3.12-rasm. Har xil gruntli kovlanmaning bo‘kish tavsifi: a – bo„kmaydigan
grunt; b – bo„kadigan grunda oqish va ag„darmaning hosil bo„lishi; v – qatlamli
110
massivda gruntlarning tanlanib bo„kishi; g – ko„pchish bilan bo„kish; d –
lyosslarning bo„kishi, cho„kishi va oqishi; e – qumlarning bo„kishi va oqishi.
Bu ko„rsatkichlar gruntning kimyoviy-mineral tarkibi (zarralarning
mineralogiyasi va almashinuv kationi tarkibi), strukturali xususiyati (strukturali
bog„liqlik tavsifi, dispersligi va boshqalar), namligi, grunt bilan o„zaro ta‟sirda
bo„lgan suvli eritma tarkibi va konsentrati bilan aniqlanadi.
Qattiq strukturali bog„liqlikka ega bo„lgan jinslarning ko„pchilik qismi
amalda bo„kmaydigan bo„ladi. Ularga suv ta‟sir etganda faqat yumshaydi. Ularga
qarama-qarshi o„laroq dispers gruntlar bo„kuvchan gruntlar hisobiga kiradi.
Bunday turdagi gruntlarning bo„kish tezligiga va tavsifiga, suvga mustahkamligini
aniqlovchi granulometrik tarkibi alohida katta ta‟sir qiladi. V.V.Oxotin har xil
granulometrik fraksiyalarni aralashtirish yo„li bilan sun‟iy tayyorlangan va havoda
quritilgan grunt namunasining suvda bo„kish tezligini o„rganish bo„yicha
o„tkazgan tajribalari asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin. Tinch turgan
suvlarda yengil suglinokning suvga mustahkamligi juda kichik. O„rtacha
suglinoklarning bo„kishi ularning g„ovakliklari kattaligiga va tavsifiga bog„liq
bo„ladi: g„ovaklik kichik bo„lganda gilli zarralarning miqdori oshishi bilan bo„kish
kamayadi, g„ovaklik katta bo„lganda, o„rtacha suglinoklarda, gil zarralarini
miqdoriga qaramasdan, u katta bo„ladi. Tinch turgan suvda og„ir suglinoklarning
bo„kishi ulardagi gil zarralari miqdoriga bog„liq bo„ladi: ularning miqdori oshishi
bilan u oshadi. Katta g„ovaklikdagi gillarda huddi shunday qonuniyat kuzatiladi,
kam g„ovaklikdagi gillarda suvga mustahkamlik qiymati shu turdagi gruntlar
uchun mos bo„lgan maksimal qiymatga yaqinlashadi. Ammo, og„ir gillarning
suvga mustahkamligi, ularda gil zarralarini miqdori ortishi bilan kamayadi.
Lyossimon suglinoklar, xususan, alohida lyosslar uchun bo„kishning juda yuqori
tezligi tavsiflidir.
Bo„kish gruntning tuzilish tavsifiga ham bog„liqdir. Ularning makrog„o-
vakligi, yengil suv o„tkazuvchisi va odatda bo„sh strukturali bog„langan xili
bo„kishning katta tezligi bilan tavsiflanadi. Aksincha, yuqori qiymatli strukturali
111
bog„langan nozik dispers, kam suv o„tkazuvchi va zich gruntlar katta suv
o„tkazuvchanligi va sekin bo„kishi bilan ajralib turadi.
Gruntlarning bo„kish tezligi va tavsifiga ularning tarkibida bo„lgan tabiiy
sement (masalan, karbonatlar, gipslar, gumuslar) katta ta‟sir qiladi. Gruntlardagi
makro- va mikroyoriqliklar ularning bo„kishiga yordam beradi. Strukturasi
buzilgan tuzilishga ega gruntlar buzilmagan strukturali jinslarga nisbatan juda katta
bo„kish tezligiga ega, chunki birinchisi ikkinchisiga nisbatan kam bog„langanligi
bilan farqlanadi.
Suv bilan o„zaro ta‟sirda bo„lgan bog„langan gruntlarning bo„kishiga
ularning boshlang„ich namligi ham katta ta‟sir qiladi. Quruq gruntlar yoki uncha
namligi katta bo„lmagan gruntlar, odatda suv shimgan gruntga nisbatan juda tez
bo„kadi. V.A.Priklonskiy fikricha har bir turdagi gillar uchun qandaydir “kritik”
namlik tavsiflidir, uning qiymatidan gruntlarning suvga mustahkamligini baholasa
bo„ladi. Agar gruntlarning namligi kiritikdan kichik bo„lsa, unda gruntlar bo„kadi;
yuqori namlikdagi gruntlar (kritikdan yuqori) amalda bo„kmaydi. Gruntlarning
kritik namligi qiymati ularning almashinuv sig„imiga (montmorillonit glinasida u
taxminan 50 %, kaolinitda – tahminan 25 %) proporsional ravishda o„sadi.
Gruntlarning yumshashi deb qoya tog„ gruntlarining suv bilan o„zaro
ta‟sirlanganda o„zining mustahkamligini kamaytirishi tushuniladi. Yumshashda
ro„y beradigan asosiy jarayon gruntlarning bo„kishiga o„xshab, jins zarralari
orasiga suv molekulasi kirib bog„lanishni bo„shashtirishidan iborat. Ammo,
boshlang„ich mustahkamlik juda yuqori bo„lgan holatlar uchun gruntlar to„liq yuk
ko„tarish qobiliyatini yo„qotmaydi va bo„kmaydi.
Yumshash gruntlarning suv shimgan holatidagi bir o„qli siqilishdagi
vaqtinchalik qarshiligini uning havodagi quruq holatidagi qarshiligiga nisbati bilan
belgilanuvchi yumshatish koeffitsiyenti (K
YUM
) bilan tavsiflanadi. Yumshatish
koeffitsiyentining qiymati qancha yuqori bo„lsa, umuman u 0 dan 1 gacha
o„zgaradi, grunt shuncha yumshamaydigan bo„ladi. QMQ 2.01.02-98 ga asosan
qoya tog„ jinslari yumshaydigan (K
YUM
˂0,75) va yumshamaydigan (K
YUM
≥0,75)
turlarga bo„linadi.
112
Gruntlarning yumshashi ularning mineral tarkibiga, zarralar orasidagi
bog„liqlikni mustahkamligiga, g„ovakligiga va boshqa omillarga bog„liq bo„ladi.
Otqindi nuramagan va metamorfik jinsning katta qismi suvda juda bo„sh
yumshaydi: ularni yumshatish koeffitsiyenti 0,95-1 atrofida o„zgaradi. Ko„pchilik
cho„kindi jinslar, aksincha, juda katta darajada yumshaydi. Ularga xususan, gil
zarralari (mergel, mergelli ohaktosh, gilli qumtoshlar, gilli slaneslar va b.),
karbonatlar (ohaktoshlar, bo„r va b.) va kremniyli jinslar (opoka, diatomitlar),
shuningdek yengil eruvchi sementlilar (gips, sementli qumtoshlar va b.) kiradi.
Masalan, gilli qumtoshlarni yumshatish koeffitsiyenti 0,45 dan oshmaydi,
ohaktoshlarda u 0,15 dan 0,5 gacha o„zgaradi. Yumshatish koeffitsiyenti 0,75 dan
kichik bo„lgan jinslar, ularni tabiiy qurilish materiali sifatida ishlatish uchun bo„sh
mustahkamlikka ega deb hisoblanadi.
Gruntlarning yuvilishi deb grunt qatlamining yuzasiga ta‟sir qiluvchi
harakatdagi suvlar ta‟siri natijasida ulardagi agregat va elementar zarralarning
buzilish qobiliyati tushuniladi. Gruntlarning bu xossalari suvning dinamik ta‟siri
bilan birgalikda grunt massivi yuvilishini aniqlaydi.
Gruntlarning
yuvilishini
tavsiflash
uchun
ikkita
ko„rsatkichdan
foydalaniladi: 1) gruntlardagi ayrim zarra va agregatlarning ajralib chiqishi va
ularning oqim bilan aralashishi boshlanishida oqimning o„rtacha tezligini aks
ettiruvchi suv oqimining yuvish (yoki kritik) tezligi, 2) yuvilishning jadalligi –
yuvilgan grunt qatlamining o„rtacha qalinligining, berilgan yuvish tezligida
yuvilish faoliyatiga nisbati. Ulardan birinchisining o„lchami – metr/sekund,
ikkinchisiniki – millimetr/minut bo„ladi.
Suvli ta‟sirning tavsifi va yo„nalishiga bog„liq holda yuvilish farqlanadi
(3.13-rasm): gruntning yuzasi bo„yicha oquvchi suvning ta‟sirida bo„ladigan
gruntlarning yuza yuvilishi; gruntga suvning frontal ta‟siri natijasida hosil
bo„ladigan gruntlarning to„g„ridan to„g„ri (lobovoy, to„lqinli) yuvilishi; grunt
massividan harakatlanuvchi suv ta‟sirida zarralarning chiqib ketishi bilan
rivojlanadigan gruntlarning suffozion yuvilishi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |