Nominal ish haqi
bu xodimning ma'lum bir vaqt mobaynida bajargan
mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar
miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste'mol qobiliyati”dir.
Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish,
ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda ko‘pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq
to‘lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq
olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma'lum bir
ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot
sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |