Sho‘rlangan gruntlarning avtomobil yo‘llarini qurish uchun yaroqliligi
Gruntlar
Avtomobil yo„llarini qurish uchun yaroqliligi
Kuchsiz sho„rlangan
Yaroqli
O„rtacha sho„rlangan
Yaroqli
Kuchli sho„rlangan
Qo„shimcha tadbir bilan yaroqli
O„ta kuchli sho„rlangan Faqat ularning manfiy ta‟sirini maxsus tadbirlar bilan
neytrallashtirilganda yaroqli.
Izoh: 1. Kuchli sho„rlangan gruntlardan yo„l poyini qurishda, qo„shimcha
tadbirlar sifatida, uni yuqori qatlamining keyinchalik sho„rlanmasligi uchun
ko„tarmaning balandligini oshirish, himoya qatlamchalarini qurish, grunt
suvlarining sathini pasaytirish bilan amalga oshiriladi.
2. O„ta kuchli sho„rlangan gruntlarning manfiy ta‟sirini har xil kimyoviy
birikmalarni qo„shish yo„li bilan neytrallashtirib amalga oshiriladi.
Sho„rxok gruntlardan qurilgan ko„tarmalardagi yo„l to„shamalarini
loyihalashda sovuqqa mustahkamlikka hisoblash talab qilinadi, chunki bunday
gruntlarda namlik va muzdan ko„pchish hodisasi bo„lishi mumkin.
Sho„rlangan gruntlar tarqalgan hududlarda muhandis-geologik qidiruv
201
ishlarini olib borishda quyidagilarni aniqlash kerak:
sho„rlangan gruntlarning tarqalish va yotish sharoiti, ular relyefining mezo-
va mikroformasiga taalluqliligi;
gruntlarda suvda yeruvchi tuzlarning tarkibi sifati va miqdori, ularning erish
va ishqorlanish qobiliyati;
genezisi, sho„rlanish darajasi va tavsifini mezo- va mikrorelyef, gruntlarning
xossalari va litologik tarkibi bilan bog„liqligi, hududning gidrogeologik sharoiti –
yer osti suvlarining balandligi, mineralizatsiyasi va ularning (tabiiy va texnogen)
o„zgarishi;
gidrokimyoviy sharoiti (harorati, minerallashuvi va yer osti suvlarining
kimyoviy tarkibi, ularni sho„rlangan gruntlarga nisbatan eritish qobiliyati);
gruntda hosil bo„luvchi tuzli qatlamlarning hajmiy tarqalish tavsifi;
tuz borligi bilan bog„liq gruntdagi tuzning o„lchami, joylashishi va shaklini
hisobga olgan holda gruntlar strukturasining xususiyati;
sho„rlangan gruntlarning yer yuzasida ishqorlanish jarayonining tashqi
belgilari borligi, ularning shakli va o„lchami;
xo„jalik faoliyati natijasida gruntlarning zamonaviy sho„rlanishi va
tuzlarning ishqorlanishi to„g„risida ma‟lumot;
to„liq suv shimishdagi (shu bilan birgalikda berilgan tarkibdagi eritmada),
shuningdek, tuzning ishqorlangandan so„nggi, tabiiy namlikdagi gruntlarning fizik,
mexanik va kimyoviy tarkibi;
nisbiy suffozion siqilish ko„rsatkichi va suffozion siqilishning boshlang„ich
bosimi;
bino va inshootlarning suffozion deformatsiyasi bilan bog„liq tavsifi va
ularni borligi.
Sho„rlangan gruntlar zarrachalarining hajmiy og„irligi me‟yoriy qiymati
uning sho„rlanish tavsifiga qarab 4.6-jadvalda keltirilgan.
202
4.6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |