Xindiston matematikasi. Reja: Umumiy ma`lumotlar. Eng muxim matematik asarlar. «Arkon koidasi»


MAVZU: UMAR XAYYOM IJODIDA MATEMATIKA



Download 285,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana30.06.2021
Hajmi285,24 Kb.
#105536
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-маъруза.Qadimgi va o‘rta asrdagi Hindistonda matematik bilimlar

 

MAVZU: UMAR XAYYOM IJODIDA MATEMATIKA 

REJA 

1.  Umar Xayyomning hayoti va ijodi. 

2.  Parallel to`g`ri chiziqlar nazariyasi va bu sohada Umar Xayyomning ishlari. 

3.  Umar Xayyomning algebra sohasida olib borgan ishlari. 

SHark  klassik    adabiyotining  namoyondasi,  o`zining  ruboyotlari  bilan  butun  SHarqda  va 

G`arbda  mashhur  bo`lgan  Umar  Xayyom  matematika  va  astranomiya  sohalarida  ham  shunday 

masalalarni  hal  qilib,  fan  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shgan.  Umar  Xayyom  shoir,  foylasuf, 

matematik, astranom edi. U o`z zamonasining mashhur donishmandi va entsiklopedist olimi edi. 

G`iyosiddin Abdulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopur shahrida 1048 yil 18 mayda chodir 

tikuvchi kosib oilasida dunyoga keldi. Xayyom laqibini olishi otasining kasbiga ko`ra bo`lsa kerak. 

Uning yoshligi saljuqiylar davlati hukm surgan davrda o`tdi. Umar Xayyom yashagan davrda turli 

guruhlarning  to`qnashuvi  juda  ko`plab  sodir  bo`ldi.  Islom  dinida  har  xil  oqimlar  paydo  bo`ldi. 

Bunday  oqimlar  o`z  ta`sirini  Xayyom  ijodiga  ham  ko`rsatmay  qolmadi.  Xayyom  yosh  chog`ida 

Balxda  turdi.  Jabrga  tegishli  asarining  ko`p  qismini  Samarqandda  yozdi.  CHunki  bu  asarning 

boshida,  uning  yozilishicha  imkoniyat  tug`dirgan  shaxs  Samarqandning  ulug`  qozisi  Abu  Tohir 

(1089-1091) ekanligi yozilgan. Umar Xayyom Buxoro xokimi SHamsul-Mulk Qoraxoniy saroyida 

ishlashga  chaqirilgan.  U  saroyda  uzoq  vaqt  turishini  istamadi,  1074  yilda  Nizomul-Mulk  uni 

isfahondagi  observatoriyaga  rahbarlik  qilishga  taklif  etishi  bilan  u  shaharga  borib  matematika, 

astranomiya, falsafa fanlari bilan mashg`ul bo`ldi. SHu yilda «Risola fi al-barohin alo masoil al-jabr 

va al-muqobala» (Jabr va muqobala masalalarining isbotlari haqida) nomli asarini yozib tugatdi. Bu 

asarni  1851  yilda  Vepke  arabchadan  frantsuzchaga  tarjima  qilib,  sharhlar  bilan  nashr  etgan.  Bu 

asarda Xayyomning «Mushkilot al-hisob» nomli asarini yozib tugatgani aytiladi. Bunda sonlardan 

butun musbat ildiz topish uchun umumiy qoidani matematika tarixida birinchi bo`lib bergan. Biroq 

bu asar zamonamizgacha etib kelmagan. Xayyom «Algebra» nomli kitobida juda ko`p masalalarni 

chiziqli va kvadrat tenglamalarni echish, kubik tenglamalarning ildizlarini geometrik metodlar bilan 

yasash kabi masalalarni hal qildi. U kubik tenglamalarni turli sinflarga bo`lib, har bir sinfni alohida 

tekshirdi,  kubik  tenglamalarni  konus  kesimlari  vositasi  bilan  echdi  va  ularni  yasash  metodlarini 

bartaraf bayon etdi. 

Evropa olimlari esa bunday masalalarni hal etishni Xayyomdan 5-6 asr keyingina topdilar. 

Isfahon  observatoriyasi  eng  katta  observatoriya  hisoblanib,  unda  Xayyom  o`z  zamonasining 

mashhur astranom va matematiklari Abul-Abbosiy, Luqoriy, Abdurahmon Xorazmiy va boshqalar 

bilan  birga  ishladi.  Bu  olimlar  besh  yil  davomida  ko`p  hisoblashlar  olib  borib,  1079  yilda  YAngi 

kalendar‘ tuzib chiqdilar. YA`ni  Xayyom boshchiligidagi matematiklar va astranomlar eron quyosh 

kalendari reformasini o`tkazdilar. Bu kalendarga bir yil 365, 24242  o`rtacha  kundan iborat  bo`lib, 

buning aniqlik darajasi shunchalikki, 4500  yilda bir  sutka xato bo`ladi. Bu kalendarning grigorian 

kalendariga  nisbatan  aniqligi  ortiqdir.  Umar  bu  tekshirishlarni  «Ziji-Malikshohi»  nomli  asarda 

bayon etganlar. 



Download 285,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish