Oliy matematika fani haqida ma’lumot
Oliy matematika oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kurs
boʻlib, oʻz ichiga
oliy algebra
va
matematik tahlil
kabi
matematik
sohalarni oladi.
Oliy matematika alohida
fan
sohasi emas, balki taʼlim sohasining bir predmetidir.
Oliy matematika - texnika, iqtisod, qishloq xujaligi va boshqa maxsus
oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan matematika boʻlimlaridan iborat kurs. Oliy
matematika kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim kiyem
lari, differensial hisob, integral hisob, differensial tenglamalar kiradi. 20-asr 70-
yillarida Oliy matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli
dasturlash va boshqa sohalar ham qoʻshildi. Baʼzan, matematikaning oʻrta maktab
dasturiga kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi. Bu notoʻgʻri, chunki
oʻrta maktab matematika dasturiga matematikaning koʻp sohalari, jumladan,
analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasining maʼlum qismlari
kiritilgan .
Oliy matematika fanini o’qitishdan maqsad –barcha ta’lim yo’nalishlari
bo’yicha bakalavrlar tayyorlash tizimida , o’quv rejalarini va malaka talablariga
mos qo’yish zaruriyati tug’ildi.Shu bilan birga xalqaro ta’lim berish sifatlarini
qo’llash, ajdodlari-mizning boy milliy meroslarini shu jarayonga jalb qilish kerak
bo’ladi.
Oliy matematika fanini o’qitishning vazifasi – talabalarga matematika
nazariyasiga oid bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llay
bilishga o’rgatishdan va natijada ularni yo’nalishga mos jarayonlar matematik
modelini tuzish va tekshira olishga o’rgatishdir.
Oliy matematika fani bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga
quyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
- matematika dunyoviy bilishning o’ziga xos usuli, uning tushunchalari va
tasavvurlarining umumiyligi, matematik modellar, matematik modellashtirishning
usullari to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lishi;
- obektning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik
simvollardan foydalanishi;
- matematik analiz, analitik geometriya , chiziqli algebra, ehtimollar nazariyasi
va matematik statistikaning asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi;
- muayyan jarayonlar uchun ehtimoliy modellarni va tuzilgan model doirasida
hisoblarni olib borishini ;
- funksional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan
foydalana olishi;
- algebraik tenglamalarni analitik va sonli usullarda yechish;
- oddiy differensial tenglamalarni tadbiq qilish , ularni analitik va sonli usullarda
yechish;
- eksperemental ma’lumotlarga ishlov berishning asosiy metodlaridan
foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak;