3.17-rasm. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining skelet zichligiga
bog‘liqlik grafigi: 1 – qumli, 2 – suglinokli gruntlar uchun.
mligi, zichligi va boshqa xossalari o„zaro tengligi sharti bo„yicha) nisbatan yuqori
issiqlik o„tkazuvchanligi bilan tavsiflanadi. Chunki dispers gruntlarda yuqori
issiqlik o„tkazuvchanlikka ega bo„lgan mayda zarralar orasida zich bo„lmagan
tutash joylari miqdori tez oshadi. Gruntlarning issiqlik o„tkazuvchanligi zichlikka
va g„ovakligiga sezilarli darajada bog„liq bo„ladi. Gruntning zichligi qancha kam
bo„lsa, zarralar shuncha bir biriga kam zichlikda ilashadi va shuncha gruntning
issiqlik o„tkazuvchanligi kam bo„ladi. Tajribalar yordamida, cho„kindi jinslarning
skeletini zichligini 15-20%ga oshishi issiqlik o„tkazuvchanligini taxminan ikki
marotaba oshishini ko„rsatadi. Sun‟iy zichlashtirish ham gruntlarning issiqlik
o„tkazuvchanligi oshishiga olib keladi. Keltirilgan omillar bilan, xususan yo„l
tagida polotnoning muzlash va erish omillari tabiiy tuzilishga ega bo„lgan yonidagi
uchastkaga nisbatan jadalroq kechishini tushuntiradi.
Gruntlarning harorat o„tkazuvchanligi. Gruntlarning harorat o„tkazuv-
chanligi issiqlikning yutilishi yoki uzatilishi natijasida harorat o„zgarib tarqalish
tezligini tavsiflaydi. U miqdoriy jihatdan birga teng hajmiy issiqlik sig„imli issiqlik
o„tkazuvchanlikka teng bo„lgan harorat o„tkazuvchanlik koeffitsiyenti (a) bilan
baholanadi:
V
С
а
yoki
. (3.12, а)
С
а
128
Uning qiymati m
2
/s (SI tizimi), sm
2
/s (SGS tizimi) o„lchanadi. Harorat
o„tkazuvchanlik uncha katta bo„lmagan oraliqda, gipslarda 0,31·10
-6
m
2
/s dan osh
tuzida 40·10
-6
m
2
/s gacha o„zgarishi mumkin. U issiqlik o„tkazuvchanligidek,
tarkibidagi qattiq, suyuq va gazsimon omillarga, gruntlarning tekstura va struktura
xususiyatiga, namlik va harorat holatga bog„liq bo„ladi.
Gruntlarning muzlashga qarshiligi. Gruntlarning muzlashga qarshiligi
deganda manfiy harorat ta‟siriga qarshi tura olish qobiliyati tushuniladi. U, odatda,
gruntlarning ma‟lum miqdordagi siklli muzlash va yerishidan so„ng
mustahkamligining o„zgarishi, shuningdek namunalarni siklli muzlashdan so„nggi
bir o„qli siqilishga mustahkamligini quruq dastlabki namunaning mustahkamligiga
nisbati bilan hisoblanadigan muzlashga qarshilik koeffitsiyenti (K
M
) bilan
baholanadi.
Gruntlarning elektr o„tkazuvchanligi. Gruntlarning elektr o„tkazuvchanligi
deb gruntlarni elektr tokini o„tkazish qobiliyati tushuniladi. Bu xossasi solishtirma
elektr o„tkazuvchanlik (σ) yoki solishtirma elektr qarshilik (ρ) bilan tavsiflanadi:
L
RS
1
, (3.13)
bu yerda R – grunt namunasining to„liq elektr qarshiligi, Om; S – namunaning
ko„ndalang kesim maydoni, m
2
; L – namuna uzunligi, m.
Solishtirma elektr qarshiligi miqdoriy jihatdan kubni pyerpendikulyar yuzasi
bo„yicha o„lchangan asosi 1 m
2
va uzunligi 1 m bo„lgan 1 m
3
gruntning omga teng
qarshiligidir. Solishtirma elektr qarshilik, odatda, Om·m da, solishtirma elektr
o„tka zuvchanlik - Om
-1
·m
-1
da o„lchanadi.
Gruntlarning elektr o„tkazuvchanligi va elektr qarshiligi murakkab va kerakli
darajada o„zgaruvchan tavsifdir. Ularning qiymatlari omillarning katta
kompleksidan, gruntlarda eng muhim bo„lgan mineral tarkibi, ularning dispersligi,
struktura-teksturali xususiyati, namligi, kimyoviy tarkibi va g„ovaklik eritmasini
konsentratsiyasi, haroratidan iborat bo„ladi.
129
Gruntlarning elektr o„tkazuvchanligi, shuningdek, ularni struktura-tekstura
xususiyatlariga: grunt zarrasini agregatlarga birikishiga, umumiy g„ovakligiga,
o„tkazuvchi qo„shimchalarning shakli va tarqalishiga bog„liq bo„ladi (3.18-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |