Gruntlarning korrozion xossalari. Korroziya deb materiallarning atrof-
muhit bilan (gazlar, suyuq va qattiq komponentlar) kimyoviy yoki elektrkimyoviy
ta‟sirlanishi natijasida buzilish jarayoniga aytiladi. Korroziya bir necha xilga
ajratiladi. Ulardan bittasi metall va metall bo„lmagan konstruksiyalarning grunt
bilan o„zaro ta‟sirlanishida hosil bo„ladigan yer osti korroziyasidir.
Gruntlarda metall korroziyasi asosan elektrkimyoviy hodisa hisoblanadi.
Metallning elektrolit (gruntning suyuqlik tarkibi) bilan to„qnashuvida, elektr-
kimyo korroziyasi nazariyasiga asosan, metall yuzasida ko„p miqdorda korrozion
elementlar yuzaga keladi. Ularning tabiati elektrolit bilan to„qnashadigan metall
yuzasining ayrim uchastkalari elektr potensiallarining farqlari natijasida hosil
bo„ladigan galvanik elementlar tabiatiga o„xshash bo„ladi. Bunday ikkita uchastka
elektrolitga tushirilgan metall bilan o„zaro birikkan bo„lib, uning natijasida yopiq
elektr zanjiri hosil bo„ladi. Bu zanjirda kuchi korrozion buzilish o„lchamini
aniqlaydigan doimiy elektr tok oqadi. Natijada anod maydonida metall ionining
elektrolitga o„tishi bilan buzilish kuzatiladi, depolyarizatsiya jarayoni bo„ladigan
katodda, metall buzilib qolmasdan ma‟lum darajada korroziyadan himoyalangan
bo„ladi.
124
Metallarning yer osti korroziyasi uning eng murakkab turlari qatoriga kiradi.
Ularning yuzaga kelishi asosiy sabablari: 1) grunt namligining metall
konstruksiyasiga ta‟siri, natijada korrozion elementlar hosil bo„ladi; 2) quvur
o„tkazgichlarning atrofida bo„ladigan elektrolitlarda bo„lgan adashgan toklar ta‟siri
natijasida gruntda kechadigan elektroliz hodisasi; 3) gruntlarda bo„lgan
mikroorganizmlarning (biokorroziya hodisasini keltirib chiqaruvchi) ta‟siri. Uning
tezligi juda katta miqdorda gruntning korrozion faolligi bilan belgilanadi, bu yangi
quvur o„tkazgichda birinchi teshik hosil bo„ladigan muddat bilan baholanadi. Uni
hosil bo„lish muddati, I.A.Prutil tasnifi bo„yicha diametri 300 mm, devorining
qalinligi 8-9 mm bo„lgan po„lat quvur o„tkazgichda, past korrozion faollikda 25
yildan oshadi; yuqori korrozion faollikda u 5-10 yildan iborat bo„ladi, juda yuqori
faollikda – atigi 1-3 yil davom etadi.
Gruntlarning korrozion faolligi ko„plab omillar bilan belgilanadi. U
gruntlarning kimyoviy tarkibiga sezilarli, xususan suvda eriydigan birikmalar
borligiga va tarkibiga, bog„liq bo„ladi. Shunga qaramasdan, gruntlarda ular
miqdori odatda ko„p bo„lmaydi, ular g„ovaklik elektrolitining hosil bo„lishida,
uning solishtirma elektr qarshiligi shakllanishida muhim ahamiyatga ega va
hamma korrozion jarayonlarning kechishiga ta‟sir qiladi. Cl
-
va SO
4
2-
ionlarining
miqdori oshishi bilan (taxminan 0,1 % dan ortiq) odatda gruntlarning korrozion
faolligi oshishi kuzatilgan: gruntlarda xloridlarning ko„p bo„lishi bilan metallar
jadal korroziyaga uchraydi, bu hodisa sulfatlarda kam darajada kuzatiladi.
Gruntlarning korrozion xossalariga ularda Ca
2+
va Na
+
kationlarining bo„lishi
katta ta‟sir qiladi. Bu ikkita birikma gruntning suv- va havo o„tkazishiga ta‟sir
qiladi va gruntlarda suyuq va gazsimon komponentlarning nisbatini aniqlaydi. Bu
nisbat ta‟sirida gruntlarning korrozion xossalari o„zgaradi.
Gruntlarning korrozion faolligiga ularni namligi katta ta‟sir qiladi. Quruq
gruntlarda korrozion elementlarni hosil qilish uchun kerak bo„ladigan elektrolit
bo„lmagani uchun korroziya kuzatilmaydi. Ammo, uncha katta bo„lmagan
namlikda, gruntda faqat mustahkam bog„langan suv bo„lganda, korrozion
jarayonlar kuzatila boshlanadi, lekin bu holatda korroziya tezligi juda kam bo„ladi.
125
Gruntlarning namligini keyinchalik ortishi, korroziya elementlarining ishlash
jadalligi tezlashishi va ularning zanjirlarini qarshiligining kamayishi natijasida,
korroziya tezligi oshishiga olib keladi. Bog„langan gruntlarda korroziya tezligini
maksimal miqdorigacha oshishga olib keluvchi chegaraviy namlik 10-12 % ni
tashkil qiladi. Qumlarda u birmuncha kam. Keyinchalik namlikni oshishida
korroziyaning maksimal tezligi amalda qandaydir chegaraviy namlikkachang
o„zgarmas bo„ladi, bu namlikni 20-25 % deb hisoblasa bo„ladi. Bu namlikda
elektrkimyoviy korroziya jarayonining borishini oldini oluvchi, grunt g„ovakligi
suvga to„liq bo„lmaydi. G„ovakliklar suvga to„liq to„yinganlarida yoki to„liq suv
sig„imiga yaqin namlikda havoning metallga kirishini qiyinlashtiruvchi suvning
uzluksiz qatlami hosil bo„ladi, natijada korroziya tezligi kamayadi.
Gruntlarning korrozion faolligi ularni gazlarga to„yinganligiga bog„liq
bo„ladi. Xususan, gruntlarning har xil chuqurlikda gazga to„yinganligi eski quvur
o„tkazgichlari tagida yeg„ilishi bilan bog„liq, uni yuqori qismida holati nisbatan
yaxshi bo„ladi. Bu hodisa - anod hududining yuzaga kelishi, kislorodning kirib
borishi qiyin bo„ladigan quvur quyi qismidagi aeratsiya g„ovakligining hosil
bo„lishi bilan tushuntiriladi. Bunday korrozion elementlarga havoning erkin kirishi
ular ishini faollashtiradi, shuning uchun gruntlarning havo o„tkazuvchanligi,
ko„pchilik hollarda, korroziyaga juda xavfli hisoblanadi. Gruntlar tarkibida
uchraydigan gazlarning hamma shakllaridan eng ahamiyatga ega bo„lgani erkin
havodir, uning miqdori gruntning struktura-tekstura xossalari va ularning
namligiga bog„liq bo„ladi.
Gruntdagi gazlarning tarkibi ham ma‟lum miqdorda ahamiyatga ega.
Masalan, kislorod korroziya sharoitida farqli ta‟sir qiladi, odatda uning tezligini
oshiradi. Temir bilan bog„lanuvchi va temir sulfidini hosil qiluvchi vodorod sulfidi
sezilarli xavf tug„diradi.
Yer osti korroziyasi borishiga mikroorganizmlar hayot faoliyati ham sezilarli
darajada ta‟sir qiladi, xususan bunda sulfat tiklovchi, temirli, vodorod bog„lovchi
bakteriyalarni alohida ta‟kidlash lozim. Ular biokorroziyaning rivojlanishiga olib
keladi.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |