paydo bo‘la boshlagan, lekin kompyuterlarning ushbu toifasi Apple iPad planshetnigi taqdimoti va
ishlab chiqarilishi boshlangandan so‘ng 2010-yilda keng tarqala boshladi. Ko‘pchilik analitiklar
internet-planshetlarni kompyuter davridan keyingi qurilmalar qatoriga kiritadilar, ular odatiy
shaxsiy kompyuterlarga qaraganda, oddiy va tushunarliroq va vaqt o‘tishi bilan shaxsiy
Kompyuterlar ushbu turkumlarining asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari — bu IBM PC-
kompyuterlari bilan apparatli mos kelmasligi va ularda o‘rnatilgan mobil operatsion tizimlarning
odatda smartfonlarda foydalaniladigan turi ekanligi, ular quyidagilar: Apple iOS; Google Android;
HP Open webOS; Intel/Nokia MeeGo; Intel/Samsung Tizen; Jolla (ingl.) Sailfish OS; Microsoft
Yoki quyidagi OS’ning servislar va veb-ilovalarga mo‘ljallanganligidan iborat: Google
O‘rnatilgan mobil OS foydalanuvchiga ish joyi kompyuterida mumkin bo‘lgan dasturiy
ta’minot butun imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi va mana shu funksionalligidagi
cheklanishlari bilan internet-planshetlar elektron kitoblar bilan o‘xshashdir. Biroq baribir, internet-
planshetlar elektron kitoblardagiga qaraganda, ko‘proq funksiyalarga ega va quyidagilar uchun
35
1) veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish);
2) veb-ilovalarni
ishga tushirish;
3) biror-bir veb-xizmatlar bilan ishlash;
4) elektron kitoblarni o‘qish;
5) fotoalbomlarni tomosha qilish;
6) multimedia-fayllarni tomosha qilish (videoni ko‘rish, musiqa tinglash);
7) kompyuter o‘yinlari;
8) elektron pochta bilan ishlash;9) darhol xabar almashish hamda VoIP va SIP-servislar
(jumladan, videoaloqa) dasturlari yordamida aloqa qilish;
10) elektron hujjatlar va multimedia-fayllar kichik tahriri.
Internet-planshetni standart planshet SHK’dan farq qiluvchi asosiy sifatlari: qurilmaning narxi
arzonligi; barmoqlar yordamida ishlash uchun mo‘ljallangan sensorli ekran; yengil va qulay
foydalanuvchi interfeysi (SHK interfeysidan ko‘ra ko‘proq smartfon interfeysiga o‘xshash);
rivojlantirilgan simsiz internet-ulanish vositalari (Wi-Fi, 3G/4G); uzoq vaqt davomida avtonom
ishlash (avvallari faqatgina mobil telefonlar maqtana olgan).
«Planshetlarning Form-faktorlari juda tez rivojlanmoqda va shunday qurilmalar ko‘pchilikda
bor, lekin bu hozircha faqat asosiy hisoblash yechimlari — ish joyi shaxsiy kompyuteri va noutbuk
uchun foydali qo‘shimchadir. Planshetlarda mahsuldorlik, korporativ dunyoda qabul qilingan
dasturiy ta’minot bilan, kiritish/chiqarish tizimi, nihoyat, hatto ma’lumotlarni shifrlash bilan
mosligiga ancha aniq limitlar mavjud», — deydi Pol Otellini.
2011-yilda, JP Morgan investitsiya banki prognozlari bo‘yicha 47,9 mln., 2012-yilda esa 79,6
mln. internet-planshetlar sotildi, planshetlar ishlab chiqaruvchilarining 2012-yildagi daromadlari
35,2 mlrd. dollarni tashkil qildi. 2012-yilda planshetlar yetkazib berishning taxminan 35 foizi
noutbuklar va netbuklar bozori hisobiga amalga oshirildi.
Zamonaviy internet-planshetlar ARM arxitekturasi yoki MIPS-arxitekturasidagi arzon va kam
energiya talab qiluvchi protsessorlarda quriladi va IBM PC-kompyuterlari bilan mos kelmaydi.
Qurilmalar ushbu toifalari uchun smartfonlar va mobil internet-qurilmalar (MID) uchun
maxsus loyihalashtirilgan protsessorlardan foydalaniladi, ular ba’zi smartfonlarda ham qo‘llaniladi.
Internet-planshetlar uchun protsessorlarni quyidagi kompaniyalar: Broadcom, Freescale,
Marvell (ingl.), Inge-nic Semiconductor, Nvidia, Qualcomm, Rockchip, Samsung, ST-Ericsson, TI,
VIA, ZiiLABS va boshqalar ishlab chiqaradilar.
Internet-planshetlarda odatda smartfonlarda foydalaniladigan mobil operatsion tizimlar
turlaridan foydalaniladi. Apple kompaniyasi o‘zining iPad internet-planshetida interfeysi multitach-
jestlar yordamida sensorli ekranni qulay boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan Apple iOS
operatsion tizimidan foydalanadi.
36
Google Android mobil operatsion tizimidan (Linux OT versiyasiga asoslangan) foydalanishga
ko‘plab misollar mavjud. Linux OT boshqa mobil versiyalari asosida internet-planshetlar uchun OT
ishlanmalari mavjud — misol uchun, WeTab internet-planshetida MeeGo Mobil OT’dan
foydalaniladi.
Interfeyslari sensorli ekran bilan qulay ishlash, xususan, multitach-boshqaruv bilan ishlash
uchun maxsus qayta ishlab chiqilgan BSD, QNX OT turkumlari, yoki hatto Microsoft Windows CE
for MID operatsion tizimidan foydalanishga misollar ham mavjud.
Google kompaniyasi internet-planshetlar uchun moslashtirilgan o‘zining Google Chrome OS
operatsion tizimi maxsus variantini ishlab chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: