidan  yuqori, 

austenit xolatiga, qizdirib so‘ngra suvda toblasak, u xolda austenit martensit strukturasiga o‘tadi 

(aylanadi). 

Martensit  –  bu  uglerodni  α  temirdagi  o‘ta  to‘yingan  qattiq  eritmasi.  Austenitni  martensitga 

o‘tishi kristallografik yo‘llangan bo‘ladi, ya’ni plastinkasimon martensit kristallari austenit kris-

tallik  panjarasining  ma’lum  tekisligi  bo‘ylab  joylashgan  bo‘ladi.  SHuning  uchun  martensit 

kristallarining  o‘lchamlari  (uzunligi)  dastlabki  austenit  donalariga  qarab  aniqlanadi.  Bundan 

tashqari martensit plastinkalari bir-biriga nisbatan ma’lum 60° va 120° burchak ostida yo‘llangan 

bo‘lib mikroskopda ignasimon tuzilishiga (ko‘rinishiga) ega buladi (2-rasm). 




     

 

                                                       b)   



31-rasm. Po‘latlardagi martensit strukturasiga nisbatan mayda donali a) va yirik donali b) 

sxemasi 

Austenit donasi qanchalik yirik bo‘lsa, martensit ignasi shunchalik uzunroq  bo‘ladi. 

Martensit  yuqori  qattiqlikga  ega  va  u  po‘latlardagi  uglerodning  miqdoriga  qarab  HRC    48-65 

bo‘lishi mumkin. 

Martensit  muallaq  struktura  bo‘lib,  qizdirilganda  parchalanadi.  Toblangan  po‘latlarni  past 

temperaturada bo‘shatganda (160-200°C) ignasimon tuzilish saqlanadi, lekin struktura kimyoviy 

reaktivlarga ta’sirchan bo‘ladi. Bunday martensitni bo‘shatilgan deyiladi. 

Toblangan  po‘latlarni  300°S  dan  yuqoriga  qizdirganda  martensit  tamomila  ferrit  sementit 

aralashmasiga  parchalanadi.  400°S  da    bo‘shatganda    esa  u  yuqori  dispersli  (mayda  zarrali) 

bo‘lib, sementit zarrachalarini optik mikroskop yordamida ko‘rish imkoniyati yo‘qdir. Qattiqligi 

45 ga yaqin  bo‘lib, bu strukturani troostit deyiladi va mikroskop ostida qoramtir sharpa (massa) 

shaklida ko‘rinadi (4-rasm). Biroq  ko‘pincha dastlabki martensitning yo‘nalishi ko‘zga yaqqol 

tashlanadi. 

 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish