57-rasm.
109
Huddi shu muammoni yechishning ikkinchi variantini
ko‘rib chiqamiz: endi har ikkala kadrimizni “kuzatuv
panoramasi” usulida tasvirga olamiz. Ob’ekt bu kadrlarda ekran
chegaralariga nisbatan harakatsiz bo‘lib, endi faqat fon bizning
ob’ektimizga nisbatan harakatda bo‘lyapti. Ob’ekt sifatida biz
dengizda, sohilga yaqin joyda suzib ketayotgan yaxtani
18
va
uning shkiper
19
ini tasvirga oldik.
Birinchi nuqtaga kamerani o‘rnashtirdik va yaxtani
o‘rmon fonida, kamerada panorama orqali kemani kuzatgan
holda tasvirga oldik. Hammasi juda zo‘r – olis plan. Kamera
sohilga o‘rnashtirilganligi uchun ham tasvirga olish juda qulay,
turli chayqalishlarsiz bo‘ldi.
Endi tomoshabinga yaxtachi sportchining harakatlarini
ko‘rsatib berish uchun ikkinchi kadrni tasvirga olish kerak.
Operator tezlik bilan transfokator ob’ektivni burab uni
maksimal fokus masofasiga to‘g‘riladi, plan sezilarli darajada
yiriklashdi, masshtab bo‘yicha shkiper endi kadrda umumiy-
o‘rta planda ko‘rinyapti (58-rasm).
58-rasm.
18
yaxta – sportda yoxud sayohat uchun ishlatiladigan kichikroq kema.
19
shkiper – kema kapitani, xo‘jalik boshlig‘i yoki palubadagi narsalar uchun javobgar
shaxs.
110
Agar bu vaziyat sport musobaqalarining televizion
translyatsiyasi bo‘lganida, u holda ikkinchi kamera uzun fokus
masofali ob’ektiv bilan jixozlangan bo‘lardi va rejissyorning
ko‘rsatmasiga binoan shunchaki birinchi kameraga yaqin joyga
o‘rnatilgan bo‘lardi. Lekin, bunday variant ham ekrandagi
natijani sezilarli darajada o‘zgartirmagan bo‘lardi.
Taxlil qilib ko‘ramiz. Yaxta bir xil tezlikda harakatlanib
ketmoqda. Birinchi kadrdagi fon, ya’ni bir-ikkita archalar o‘sib
turgan sohilning ko‘rinishi ekranning chap chegarasidan o‘ng
chegarasi tomonga suzib o‘tadi, aytaylik, 10 sekund vaqt
davomida. Uzun fokus masofali ob’ektiv orqali tasvirga olingan
ikkinchi kadrda, huddi shu fon ekranning chap chegarasidan
o‘ng chegarasiga, birinchi kadrdagiga nisbatan, besh karra
tezroq o‘tib ketadi. Bu vaziyatda tezlik oshishi effektining
yuzaga kelishi shubxasiz, buning ustiga u dramaturgiya
tomonlama asoslanmagan bo‘ladi. Nima qilish mumkin? Turli
variantlarni ko‘rib chiqamiz.
59-rasm.
Faraz qilaylik, qandaydir badiiy filmning epizodi tasvirga
olinmoqda. Rejissyor shkiperdan kemada kameradan chamasi 7
metrcha uzoqlikdan yana bir bor suzib o‘tishni ilti-mos qiladi.
111
Kameradagi ob’ektiv o‘zgartirilmadi. Kameraga huddi birinchi
kadrdagi kabi yana sohilning 20 metr masofasi tushib turibdi.
Bir qarashda, hammasi joyida (59-rasm).
Bo‘lmagan gap! Kadrlarni ulashda yana kutilgan natija
chiqmaydi.
Gap shundaki, operator tasvirga olar ekan yaxtani
kompozitsiya bo‘yicha kadr markazida tutib turish uchun
paroma qiladi. Bunda, yaxta kameraga yaqinroq joylashgani
sababli panorama qilish paytida kameraning panorama qilish
tezligi yanada ortadi. Demak, ekranda fon tasvirlarining
harakati ham yanada kuchayadi va kemamizning teligi ham
ortgandek ko‘rinadi. Biz esa aksincha uning harakatini
sekinlashtirmoqchi edik. Fon va yaxta harakatining tempi
bo‘yicha bu ikki kadrni hech qanaqasiga montaj qilib bo‘lmaydi
va tomoshabin uchun ham bu montaj bog‘lanishini ko‘rish qulay
bo‘lmaydi. Ekranda tomoshabin uchun huddi mo‘jiza ro‘y berib
kema birdaniga tezlashib ketgandek taassurot uyg‘onadi.
Shuning uchun, tasvirga olish chizmasida kameraning panorama
qilish tezligi uzun qora strelka bilan ko‘rsatilgan. Bundan
tashqari, tomoshabin albatta yaxta va sohil, ya’ni fon o‘rtasidagi
masofa keskin o‘zgarganligini darrov sezadi – fon masshtabi
o‘zgarishsiz qoldi, lekin kema va shkiperning o‘lchamlari
birdaniga bir-necha marta kattalashib ketdi (60-rasm).
60-rasm.
112
Yana o‘sha savol: masalaning biror yo‘li bormi?
Albatta! Televizion translyatsiya paytida ham, badiiy
filmni tasvirga olishda ham ikkinchi kamerani katerga o‘rnatish
kerak va bu kater kema kapitanini tasvirga olish paytida
yaxtaning yonida suzib borishi kerak bo‘ladi.. Biroq bunda
kameraga yanada kengroq burchakli, ya’ni kichik fokus
masofali ob’ektiv o‘rnatish lozim bo‘ladi. Faqat shunday
tasvirga olish usuli bilangina siz bu ikkita kadrlarni montajning
barcha tamoyillari talablarini bajargan holda o‘zaro birlashtira
olasiz
va
tomoshabinga
ham
montajning
eng
asosiy
vazifalaridan biri bo‘lgan filmni idrok etishga qulay sharoitni
yaratib bergan bo‘lasiz (61-rasm).
61-rasm.
Endi yaxtaning sohilga, ya’ni fonga nisbatan harakat
tezligi uning birinchi kadrdagi tezligi bilan mos bo‘ladi. (62-
rasm). Agar, Siz yaxtaning birinchi kadrini statik holatda,
panoramasiz tasvirga olishingiz kerak bo‘lsa, va ikkinchi kadrni
aksincha harakatda tasvirga olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz,
bunda nima qilish kerak?
62-rasm.
113
Bu savolga javobni endi o‘zingiz montajning o‘ninchi
tamoyilini o‘qib bilib olasiz.
Statik olingan tasvirlarni o‘zida harakatni aks ettirgan,
yoki tamomila harakat bilan to‘lgan kadrlar bilan birlashtirish
vazifasi, garchi kino va televidenie ijodkorlarining kundalik
amaliyotida ko‘p uchrab tursa ham, oddiy ish emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |